1. ADABIYOT – SO’Z SAN’ATI.
1. Vatanning singilga qiyoslanishi kimning qaysi she’rida uchraydi?
A) Muhammad Yusufning «O’zbekiston» she’rida
B) Abdulla Oripovning «Iltijo» she’rida
C) Azim Suyunning «O’zbekiston»
D) Muhammad Yusufning «Vatanim» she’rida
2. Qaysi adabiy turga mansub asarlar muallif ixtiyoriga ko’ra she’riy yo’l bilan ham, nasriy yo’l bilan ham yozilishi mumkin?
A) She’riyatga mansub asarlar.
B) Nasrga mansub asarlar.
C) Dramaturgiyaga mansub asarlar.
D) Istalgan adabiy turga mansub asarlar muallif ixtiyoriga ko’ra she’riy va nasriy yo’lda yozilishi mumkin.
3. Quyidagi misralar muallifini toping.
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga.
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
A) Abdulla Oripov B) Muhammad Yusuf
C) Erkin Vohidov D) G’afur G’ulom
4. Kichik sahna asari bo’lmish intermediyalardan tortib yirik drama, komediya, tragediya singari sahna asarlari mansub bo’lgan adabiy tur qaysi?
A) she’riyat B) nasr
C) maxsus tur D) dramaturgiya
5. Nasriy asarlarni toping.
A) ertak, hikoya, ocherk, ballada, qit’a
B) drama, hikoya, ocherk, roman, ballada
C) ertak, hikoya, ocherk, qissa, roman
D) roman, ballada, ocherk, g’azal, doston
6. Ertaklar, hikoya va ocherklar, qissa va romanlar birlashib so’z san’atining qaysi turini tashkil qiladi?
A) she’riyat B) dramaturgiya
C) maxsus tur D) nasr
7. Poytaxtimiz Toshkentning markazida ulug’ mutafakkir Alisher Navoiy haykali o’rnatilgan. Uni o’rab turgan moviy gumbaz ostiga shoirning qaysi misralari bitilgan?
A) Orazin yopg’och, ko’zumdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh.
B) Odamiy ersang, demagil odami
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
C) Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig’,
Yor o’lung bir-biringizgakim, erur yorlig’ ish.
D) Oz-oz o’rganib dono bo’lur,
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.
8. Barcha avlod va xalqlarga birdek qadrli bo’lib qolaveradigan, haqiqiy adabiyot namunasi bo’lgan «Odisseya» asari muallifi kim?
A) Shekspir B) Arestotel
C) Pushkin D) Homer
9. Badiiy adabiyotning asosiy quroli...
A) kitob B) ranglar C) ohang D) so’z
10. Badiiy adabiyotning yozma shakli nechta adabiy turga bo’linadi?
A) 2 ta: nasr, nazm
B) 3 ta: nasr, nazm (she’riyat), dramaturgiya
C) 4 ta: nasr, nazm, she’riyat, dramaturgiya
D) 4 ta: nasr, nazm, dramaturgiya, maxsus tur
11. Nasrda ijod qiluvchilar qanday nomlanadi?
A) nosirlar B) adabiyotshunoslar
C) shoirlar D) olimlar
12. Quyidagi misralar qaysi she’rdan olingan?
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga.
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
A) «Lolaqizg’aldoq» B) «O’zbekiston»
C) «Iltijo» D) «Vatanim» she’ridan
13. Katta-kichik she’rlar, she’riy masallar adabiyotning qaysi turini hosil qiladi?
A) she’riyat B) nasr
C) dramaturgiya D) maxsus tur
14. Mashhur «Odisseya» asari qaysi xalqning dostoni hisoblanadi?
A) yunon B) rus C) lotin D) fransuz
15. Nuqtalar o’rniga mos ismlarni qo’ying.
«Nemis shoiri ... asarlarini o’zbeklar qanchalik qiziqish bilan mutolaa qilsalar, … ning «Boburnoma» kitobini nemislar shunchalik diqqat bilan o’rganadilar».
A) Shekspir, Bobur B) Gyote, Bobur Mirzo
C) Balzak, Xayriddin Sultonov
D) Gyote, Xayriddin Sultonov
16. «Qunt bilan o’rgan hunar...» maqolining davomini toping.
A) Hunarli kishi och qolmas
B) Hunar – tuganmas xazina.
C) Hunar to’yg’izar.
D) Hunardan rizqing unar.
17. Bir necha predmetli topishmoq berilgan qatorni toping.
A) Bir otasi, bir onasi, Necha yuz ming bolasi.
B) Qoziq ustida qor turmas.
C) Teg desa tegmaydi, tegma desa tegadi.
D) Bir qop un, ichida ustun.
18. Qaysi ma’lumot «Zarbulmasal» asari haqida?
A) Bu asar o’zbek nasrining ajoyib namunasi hisoblanadi. Asar hammasi bo’lib 72 qismdan iborat.
B) Bu asar masnaviy yo’li bilan yozilgan bo`lib, muallif bu asarni bir yarim yil mobaynida bitganini aytadi.
C) Bu asarda Yapoloqqush va Boyo’g’lining quda-andachilik mojarolari tasvirlangan bo’lib, 400 dan ortiq maqol va matallar keltirilgan.
D) Bu asar she’riy yo’l bilan barmoq vaznida yozilgan bo’lib, unda 240 ga yaqin she’riy hikmat jamlangan.
19. Mumtoz adabiyotning qaysi kichik lirik janri savol-javob shaklida paydo bo’lgan?
A) topmacha B) topishmoq
C) chiston D) lug’z
20. Maqol topishmoq janri bilan qaysi jihatiga ko’ra o’xshashlikka ega?
A) xulosa tugal, ifoda ravon bo’lib kelishiga ko’ra
B) qofiyaga egaligiga ko’ra
C) ibratli fikr aytilishiga ko’ra
D) ifoda lo’nda bo’lishiga ko’ra
21. «Bir daraxtda o’n ikki shox, har shoxda o’ttiz yaproq – bir yog’i qora, bir yog’i oq» topishmog’i topishmoqning tuzilishiga ko’ra qaysi turiga kiradi?
A) bir predmetli topishmoq
B) bir nechta predmetli topishmoq
C) murakkab topishmoq
D) sodda topishmoq
22. O’zbek adabiyotida topishmoq she’r qanday nomlanadi?
A) tarkibband B) qit’a
C) chiston D) tarji’band
23. Qaysi xalq og’zaki ijodi janri ota-bobolarimizning uzoq yillar davomida ko’rgan-kechirganlari, tajribalari asosida yuzaga kelgan xulosalaridir?
A) topishmoq B) lapar C) maqol D) doston
24. O’z ma’nosida ishlatiladigan maqolni toping.
A) Qazisan, qartasan – axir aslingga tortasan.
B) Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda
C) Qarg’a qarg’aning ko’zini cho’qimaydi.
D) Olmaning tagiga olma tushadi.
25. Maqollar haqida noto’g’ri fikr berilgan javobni toping.
A) Maqollar har bir xalqning og’zaki ijodi uning fe’l-atvori, urf-odat va an’analari, orzu-intilishlari va tabiatini aks ettiruvchi o’ziga xos ko’zgudir.
B) Maqol ibratli so’zdir. Shunday so’zki, gapga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta’sirchan qiladi.
C) Biz maqollar ko’zgusi vositasida ezgu niyatlar, insoniy fazilatlar, zulm va adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg’ularini ko’ramiz.
D) Yozma adabiyotning bir qismi bo’lmish maqollar asrlar davomida misqollab to’plangan, ne-ne sinovlardan o’tgan, insonlarga hamisha madad bo’lib kelgan noyob xazinadir.
26. Maqolning tushirib qoldirilgan so’zlarini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |