QO’SHIMCHA TESTLAR
48. «Roviy» kim?
A) ma’lumot beruvchi, aytuvchi
B) rivoyat qiluvchi, to’plovchi
C) hadis to’plovchi D) hadis saralovchi
49. Hadis haqidagi noto’g’ri fikrni toping.
1) Hadis payg’ambarimizning so’zlaridir. 2) Hadis Qur’oni karimdagi oyatlarni tushuntiradi, sharoitga tatbiq etadi. 3) Hadislar o’z ahamiyati jihatidan Qur’oni karimdan keyingi eng muhim qo’llanmadir. 4) Hadislarni yig’ish sahobalar davridan boshlangan. 5) Hadislar sanaddan iborat.
A) 1, 3 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 4, 5
50. Nuqtalar o’rniga Imom Buxoriy hayotiga oid ma’lumotlarni topib qo’ying.
« … erta vafot etganidan tarbiyasida … ning xizmati katta bo’ldi».
A) Otasi, onasi B) Onasi, otasi
C) Ota-onasi, tog’asi D) Otasi, bobosi
51. Nuqtalar o’rniga mos so’zlarni qo’ying.
«Imom Buxoriy … yoshida … hadislarni yod bilar, ularning «sahih», «nosahih»ligini birma-bir isbot qilib bera olar edi».
A) o’n, minglab B) o’n olti, minglab
C) o’n olti, o’n minglab D) olti, yuzlab
52. Rasulullohning yetimning kafilini olgan odam bilan jannatda yonma-yon yashashi haqidagi hadisning roviysi kim?
A) Abdulloh ibn Amr B) sahoba Ammor
C) Sahl ibn Sa’d D) Abu Hurayra
53. Imom Buxoriy keltirgan quyidagi hadisning roviylari kimlar?
«Kimki rizqim ulug’, umrim uzun bo’lsin desa, qarindoshurug’lariga mehr-oqibatli bo’lsin!»
A) sahoba Ammor, Sahl ibn Sa’d
B) Ammor ibn Yosir, Abu Hurayra
C) Anas ibn Molik, Abu Hurayra
D) Abu Hurayra, Sahl ibn Sa’d
54. Imom Buxoriyning asl ismi nima?
A) Muhammad B) Imom
C) Buxoriy D) Ismoil
55. Imom Buxoriyning qabri qayerda?
A) Xorazm viloyati Yanggiariq tumani Olmaliq qishlog’ida
B) Samarqand viloyati Ulug’bek tumani Olmaliq qishlog’ida
C) Jizzax viloyati Zomin tumani Xarsang qishlog’ida
D) Samarqand viloyati Payariq tumani Xartang qishlog’ida
56. Imom Buxoriy qachon tug’ilgan?
A) 820-yil 21-iyulda B) 870-yil 11-iyulda
C) 810-yil 21-iyunda D) 780-yil 11-iyunda
57. Hadislar haqidagi noto’g’ri fikni toping.
A) Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning gaplari, ishlari, ma’qullashlari, xulqiy sifatlari sanad hisoblanadi; ana shunday xatti-harakatlar yoki ko’rsatmalar hadis deb yuritiladi.
B) Hadislarda o’zaro do’stona munosabatlar, qarindosh, ota-ona va farzandlarning haq-huquqlari, insof-tavfiqli bo’lish kabilar targ’ib qilingan. Razolat, kibr-u havo, zulm kabi illatlarga nafrat tuyg’ulari ifodalangan.
C) Hadislar roviylardan yig’iladi, ular Qur’oni karimdagi oyatlarni tushuntiradi, sharoitga tatbiq etadi.
D) Hadislarda islom dinining qonun-qoidalari bilan birgalikda insoniy fazilatlar ham keng tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog’ tushiradigan yomon sifatlar qoralanadi.
58. Buxoriy «Al jome’ as-sahih» asarida Alloh taolo nozil qilgan yo’l-yo’riqlarga muvofiq hukm qilmaydiganlarni kim deb aytgan?
A) mazlumlar B) fosiqlar
C) zolimlar D) kofirlar
59. «Ilm o’rganmoq va o’rgatmoqning fazilati» hadisida ilm nimaga o’xshatiladi?
A) tuproqqa B) dengizga
C) xazinaga D) yomg’irga
Do'stlaringiz bilan baham: |