397
X-BOB. AVTMOBIL YO‘LLARINI TA’MIRLASh VA SAQLASh
IShLARI BO‘YIChA MABLAG’LAR SARFINI HISOBLASh
TAMOYILLARI
10.1. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha
mablag’lar sarfini hisoblash qoidalari
Avtomobil yo‘llari tarmog’i bo‘yicha butunlay ta’mirlanishi lozim bo‘lgan
avtomobil yo‘llari uzunligi, yo‘l to‘shamasi va qoplamasini amaldagi
ta’mirlashlararo xizmat muddatini hisobga olgan holda, yo‘l va yo‘l
inshootlarini
holatini baholash va diagnostika qilish natijalari asosida aniqlanadi. U yoki bu
turdagi ta’mirlash turiga tegishli bo‘lgan muayyan avtomobil yo‘llari va yo‘l
bo‘laklari uzunligi va ularni bajarish muddati, muvofiq keladigan ta’mirlash turini
belgilash uchun o‘rnatilgan mezonlar asosida, avtomobil yo‘llari va yo‘l
inshootlari haqiqiy holatini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Har qaysi avtomobil
yo‘li va uning bo‘lagini talab qilinadigan ta’mirlash turi, ta’mirlash bo‘yicha ishlar
hajmi va tarkibi, ularning haqiqiy holatini baholash va diagnostika qilish natijalari,
muhandislik qidiruvi,
sinash va tekshirish, no‘qsonlar qaydnomasi va boshqa
avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini holatini baholashdan iborat bo‘lgan
hujjatlar asosida aniqlanadi. Bunda yo‘l holati muvofiq keladigan ta’mirlash turini
aniqlash mezonlari taqqoslanadi.
Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari balans bahosiga kiritilgan binolar va
yordamchi inshootlar, yo‘l xizmati binolari va ishlab chiqarish bazalari
inshootlarini ta’mirlash, o‘rnatilgan tartibda ishlab
chiqiladigan loyiha-smeta
hujjatlariga muvofiq alohida topshiriq bo‘yicha amalga oshiriladi. Mazkur qoida
avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar hajmini
rejalashtirish, yil mavsumlari va rejadagi davrlar bo‘yicha ularni taqsimlash,
mehnat va material-texnik resurslarga bo‘lgan ihtiyojni aniqlash uchun
mo‘ljallangan.
Mukammal ta’mirlash o‘rnatilgan tartibda ishlab
chiqilgan va tasdiqlangan
loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bajariladi va ta’mirlanayotgan yo‘l bo‘lagi butun
398
uzunligida avtomobil yo‘lining hamma elementlari va inshootlari bo‘yicha
kompleks bajarilishi lozim.
Har qaysi muayyan yil ob-havo sharoitini oldindan aytib bo‘lmaydi, bu esa
saqlash bo‘yicha asosiy ishlar zarur hajmiga kuchli ta’sir qiladi. Agar Buyurtmachi
saqlash bo‘yicha me’yoriy ishlarga ko‘p yuqori ishonchlilikni qo‘ysa, tajribalar
shuni ko‘rsatadiki, Bajaruvchi, qachonki, me’yoriy saqlash hajmi haqiqiy hajmdan
oshgan yillarda ortiqcha moliyalashtirishni oladi, qachonki,
haqiqiy hajmlar
me’yoriy saqlash hajmidan oshgan yillarda esa, qo‘shimcha moliyalashtirishni
talab qiladi.
Haqiqiy bajarilgan ishlar bo‘yicha qabul qilinadigani va haq tulanadigani
bilan me’yoriy saqlash bo‘yicha ishlarni uyg’unlashtirish zarur.
Quyidagi ish turlari, ya’ni yo‘llarni o‘yiqlarini ta’mirlash, yo‘l
belgilari
taxtalarini almashtirish, qishgi davrlarda qorni chiqarib tashlash va boshqa shunga
o‘xshash kabilar haqiqiy bajarilgan ishlar bo‘yicha qabul qilinadigan va haq
to‘lanadiganlar toifasiga kiradi.
Saqlash bo‘yicha qisman ishlar, hajmlarni tomomlagungacha va qo‘shimcha
ish hajmlarini bajarishga Buyurtmachining topshirig’i (yoki Buyurtmachi
tomonidan tasdiqlangan, Bajaruvchi taklifi) mavjud bo‘lguncha – haqiqiy
bajarilgan ishlar bo‘yicha qabul qilinadigan va haq to‘lanadigan hisoblanadi.
Me’yoriy saqlash bo‘yicha ishlar hajmi oldindan aniqlanadi (bu
ishlarni
bajarish zarurati paydo bo‘lguncha) va Bajaruchi-tashkilot bilan bitimga kiritiladi.
Me’yoriy saqlash bo‘yicha ishlar sifati yo‘l tarmog’i holatini baholash bilan
nazorat qilinadi. Agarda, saqlash sifatiga bo‘lgan talablar bajarilmasdan qolsa, u
holda Buyurtmachi o‘rnatilgan tartibda Bajaruvchi tashkilotga moliyalashtirishni
kamaytirishni qo‘llashi mumkin.
Mazkur Qoida uchta bo‘limdan tashkil topadi:
- yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar hajmini rejalashtirish;
- ishlarni bajarish uchun ishchi kuchiga,
asosiy mashina mashina va
mexanizmlarga bo‘lgan ihtiyojni aniqlash;
399
- avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlarini rejalashtirish
tartibi.
Mazkur Qoida rejali va hisobiy ko‘rsatkichlarning tarkibini, ularni hisoblash
tartibini, rejali hujjatlar shakllarini va tuman yo‘l-ekspluatastiya korxonasida
(TYEK) avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash rejalarini ishlab chiqish
muddatlari o‘z ichiga oladi.
TYEK va uning bo‘linmalari uchun avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va
saqlash bo‘yicha ish rejasini ishlab chiqish amaldagi me’yoriy va uslubiy hujjatlar
doirasida
amalga
oshiriladi.
Joriy ta’mirlash va saqlashning ishlab chiqilgan rejalari, yo‘l
tashkiloti va
uning bo‘linmalarini quvvatidan maksimal foydalanishni, ishlab chiqarishni tashkil
qilish va texnologiyalarining ilg’or uslublarini tadbiq etish hisobiga ishlab
chiqarish jarayonlarini jadallashtirish, ishlarni mehnat va material-texnik resurslar
bilan o‘z vaqtida va kompleks ta’minlashni nazarda tutishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: