358
4. Sementbeton qoplamalarni ta'mirlash ketma-ketligi va ular qanday amalga
oshiriladi?
5. Yo‘l tushamalarini mustahkamlash va kengaytirish qanday amalga
oshiriladi?
6. Yo‘llarning buzilishiga qarshi qandaq usullari ishlatiladi va ular
nimalardan iborat?
7. Buzilishlarning sabablarini bartaraf etish uchun qanday usullar
qo‘llaniladi?
8. Qanday hollarda ikki tomonlama kengayish amalga oshiriladi?
9. Yo‘l tushamalarini kuchaytirishni tanlash nimani anglatadi?
10. Asfaltbeton qoplamali yo‘l tushamalarini kapital ta'mirlashda qanday
ishlar olib boriladi?
11. Yo‘lning holatini mukammal ta'mirlashda
qanday ishlar amalga
oshiriladi?
359
III-BO‘LIM. AVTOMOBIL YO‘LLARINI TA’MIRLASh VA SAQLASh
IShLARINI TAShKIL ETISh
VIII-BOB. AVTOMOBIL YO‘LLARINI TEXNIK HISOBGA OLISh
VA PASPORTLAShTIRISh
8.1. Yo‘llarni texnik hisobga olish va pasportlashtirish tartibi va
vazifalari
Avtomobil yo‘llari va inshootlar tabiiy omillar va avtomobil yuklari ta’siri
natijasida vaqt o‘tishi bilan eskiradi. Yo‘llar va inshootlarning uzunligi va texnik
holati to‘g’risida ma’lumotlar tuzish zarurati mavjud. Buning uchun yo‘llarning
texnik hisobini olib borish zarur.
Texnik hisobning
asosiy maqsadi
- yo‘llarga texnik xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlash ishlarini oqilona rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, yo‘l xo‘jaligi
uchun
ma’lumotlarni yig’ish va tizimlashtirishdir. Texnik hisob va
pasportlashtirish 8 -10 yilda bir marta o‘tkaziladigan uzluksiz inventarizastiyani va
yo‘llarni yillik pasportlashtirishni o‘z ichiga oladi. Inventarizastiya Rossiya
Federastiyasi
hukumati
qarorlari
asosida
amalga
oshiriladi.
Barcha
umumfoydalanuvdagi yo‘llari (har bir yo‘l alohida)
texnik hisobga olinadi va
pasportlashtiriladi.
Texnik hisobga olinadigan yo‘lning asosiy elementlari suv qochirish tizimi,
yo‘l poyi, qatnov qismi, sun’iy inshootlar, yo‘l xizmat binolari, yo‘l
holati va
jihozlari, avtotransport xizmati binolaridir.
Texnik hisobga olish texnik pasport bo‘lmagan yoki uning ma’lumotlari
aniqlashtirishni talab qiladigan yo‘llarda amalga oshiriladi. Texnik hisobga olish
jarayonida:
umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarining ro‘yxati, ularning nomi va
uzunligini aniqlash;
avtomobil yo‘llarning geometrik parametrlarini aniqlash yoki yangilash;
yo‘l
qoplamalarining
turlari
va
holatini
aniqlash,
yo‘l
qoplamasi
mustahkamligini baholash;
ko‘priklar, viaduktlar, yo‘l o‘tkazgich, quvurlar,
tonnellar, galereyalar va
360
boshqa sun’iy inshootlarni hisobga olish;
xizmat, texnik va fuqarolik bino va inshootlarini hisobga olish;
muhandislik inshootlari va jihozlarini hisobga olish va ularga umumiy baho
berish;
harakat jadalligi va tarkibidagi transport vositalari haqida ma’lumot to‘plash;
yo‘llar va ular bilan bog’liq inshootlarning qiymati belgilanadi.
Texnik hisobga olishdan foydalanish joriy texnik hisob va pasportlashtirish
ma’lumotlari umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini texnik hisobga olish va
pasportlashtirish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnomada
belgilangan tartibda doimiy
ravishda amalga oshiriladi.
Materialom texnicheskogo ucheta yavlyayutsya:
polevoy jurnal obsledovaniya dorojnoy odejdы.
Texnik hisobning materiali:
chiziqli grafikli yo‘lning yo‘lning texnik pasporti
ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, quvurlar, xizmat, sanoat va turar-joy binolari
uchun ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkalari;
ko‘priklar, tonnellar, quvurlar,
saqlab turuvchi devorlar, yo‘l xizmati binolari,
avtobus bekatlari, o‘tish va tezyurar tasmalar, yo‘l belgilari, to‘siqlar, qo‘llanmalar,
obodonlashtirish, trotuarlar va yaylovlar, chiqishlar, yo‘l bo‘yidagi istehkomlar,
to‘g’ri yo‘l ichidagi kommunikastiyalarni hisobga olish qaydnomalari;
suv qochirish tizmi o‘lchamlari qaydnomasi;
mavjud yo‘l va inshootlarning jamlanma qaydnomasi;
yo‘l to‘shamasi holatini o‘rganilganligi bo‘yicha dala jurnali.
Yo‘l pasportida texnik hisobning barcha materiallari yo‘lning texnik-iqtisodiy
holati to‘g’risidagi ma’lumotlar bilan xulosa hujjatini ifodalovchi va yo‘lning
barcha xizmat ko‘rsatish davri uchun asosiy (qabul vaqtida)
va yillik
ma’lumotlarni shu jumladan joriy va kapital ta’mirlash, rekonstrukstiya qilingan
vaqti kabi barcha ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi. Pasportlashtirish-bu texnik hisob
hujjatlarini tuzish maqsadida yo‘llar va yo‘l inshootlarini tekshirish va o‘lchash, bu
361
ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha dala va idora ishlari
majmuasidir.
Texnik hisobga olish va pasportlashtirish tartibi, foydalaniladigan vositalar.
Avtomobil yo‘llarini texnik hisobga olish va pasportlashtirish Avtomobil yo‘llari
Bosh boshqarmalari va ularning bo‘linmalari tomonidan yo‘llarni pasportlashtirish
uchun maxsus partiyalar yoki guruhlar tashkil etadi. Texnik hisobga olish va
pasportlashtirish uchun belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha
ilmiy-
tadqiqot, loyiha-qidiruv va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar jalb etiladi.
Texnik hisobga olish va pasportlashtirish bo‘yicha ishlar dala va kameral
ishlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: