quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:
Testlar talabalar bilimini nazorat qilishning obyektiv usuli hisoblanadi. Sababi unda o'qituvchi bilan talaba o'rtasida vujudga
1 Test (ing. Test -■ sinov, namuna, tadqiqot),
297
kelgan munosabatlar hech qanday rol o‘ynamaydi va talaba bilimini baholashga ta’sir etmaydi.
Nazorat ishi yoki referatda o'qituvchi talabaning ayrim xa- tolaridan ko‘z yumib, uning bilimini yuqori baholashi yoki aksincha, o'zining subyektiv talablarini qo'ygan holda past baholashi mumkin. Testlar bunday xatolikdan xoli.
Testning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransua Talmon (1822-1911) ishlab chiqqan. Test terminini birinchi marta 1890 yili amerika psixologi Jeyms Kettell (1860—1944) tomonidan insonni psixologik jihatdan o'rganishda qo'llangan.
Testlarni qo'llash jarayoni kengaygan sari ularning turlari ham ko'paya boshladi. Testologiya tarixida V.A.Makkol birinchi bo'lib testlarning pedagogik va aqliy rivojlanish darajasini aniqlaydigan (intellektual) guruhlarga ajratdi.
Hozirda testlar psixologiya, pedagogika, fiziologiya, meditsina va boshqa sohalarda keng qo'llaniladi. Ta’limda odatda asosan psixologik va pedagogik testlardan foydaianiladi.
Testlar qanday maqsadga qaratilganiga ko'ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Maqsadga erishuv testlari (bilimni o'lchash, sinash, baholashga qaratilgan).
Aqliy testlar (zehn, aql-idrok, aql-zakovat, iste’dodni aniqlashga yo'naltirilgan).
Ijodiy testlar (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshi- ruvchi).
Mezoniy mo'ljal testlari (o'quv yoki kasbiy bilimlar va top- shiriqlarni qaysi ko'nikma, malaka, xatti-harakat tizimi orqali o'lchash mumkinligiga qaratilgan).
Shaxsga oid testlar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlami o'lchashga aloqador).
Proeksiyaviy testlar (tashqi ta’sirsiz shaxs o'z-o'zini oshkor qilishga mo'ljallangan) va boshqalar.
Biz testni tadqiq qilishga mavzuni o'rganish va o'quvchi, talabalar bilimini sinash va baholash nuqtayi nazaridan yondashamiz.
Fanni o'rganishda va bilim darajasini sinash va baholashda keng qo'llaniladigan testlar axbcrotni psixologik jihatdan o'zlashtirish darajasiga ko'ra to'rt guruhga bo'linadi: a) axborotni esda saqlash, xotirada qayta tiklashga qaratilgan testlar; b) reproduktiv tafakkur, ya’ni o'zlashtirilgan bilimlar asosida ma’lum bir ishni (tipik) mustaqil bajarishni talab qiluvchi testlar; d) produktiv tafakkur, ya’ni o'rganilgan bilimni qo'IIashga yo'naltirilgan testlar;
tadqiqiy-ijodiy fikrlashni talab qiluvchi testlarga bo'linadi.
Test topshiriqlarining mazmuni va javob berish jarayonidagi imkoniyatga ko'ra: ochiq, yopiq va boshqalarga ajratish mumkin. Ochiq test topshiriqlari kishiga o'z xohishiga ko'ra javob berish imkonini yaratadi. Odatda unda asosiy so'z, tayanch ibora tushirib qoldirilgan bo'Iadi.
Yopiq testda esa aksincha, javoblar mavjud. Bunda test sharti savol yoki vazifa bo'lib, uning javoblaridan bittasi to'g'ri qolganlari to'g'ri javobga o'xshashroq bo'Iadi.
Uni yopiq test deyilishiga sabab uning javoblari mavjud, o'quvchi-talaba ana shu keltirilgan javoblardan o'zicha to'g'ri deb bilganini tanlashi kerak. Berilgan javoblar ikkitadan beshtagacha bo'lishi mumkinki, javoblari soniga qarab, testlarga to'g'ri javob topish imkoniyati ham o'zgarib boradi.. Hozirgi paytda bir necha javobli yopiq testlar keng qo'llaniladi.
Test topshiriqlarini murakkablik darajasini dunyoda eng ko'p tarqalgan Blum taksonomiyasi asosida tayyorlash mumkin. Bunda testlar «bilish», «tushunish», «qo'llash» bosqichlariga xos uncha murakkab bo'lmagan hamda «tahlil», «sintez», «baholash bosqichlariga xos murakab testlardan iborat bo'lishi mumkin.
Obyektiv testlar. Testlami obyektiv deyilishiga sabab, unga to'g'ri javob bor, uni subyektiv jihatdan baholashni istisno qiladi.
Undagi savollar ko'pincha dalillar, aniq axborotlami yodga tushirishga qaratilgan. Obyektiv test savollari Blum taksonomi- yasining ikkinchi bosqichidagi fikrlash doirasiga to'g'ri keladi. Ular fikrlashni yuqori darajada baholashga imkon bermaydi, lekin ularni fikrlashning yuqori bosqichiga to'g'ri keladigan qilib tuzish mumkin. Ular tatbiq qilish, tahlil qilish darajasiga mos keladigan mu- rakkablikda bo'lishi mumkin, lekin bunday savol tuzish qiyin.
Test savollari tuzishda, amerikalik pedagoglaming ko'rsatishicha o'qituvchi quyidagilarga ahamiyat berishi lozim:
Ko'zlangan maqsadga ko'ra, savolni aniq qo'yish kerak.
Testda faqat bitta javob to'g'ri bo'lishi kerak.
Javoblarni bir-biriga o'xshash bo'lishi va haqiqatga yaqin bo'lgani ma’qul.
Testda iloji boricha inkor etuvchi fe’l va boshqalardan foy- dalanmaslikka harakat qilish lozim (Masalan, yuqoridagi ko'rsatmalardan nima imkon bermaydi? va hokazo ...).
Yuqorida ko'rsatilganlarning hammasi (yoki yuqorida korsatilganlardan hech biri) kabi ta’riflarni iloji boricha ish- latmaslik zarur.
Bir necha komponentlar (aytaylik, A va S) ni mujassam- lashtirgan javoblarni iloji boricha kam ishlatish, ishlatganda, test kimlar uchun tuzilayotganiga ahamiyat berish maqsadga muvofiq;
To‘g‘ri javob doimo bir joyda (doimo A yoki doimo B) bo'lishi kerak emas;
Savollar va javoblar grammatik jihatdan o'zaro mos, muvofiq bo'lishi kerak.
Test tuzayotganda awal qanday maqsad qo'ymoqchisiz, ya’ni o'quvchi, talaba shu mavzuda nimalarni bilishi zarurligidan kelib
chiqib, savol yoki topshiriq tanlaymiz.
Aytaylik, o'rganayotgan mavzuimiz buxgalterya hisobi bo'yicha talaba birinchi navbatda hujjatlashtirish tushunchasi nimani bildiradi? Aniq tushunchaga ega bo'lishi kerak. Demak, mavzu bo'yicha test tuzar ekanmiz, test orqali talabadan ana shu savolga javob kutamiz. Shuning uchun test savolini «Hujjatdashti- rish deb nimaga aytiladi?» deb qo'ysak bo'Iadi. Bunda biz mavzuni o'rganishi oqibatida talaba bilishi lozim bo'lgan tushunchani, ya’ni maqsadni test savoliga aylantirdik.
Navbatdagi bosqich, unga to'g'ri javob topish. O'qituvchi test tuzar ekan, awaldvn tanish, javoblari unga ayon masala bo'lishi yoki yangi, o'rganilishi zarur masala bo'lishi mumkin. Har ikki holda ham aniq, asoslangan, to'g'ri javob topish uchun zarur ada- biyotlarni o'rganishi, ular asosida uning to'g'riligiga qanoat hosil qilgach, javobni yozishi kerak.
To'g'ri javobimiz, xo'jalik yurituvchi subyektlarning barcha muomalalarini yoppasiga va uzluksiz hujjatlar majmuasida aks etti- rishdir. Ayrim o'quv adabiyotlarida hujjatlashtirish barcha xo'jalik muomalalariga tuziladigan hujjatlar majmuasi deb yozilgan. Lekin hujjatlashtirish bu jarayon bo'lgani uchun bizningcha oldingi javob ikkinchisiga qaraganda hujjatlashtirishning mohiyatini to'laroq aks ettiradi. Shuning uchun uni to'g'ri javo sifatida qabul qilamiz. U holda testimiz ikkinchi bosqichda quyidagicha ifodalanadi:
Hujjatdashtirish deb nimaga aytiladi?
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning barcha muomalalarini yoppasiga va uzluksiz ravishda hujjatlar majmuasida aks ettirishdir.
Navbatda hujjatlashtirishni ifodalaydigan, lekin uning mazmunini to'la aks ettirmaydigan, o'xshash, lekin noto'g'ri javoblarni yozib chiqamiz.
Ular quyidagicha bo'lsin.
В. Mahsulotni omborga qabul qilish uchun dalolatnoma.
Mahsulotni ombordan olish uchun talabnoma.
Zarur shakllami to'ldirishdir.
Birinchi testimizning javoblari tayyor. Faqat to'g'ri javobni qaysi harf orqali ifodalashni aniqlasak bo'ldi. Uni biz oldingi testda qaysi harfda to'g'ri javob berilganiga qaraymiz. Birinchi testda xoh- lagan harfimizga qo'yishimiz mumkin. Aytaylik, biz to'g'ri javobni В harfida berishga qaror qildik. U holda testimiz quyidagi ko'rinishda bo'Iadi:
Hujjatdashtirish deb nimaga aytiladi?
Mahsulotni omborga qabul qilish uchun dalolatnoma.
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning barcha muomalalarini yoppasiga va uzluksiz ravishda hujjatlar majmuasida aks ettirishdir.
Mahsulotni ombordan olish uchun talabnoma.
Zarur shakllarni to'ldirishdir.
Testimiz tayyor. Javob: B.
Boshqa maqsad, vazifalami ham, mavzu bo'yicha o'quvchi, talaba bilishi lozim bo'lgan tushuncha va muomalalarni shu tarzda test savollari va javoblarida aks ettiramiz.
Yopiq testlardan tashqari ochiq test toashiriqlari tayyorlanadi va qo'llaniladi. Ochiq test topshiriqlari kishiga o'z xohishiga ko'ra javob berish imkoniyatini yaratadi. Ochiq testlar odatda, bitta asosiy so'z (yoki so'zlar) tushirib qoldirilgan jumla bo'lib, javob taklif etilmagan bo'Iadi.
Ochiq test tuzish uchun u yoki bu savolni, tushunchani mohiyatini ifodalovchi, javobi o'zida gap tuzib, uning sifati yoki asosiy ma’nosini ifodalovchi so'zni tushirib qoldiramiz.
Yopiq testimiz misolida ochiq test tuzishni ko'rib chiqamiz.
Misol: Birinchi bosqichda gap tuzamiz:
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning barcha muomalalarini yoppasiga va uzluksiz ravishda hujjatlar majmuasida aks ettirish huj[jat- lashtirish deyiladi.
Ikkinchi boqichda uni ochiq testga aylantiramiz:
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning barcha muomalalarini yoppasiga va uzluksiz ravishda aks ettirish hujjatlashtirish deyiladi.
Testimiz tayyor. Javob: hujjatlar majmuasida. Shunday tarzda davom ettirishimiz mumkin. Lekin hozirgi paytda ochiq testga qaraganda yopiq testlar qulay bo'lgani uchn ko'proq ulardan foydaianiladi.
Bu ish osonginaga o‘xshab ko‘rinadi. Lekin haqiqatda u katta mehnat talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |