Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Jahon adabiyoti namoyondalarning hayot yo`llaridan savol –javob o`tkazish
2.N.Rasulovaning Testlari asosida berilgan uy ishini tekshirish
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I Mustaqilllikdavri adabiyoti yuzasidan savol-javob: 1.Hozirgi adabiy jarayonga xos xususiyatlarni ko`rasating.
2.Mustaqillikdavri adabiyotiga kirgan qaysi adiblarni bilasiz?
3.Adiblar asarlaridan namunalar keltiring.
II.Mustaqillik davri adabiyoti namunalaridan parchalar o‘qib,g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish: O`tgan asrning 90-yillaridn e’tiboran o`zbek xalqi o`z tarixining tamomila yangi bosqichiga kirdi.Istiqlol davri adabiyoti ko`p asrlik milliy adabiyotning mantiqiy davomidir.
Mustaqillik davri adabiyoti tubdan o`zgargan milliy ong va tamomila yangilanayotgan estetik tafakkurning mahsulidir. Mustaqillik tufayli o`zbek xalqi o`z ma’naviyatining asoslaridan bo`lmish Qur’oni Karim bilanona tilida tanishish imkoniga ega bo`ldi. Bu muqaddas kitobning o`zbekchaga o`girilishi millatning e’tiqodi, dunyoqarashi va ma’naviyatida o`zziga xos inqilob yasadi.
Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Mustaqillik davri adabiyoti voqealari asosida bahs-munozara: Mustaqillik davri adabiyoti ga besh xususiyat asos bo`ldi.She’riyat .Ko`p asrlik o`zbek she’riyati hozirda ham davr ruhini, zamondoshlarga xos tuyg`ularni aks ettirishda yetakchilik qilmoqda. U hamonmilliy adabiyotimizning yetakchi turi hisoblanadi. A .Oripov, R.Parfi, O.Matjon, H.Xudoyberdiyeva, Farida Afro`z, Zebo Mirzo... singari shoirlarning she’rlarida olam hodisalari va odamningko`ngil holatlarini shoirona ko`z bilan ko`rish yangi bosqichga ko`tarildi.
Endilikda she’r o`qish odam uchun dam olish, ko`ngil ochish yo`llarida biri bo`lmay qoldi.
III.Test sinovi:
1.”Otello”asari qachon yozilgan?
A.1604-yil B.1606-yil
C.1594-yil D.1605-yil
2. Nayman ona bir yosh va navqiron manqurt yog`iz o`zi Sario`zak dashtida tuyalar podasini boqib yurganini kimdan eshitadi?
A.qo`shnilaridan B.qaroqchilardan
C. savdogarlardan D.cho`ponlardan
3.H.Henrix “Sileziya to‘quvchilri”she’rida nima haqda yozadi?
A.Achchiq hayotiy haqiqat B.Adolat
C.Fransuz siyosiy hayot D.Millatdoshlar hajv qilinadi
4.Pushkinning “Yevgeniy Onegin”she’riy romanini kim tarjima qilgan ?
A.Cho‘lpon B.Mirza Kenjabek
C.Abdulla Oripov D.Erkin Vohidov
5.Ch. Aytmatov yoshida qishloq kengashi kotibi qilib tayinlandi?
A.13 yoshida B.14 yoshida
C.15 yoshida D. 16 yoshida