Oquvchilar bilimini baholash.
Sana:
Sinf: 9 “A”-sinf
Darsning mavzusi:Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy- Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi haqida o’quvchilarga nazariy ma’lumot berish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda erk,ozodlik,ma’rifatparvarlik,adabiyotga qiziqish tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish.
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash;
Darsning jihozi:darslik,Abdulla Qodiriy siymosi,qo’shimcha badiiy adabiyotlar,tarqatmalar,adib romanlari;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.Furqat g’azallaridan yod so’rash va tahlil qlish.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.”…men turli bo’hton ,shaxsiyat va soxtalar bilan oqlanmaydurg’on bo’lib qoralandim.Ko’ngliga shamsi g’uboroti ,teskarichilik maqsadi bo’lmag’on sodda ,vijdonli yogitga bu qadar xo’rlikdan o’lim tansiqroqdir…”(1926-yil 15 iyun Qodiriyning suddagi nutqidan)
Abdulla qodiriy 1894-yil 10 –aprelda Toshkent shahrida bog’bon oilasida dunyoga kelgan.Zamonasining eng bilimdon kishilaridan bo’lgan.Zamona mashaqqati tufayli yugurdaklik,xizmatkorlik qiladi.Rus tilini shu davrda puxta o’rganadi.adib 1914-yil Abulqosim madrasasiga o’qishga kirdi.Shariat ilmi,islom falsafasi,arab va fors tillarini chuqur o’rgandi.1913-yildan boshlab “Oina”,”sadoyi Turkiston”,”Samarqand”gazetalarida maqola yoza boshlaydi.”Sadoyi Turkiston ”gazetasining 1914-yil 1-aprel sonida “Yandi masjid va maktab”maqolasi Abdulla Qodiriy imzosi bilan bosilib chiqadi.Oradan ko’p o’tmay “Millatimga”,”Ahvolimiz”she’rlari,”Baxtsiz kuyov ”dramasi,”Juvonboz ”hikoyasi chiqdi.1928 –yil “Mehrobdan chayon”romani,1934-yil “Obid ketmon”qissalarini yaratadi.U o’nlab publisistik maqolalar,hikoyalar ham yozadi.Qolaversa,Qodiriy “Dahshat”,”Amir Umarxonning kanizagi”,”Namoz o’g’ri”nomli romanlarni yozmoqchi edi,materiallar to’pladi.Lekin sho’ro hukumati bunga unga imkon bermadi.
1926-yilfayoq “Mushtum ”jurnalining uchinchi sonida “Yig’indi gaplar”maqolasi uchun “aksiinqilobiy maqsadda sho’ro rahbarlarini matbuot orqali obro’sizlantirdi..”degan ayblov bilan qamoqqa olinadi.U “Men to’g’rilik orqasida bosh ketsa,”it”deydirgan tigit emasman…”,-deya o’zining nomini oqlaydi.1937-yil Yangi yil kechasi adib ikkinchi marta qamoqqa olinadi.1938-yil 4-oktabrda adib “xalq dushmani”deb otib tashlanadi,vaholanki hukm 5-oktabrda chiqarilgan edi.
II.Darslikda berilgan Abdulla Qodiriy haqidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish va matn ustida ishlash
Do'stlaringiz bilan baham: |