37
9. Quyidagi qaysi asar turkiy xalqlar shajarasi haqida to`liq ma`lumot
beradi?
A) «Firdavs ul-iqbol» B) «Shohidi iqbol»
C) «Shajarayi turk» D) «Eng go`zal tarix»
10. «Dili g`aroyib» asarining muallifini aniqlang.
A) Hasanbеk Rumlu
B) Abulg`oziy Bahodirxon
C) Xudoybеrdi Avaz Muhammad
D) Yusufbеk Bayoniy
11. «Dili g`aroyib» asari qachon yozilgan?
A) 1825-1826-yillar B) 1829-1830-yillar
C) 1830-1831-yillar D) 1831-1832-yillar
12. Qachon Xivaga Rossiya elchisi F.Beneveni kelgan?
A) 1725-yil B) 1793-1794-yillar
C) 1819-yil D) 1825-yil
13. Xivaga Rossiya elchisi N. Muravyov kеlgan sanani aniqlang
A) 1725-yil B) 1793-1794-yillar
C) 1819-yil D) 1825-yil
14. N.Muravyovning “Esdaliklar” kimlarni “aql- idrokli, yolgon va
aldovdan nafratlanuvchi, suhabti yoqimli” deb ta`riflagan edi?
A) o`zbeklarni B) qoraqalpoqlarni
C) turkmanlarni D) qozoqlarni
15. «Xiva va xonlikning boshqa shaharlari hamda qishloqlari, savdo-
sotig`i va sanoati» asarining muallifi kim?
A) G.Danilevskiy B) N.Vasilevskiy
C) R.Baziner D) A va C javoblar to`g`ri
16. 1842 -yilda Xiva va Rossiya o`rtasida «Majburiyatlar akti»ni
imzolanishiga erishgan elchi G.Danilevskiy bilan Xivaga kelgan
tabiatshunos olimni aniqlang?
A) N.Muravyov
B) N.Vasilevskiy
C) R.Baziner
D) N.Ignatev
17. 1858 -yilda Xiva va Buxoroga yuborilgan Rossiya diplomatik
missiyasi rahbari kim edi?
A) N.Ignatev
B) N.Vasilevskiy
C) R.Baziner
D) N.Muravyov
18 . Taniqli sharqshunos olim N.Vasilevskiyning asarlari to`g`ri
bеrilgan javobni aniqlang
1. «O`rta Osiyo bo`ylab sayohat»»
2. «Inoqlar hukmronligi»
3. «O`zbеklar Xorazmda»
4. «Qo`ng`irotlar sulolasi»
A) 1,2,3,4 B) 2,3,4 C) 1,3,4 D) 1,2,4
19. «Rossiyaning kеyingi 300 yilda Buxoro va Xiva bilan aloqasi»
asarining muallifini aniqlang
A) X .Vambеri B) S.Jukovskiy
C) N.Vasilevskiy D) N.Ignatyev
20. «O`rta Osiyo bo`ylab sayohat» asarining muallifi kim?
A) X.Vambеri B) S.Jukovskiy
C) N.Vasilevskiy D) N.Ignatyev
21. «Xorazmning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo`lgan tarixi»
asarining muallifini aniqlang
A) S.P.Tolstov B) I.Mo`minov
C) Ya.G`ulomov D) S.To`raqulov
22. «Xorazmning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo`lgan tarixi»
asari qachon yozilgan?
A) 1975-yil B) 1977-yil C) 1976-yil D) 1980-yil
23. Xiva xonlari arxivi qachon Rossiyadan Tоshkеnt shahriga olib
kеlingan?
A) 1961-yil B) 1962-yil C) 1976-yil D) 1990-yil
24. Qachon «Xiva-ming gumbaz shahri» kitobi nashrdan chiqdi?
A) 1995-yil B) 1996-yil C) 1997-yil D) 1998-yil
25. Xorazmning sug‘orilish tarixi“ (Qadimgi zamonlardan
hozirgacha) asari muallifini aniqlang?
A) D.Alimova B) akademik M. Yo’ldoshev
C) akademik Y. G‘ulomov D) I Mo’minov
26. „Xiva xonligida feodal yer egaligi va
davlat tuzilishi“ asari muallifini aniqlang.
A) D.Alimova B) akademik M. Yo’ldoshev
C) akademik Y. G‘ulomov D) I Mo’minov
27. Quyidagi ma’lumotlardan qay birida xatolik mavjud?
A) D.Alimova tahriri ostida chop etilgan ,,O‘zbekiston tarixi“ (XVI-
XIX asming birinchi yarmi. Rus tilida) kitobida Xiva xonligiga oid
ma’lumotlar bor
B) O‘zbekiston milliy ensiklopediyasining 9- va 12-jildlaridagi Xiva
xonligi tarixiga oid maqolalar ham muhim ahamiyatga ega
C) «Qo`ng`irotlar sulolasi» asari Xiva tarixi bo‘yicha ham eng
qimmatli manbalardan hisoblanadi. Bu esdalik o‘zbek tilida ham
chop etilgan.
D) Yevropa mamlakatlari sayyohlari va olimlari
yozib qoldirgan asarlar ichida ingliz savdo va
diplomatiya vakili A. Jenkinsonning esdaliklari Xiva xonligining
XVI asr tarixi haqida muhim ma’lumot beradi. Bu esdalik
„Jenkinsonning Rossiyadagi Moskov shahridan Baqtriyadagi Buxoro
shahriga sayohati“ deb
nomlangan.
28. Rossiya elchisi I.D.Xoxlov qachon Buxoro va Xiva xonliklarida
bo’lgan?
A) 1619-1622-yillarda B) 1621-1622-yillarda
C) 1620-1623-yillarda D) 1620-1622-yillarda
29. Abulg'oziy Bahodirxon yashagan yillarni aniqlang.
A) 1603-1663-yillar B) 1603-1664-yillar
C) 1604-1664-yillar D) 1600-1664-yillar
30. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Xiva xonligidan olib ketilgan hujjatlar Toshkentdagi O‘zbekiston
Davlat arxiviga olib kelindi. Xiva xonligi hujjatlarining ma’lum
qismi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
xazinasida ham mavjud.
B) “Shajarayi Turk” asari turkiy qabilalar shajarasi haqida qimmatli
ma’lumotlar beradi. U kitobxonni Xiva va xivaliklar, shuningdek,
Abulg‘oziy Bahodirxonning o‘zaro urushlar oqibatida parchalanib
ketgan
davlatni birlashtirish yo‘lida olib borgan shiddatli kurashi bilan ham
tanishtiradi.
C) Xorazmning eng qadimgi davrdan to hozirgi kungacha, shu
jumladan, XVI—XIX asrlar birinchi yarmi tarixi haqida Xiva
shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan chop etilgan „Xiva
– ming gumbaz shahri“ kitobi ham tarixiy dalillarga juda boy asardir
D) N.I. Muravyov ham yozib qoldirgan „Esdaliklar" fransuz va
ingiliz tillariga tarjima qilingan edi.
31. Ivan Xoxlov elchiligi natijalari Rossiya podshosiga yuborilgan
ma’lumotlarda yozib qoldirilgan. Bular qanday ma’lumotlar edi?
1. Xiva va Buxoro munosabatlarining sovuq ekanli
2. Xiva va Eron munosabatlari ham yaxshi emasligi
3. bojxona to‘lovlari savdoni rivojlantirishga to‘siq bo'layotganligi
4. boj bir davlatdan ikkinchisiga o‘tgandagina emas, balki bir
mamlakatning o‘zida bir viloyatdan ikkinchisiga o’tganda ham
olinishini qayd etgan.
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4
32. Qaysi elchi Buxoro xoniga Xivaga qarshi ittifoq tuzishni taklif
etishi lozim edi?
A) N.I.Muravyov B) Florio Beneveni
C) N.Ignatev D) G. Danilevskiy
33. Florio Beneveniga Rossiya imperatori
Pyotr I juda muhim
vazifalarni yuklagan. Beneveni o‘z esdaligida, jumladan,
quyidagilarni qayd etgan: “Agar Xiva xoni …. yo'qotilsa, bu yerda
tinchlik о‘rnatiladi va hamma yo‘llar ochiq bo‘ladi. Rossiya …. ga
qarshi kuchlarni qo‘llab-quvvatlashi foydali bo‘ladi“. Gap kim
haqida ketmoqda?
A) Elbarsxon B) Anushaxon
C) Sherg‘oziyxon D) Abulg’oziy Bahodirxon
Do'stlaringiz bilan baham: