1 8-sinf geom yangi. 1-8-bet. 2015(boshi). p65


Beruniy parallelogrammga quyidagicha ta’rif beradi



Download 7,4 Mb.
bet30/73
Sana24.04.2022
Hajmi7,4 Mb.
#579874
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
Bog'liq
Geometriya. 8-sinf (2014, A.Rahimqoriyev, M.To\'xtaxo\'jayeva)

Beruniy parallelogrammga quyidagicha ta’rif beradi:
«U to‘rtburchakli shakl, uning har qanday ikki qarama-qarshi tomoni parallel. Uning qarama-qarshi burchaklarining uchlarini tutashtiruvchi chiziq diagonal deb ataladi».






12- mavzu.







FALES TEOREMASI




  1. Dastlabki tushunchalar. Bizga o‘zaro parallel /1 va l2 to‘g‘ri chiziqlar hamda ularni kesuvchi a to‘g‘ri chiziq berilgan bo‘lsin (73- rasm).

Agar kesuvchi a to‘g‘ri chiziq, l1 va l2 to‘g‘ri chiziqlarni A va B nuqtalarda kesib o‘tsa, l1 va l2 parallel to‘g‘ri chiziqlar a to‘g‘ri chiziqdan AB kesma ajratadi, deb aytiladi.
Uchta l1, l2 va l3 parallel to‘g‘ri chiziqlar a to‘g‘ri chiziqni A, B, C nuqtalar­da kesib, AB va BC kesmalar ajratsin (74- rasm).
Agar AB = BC bo‘lsa, parallel to‘g‘ri chiziqlar a to‘g‘ri chiziqdan teng kes­malar ajratadi, deb aytiladi (74- rasm).
T eorema.
Agar a lib bo‘lib, l1, l2 va 13 parallel to‘g‘ri chiziqlar a to‘g‘ri chiziqdan teng kesmalar ajratsa, b to‘g‘ri chiziqdan ham teng kesmalar ajratadi.
Isbot. To‘g‘ri chiziqlarning kesishish nuqtalarini, mos ravishda, A, B, C va A1, B1, C1 bilan belgilaylik (75- rasm).
Teorema shartiga ko‘ra, a||b va AB = BC. A1B1 = B1C1 ekanini isbot qili- shimiz kerak.
To‘g‘ri chiziqlarning kesishishidan hosil bo‘lgan ABBA va BCC1B1 to‘rtbur- chaklar parallelogrammdir, chunki ular o‘zaro parallel to‘g‘ri chiziqlarning kesi­shishidan hosil bo‘lgan. Parallelogrammning qarama-qarshi tomonlari bo‘lgani uchun AB = A1B1 va BC = B1C1 bo‘ladi. Bundan A1B1 = B1C1 kelib chiqadi, chunki shartga ko‘ra, AB = BC. Teorema isbot bo‘ldi.
E s l a t m a! Bu holda AB = BC = A1B1 = B1C1 ekanini esda tutish kerak.

  1. Fales teoremasi. Quyida ko‘riladigan teorema uchburchak va trapetsiya­ning o‘rta chiziqlari haqidagi teoremalarning umumlashgan holi bo‘lib, u «Fales teoremasi» deb ataladi.

T eorema.
Agar burchak tomonlarini kesuvchi parallel to‘g‘ri chiziqlar uning bir tomonidan teng kesmalar ajratsa, ular ikkinchi tomonidan ham teng kesmalar ajratadi.
I sbot. O burchakning bir tomonida (a nurda) o‘zaro teng A^A2 va A2A3 kesmalar qo‘yilgan hamda ularning oxirlari (A1, A2, A3) orqali ikkinchi tomonni
(b numi) B,, B2, B3 nuqtalarda kesuvchi o‘zaro parallel A,B,, A2B2 va A3B3 to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazilgan bo‘lsin (76- rasm).
Endi hosil bo‘lgan B,B2 va B2B3 kesmalarning o‘zaro tengligini, ya’ni agar A,A2 = A2A3 bo‘lsa, u holda B,B2 = B2B3 bo‘lishini isbotlaymiz.
Bizga ma’lumki, trapetsiya yon tomoni o‘rtasidan o‘tuvchi va asoslariga pa­rallel to‘g‘ri chiziq ikkinchi yon tomonini teng ikkiga bo‘ladi (35- betdagi na- tijaga q.). Shuning uchun, A,B,B3A3 trapetsiyada B,B2 = B2B3 bo‘ladi. Shuni isbot- lash talab qilingan edi.
A,B,B3A3 trapetsiyada A^A2 = A2A3 (yasashga ko‘ra) va B,B2 = B2B3 (isbotga ko‘- ra) bo‘lgani uchun, A2B2 — trapetsiyaning o‘rta chizig‘i (ta’rifga ko‘ra) bo‘ladi.
Navbatdagi A2A3 = A3A4 dan B2B3 = B3B4 kelib chiqishi esa trapetsiyaning o‘rta chizig‘i haqidagi teoremadan foydalanib isbotlanadi.
Xuddi shunga o‘xshash qolgan kesmalarning tengligi isbotlanadi.
E s l a t m a! Fales teoremasi shartida burchak o‘rniga har qanday ikki to‘g‘ri chiziqni olish mumkin bo‘ladi, bunda teoremaning xulosasi ilgarigicha qoladi (77- rasm):
berilgan ikki to‘g‘ri chiziqni kesuvchi va to‘g‘ri chiziqlarning biridan teng kesmalar ajratuvchi parallel to‘g‘ri chiziqlar ikkinchi to‘g‘ri chiziqdan ham teng kesmalar ajratadi.

  1. masala. Berilgan: AD va BE — ABC uchburchakning medianalari, EF || AD, EC = 6 sm, CF = 4 sm (78- rasm).

Berilgan uchburchakning BC va AC tomonlari uzunliklarini toping.
Yechilishi.

  1. AC = 2 • EC = 2 -6 = 12 (sm) (uchburchakning medianasi ta’rifiga ko‘ra).

  2. Fales teoremasiga ko‘ra: Cf = FD. Bundan FD = 4 sm, CD = 2- Cf= = 2-4 = 8 (sm) (uchburchakning medianasi ta’rifiga ko‘ra) ekanligi kelib chiqadi.

  3. BC = 2 • CD = 2 -8 = 16 (sm) (uchburchakning medianasi ta’rifiga ko‘ra).

Javob: BC =16 sm, AC =12 sm.

  1. masala. (Kesmani teng bolaklarga bolish.) Berilgan AB kesmani n ta teng bo‘lakka bo‘ling.

Yechilishi. AB kesma berilgan bo‘lsin. Uni n ta teng bo‘lakka bo‘lishni ko‘rsatamiz. A nuqtadan AB to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan AC numi o‘tkazamiz va unda A nuqtadan boshlab n ta AA1, A^A2, A2A3, ..., An—1An teng kesmalarni, ya’ni berilgan AB kesmani masala shartidan kelib chiqib nechta bo‘lakka bo‘lish zarur bo‘lsa, shuncha teng kesmani qo‘yamiz (79- rasm, n = 6). So‘ngra AnB to‘g‘ri








c
a
hiziqni o‘tkazamiz
(An nuqta — oxirgi kesmaning oxiri) va A1, A2, A3, An—1 nuqtalar orqali AnB to‘g‘ri chiziqqa parallel to‘g‘ri chiziqlarni o‘tkazamiz. Bu to‘g‘ri chiziqlar AB kesmani B1, B2, B3, Bn—1 nuqtalarda kesadi va uni Fales teoremasiga ko‘ra n ta teng bo‘lakka bo‘ladi: AB1 = B1B2 = ... = Bn—1B.

Savol, masala va topshiriqlar

  1. 1) Fales teoremasini ayting.

2) Fales teoremasi faqat burchak uchun o‘rinlimi?

  1. Sirkul (pargar) va chizg‘ich yordamida berilgan AB kesmani: 1) ikkita;

  1. uchta; 3) oltita; 4) yettita teng bo‘lakka bo‘ling.

  1. Berilgan: AB = BD = 7 sm, BC|| DE, CE = 5 sm (80-rasm).


Download 7,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish