\a\
tenglikni | a | songa ko‘paytirsak: a = | a | • e .
Natijada biz vektorlarni o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan tenglikni hosil qildik, ya’ni har qanday vektor shu vektor moduli bilan o‘ziga kollinear birlik vektorning ko‘paytmasiga teng ekan.
Savol, masala va topshiriqlar
k ning qanday qiymatlarida quyidagi mulohazalar to‘g‘ri bo‘ladi:
|ka|< |a|; 2) |ka| > |a|; 3) |ka| = ia| (bu yerda a - nol bo‘l- magan vektor)?
ABCD — parallelogramm, P — diagonallarining kesishish nuqtasi, N nuqta BC tomonning o‘rtasi. DP va DN vektorlarni DA = p va DC = m vektorlar orqali ifodalang.
1) Uzunligi 3 sm ga teng bo‘lgan a vektorni chizing. 2,5a, -4 a, -0,5 a vektorlarni yasang.
m = а + b , n = 2a . 2m + 3n vektorni a va b vektorlar orqali ifodalang.
A
43- mavzu.
gar: 1) a = 0; 2) k = 0 bo‘lsa, ka ko‘paytma nimaga teng?
VEKTORLARNING MASALALARNI YECHISHGA TATBIG‘I
Geometrik masalalarni yechishda va teoremalarni isbotlashda vektorlardan keng foydalaniladi.
Masala. C nuqta AB kesmaning o‘rtasi, O nuqta esa tekislikning ixtiyoriy nuqtasi. OC = 2 (OA + OB) ekanini isbot qiling (241- rasm).
Yechilishi. 1-usul. Uchburchak qoidasiga ko‘ra:
oC = oA + AC va oC = ob + bC .
Bu ikki tenglikni qo‘shib, quyidagiga ega bo‘lamiz:
2 OC = OA + ob + (AC + Be).
C nuqta AB kesmaning o‘rtasi bo‘lgan- ligidan, u holda AC + BC = 0, chunki qarama- qarshi vektorlarning yig‘indisi nol vektorga teng.
Shunday qilib, quyidagiga ega bo‘lamiz:
2OC = OA + OB yoki 0C = ^(OA + OB?).
usul. OAB uchburchakni parallelogramm- ga to‘ldiramiz (242-rasm). OA + OB = OD (parallelogramm qoidasiga ko‘ra). Parallelo- grammning diagonallari kesishish nuqtasida teng
ikkiga bo‘linadi, shuning uchun OC = CD va
OD = 2OC.
Demak, OA + OB = 2OC . Bundan:
OC = 2(OA + OB).
Uchburchakning o‘rta chizig‘i haqidagi teorema.
T eorema.
U chburchakning o‘rta chizig‘i uning uchinchi tomoniga parallel, uning uzunligi esa bu tomon uzunligining yarmiga teng.
Isbot. EF kesma ABC uchburchakning o‘rta chizig‘i (243- rasm). EF|| AC va EF = 2BC ekanini isbotlaymiz.
Dastlab teoremani vektor ko‘rinishida yozamiz. E nuqta ABC uchburchak AB tomonining o‘rtasi, F esa AC tomonining o‘rtasi bo‘lsin (243- rasm). Unda
AE? = 1 AB va AF = 1 AC .
2
Bular teorema shartining vektor ko‘rinishidagi yozuvidir. Endi uni isbotlashga o‘tamiz.
EF = AF - AE =1 AC
2
1AB = 4(AC - AB) =1 BC .
2 '
21
Shunday qilib, EF = — BC vektor tenglikni hosil qildik. Endi uni geometrik talqin qilish qoldi, xolos.
Birinchidan, bu tenglikdan EF va BC vektorlar yo‘nalishdosh ekani kelib chiqadi, va demak, EF|| BC.
1
Ikkinchidan, bu tenglikdan EF = — |BC| kelib chiqadi. Bundan esa
EF — o‘rta chiziq BC tomonning yarmiga tengligi ravshan. Shunday qilib, uchburchakning o‘rta chizig‘i haqidagi har ikkala tasdiqni isbotladik.
Keltirilgan isbotdan ko‘rinib turibdiki, masala va teoremalarni vektor usuli bilan yechish masalalarni algebraik yechishga o‘xshaydi. Bu masalani yechishning bir tomonidir va u uch bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich. Masala (teorema) shartini vektor ko‘rinishida yozish va qu- lay vektorlarni kiritish (o‘xshashlik — noma’lumlarni kiritish va algebraik tengla- mani tuzish).
Ikkinchi bosqich. Vektor algebrasining vositalari orqali masala sharti shunday almashtiriladiki, masalani vektor ko‘rinishida yechish imkoniyati bo‘lsin (o‘x- shashlik — algebraik tenglamani yechish).
Uchinchi bosqich. Olingan vektor munosabat dastlabki atamalarda talqin qili- nadi (o‘xshashlik — tenglamani algebraik yechgandan so‘ng, javobni yozish)
.
Savol, masala va topshiriqlar
C nuqta AB tomonning o‘rtasi. Ifodalang:
AC vektorni CB vektor orqali; 2) AB vektorni CB vektor orqali;
AC vektorni BA vektor orqali.
C nuqta AB kesmani A uchidan boshlab hisoblaganda 1 : 3 nisbatda bo‘ladi. Ifodalang: 1) AC vektorni CB vektor orqali; 2) AB vektorni CA vektor orqali; 3) CB vektorni BA vektor orqali.
AB va CD kesmalar: 1) AB = CD; 2) AB = 2 CD ekani vektor tilida qan- day yoziladi?
AA1, BB1 va CC1 kesmalar — ABC uchburchakning medianalari. AAX ,
BB1, CC1 vektorlarni a = AC va b = AB vektorlar orqali ifodalang.
Ifodalarni soddalashtiring:
( + AC ) + (BA + CB); 2) AB - DB-CA + DA .
AB va CD kesmalar O nuqtada kesishadi. AO = 2OB va OD =2OC.
Vektordan foydalanib, BC || AD va BC = 2 AD ekanini isbot qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |