1-5-topshiriqlari



Download 127,95 Kb.
bet26/26
Sana04.11.2022
Hajmi127,95 Kb.
#860079
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Mahmudov Hamidjon Pedagogika va psixologiya 1-5-topshiriqlar

4-savolga javob.
Test deb, bir xil shaklda tuzilgan, qisqa, vaqt bo‘yicha chegaralangan, miqdoriy kattalik bilan ifodalangan individual tafovutlarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan psixologik tashhislash sinoviga aytiladi. Testlar yordamida odamlarni o‘zaro bir-biri bilan solishtirgan holda o‘rganish, ular psixologiyasi va hulq-atvoriga baho berish mumkin. Test sinaluvchining o‘zini tutishini belgilovchi qat’iy qoida bo‘yicha sinaluvchilar bajarishi zarur bo‘lgan vazifalar to‘rlamidan iborat. Testlarning bajarilishi javoblarning to‘g‘riligi mezoni bo‘yicha baholanadi. To‘g‘ri bajarilgan vazifalar uchun ballar belgilab qo‘yilgan. Testning rag‘bat materiali barcha sinaluvchilar tomonidan bir xilda qabul qilinishi kerak. Testlarga berilgan javoblarni ishlab chiqishning ma’nosi shundan iboratki, olingan ma’lumotlar kalit yordamida baholashning ma’lum ko‘rsatkichlari, masalan, shaxsning xususiyatlari bilan solishtiriladi. Aniqlashning so‘nggi natijalari test ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini topadi. Ularning tashhislashdagi ahamiyati, odatda, ko‘p sonli sinaluvchilarda statistik hisoblash yo‘li bilan olingan ko‘rsatkichlar bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. Testlar bir necha mezonlarga ko‘ra tasniflanadi. Maqsadga ko‘ra, tanlash, ajratish, tasniflash teslariga bo‘linadi. Mazmuniga ko‘ra,: a) umumiy qobiliyatlar uchun (intellektual va kreativ); b) maxsus qobiliyatlar: shaxs testlari, yutuqlarga erishish testlari, mezonli-yo‘naltirilgan testlarga ajratiladi. Shakliga ko‘ra testlar individual va guruhli bo‘lib, quyidagi turlarga bo‘linadi:
- verbal va noverbal (taqdim etilgan vazifalarning shakliga ko‘ra);
- blankli testlar («qalam va qog‘ozli») – sinaluvchiga taqdim etilish shakliga ko‘ra;
- asbobli testlar (maxsus asboblar yordamida);
- kompyuter testlari.
Texnika usullari nuqtai nazaridan testlar to‘rt turga bo‘linadi:
1) ob’ektiv, ko‘pchilik hollarda asbobli, psixofiziologik sinovlar, masalan, emosional holatni belgilab beruvchi teri-galvanik refleksini o‘lchash;
2) so‘rov metodikalari yoki sub’ektiv testlar, masalan, G. Ayzenk va R. Kettelning umumshaxsiy testlari;
3) «qalam va qog‘ozli» testlar, masalan, diqqatni tashhislash uchun – matndagi ma’lum harflarni o‘chirish yoki labirintdan eng yaqin chiqish yo‘lini chizish va boshqalar;
4) sinaluvchilar hulq-atvori ifodalanishini baholashga asoslangan testlar, masalan, shaxsning guruh tomonidan baholanishi metodikasi (SHGB).
Psixologiyada testlar bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy soha, shaxsning psixologik xossalari, shaxslararo munosabatlarni tadqiq etish uchun qo‘llaniladi. Masalan, Ayzenkning verbal matni aqliy qobiliyatlarni baholashga, Teylor testi esa xavotirlanish darajasini aniqlashga mo‘ljallangan.
Testlar juda xilma-xil bo‘ladi. Quyida bulardan ba’zilari keltirilgan:
1. Yutuqlarga erishish testlari – sinaluvchining aniq bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish darajasini aniqlash imkonini beradigan psixologik tashhislash metodikalardan biri.
2. Idrok testlari – individning aqliy imkoniyatlarini aniqlovchi psixologik tashhislash metodikasi.
3. Ijodkorlik testlari – insonning ijodkorlik qobiliyatlarini o‘rganish va baholash metodikalarining jamlanmasi.
4. Shaxsni bilish testlari – individ shaxsining turli tomonlariga baho berish imkonini yaratuvchi psixologik tashhislash metodikasi.
5. Loyihalash testlari – psixologik izohlashga, ya’ni, sub’ekt tomonidan xususiy xossalari va holatlarining ustun bo‘lgan ehtiyojlar, mazmunlar va qadriyatlar ta’sirida ongli va ongsiz ravishda tashqi ob’ektlarga ko‘chirilishiga asoslangan shaxsni yaxlit o‘rganish uchun qo‘llaniladigan metodikalar jamlanmasi. Yuqorida keltirilgan testlar turlarining aniq qo‘llanilishi haqidagi ma’lumotlarga A.X. Yugayning «Obщaya psixologiya: laboratorno-prakticheskiye zanyatiya» (Tashkent, 2007) o‘quv qo‘llanmasi yordamida ega bo‘lish mumkin.
6. Suhbat metodi o‘rganilayotgan muammoni qo‘shimcha ravishda yoritib berish uchun yordamchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Suhbat – bu nutq muloqoti orqali psixologik axborotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita yo‘l bilan ega bo‘lishni ko‘zda tutuvchi metod. Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari va motivlari, psixik holatlari va boshqalar haqida ma’lumot olishning asosiy usuli bo‘lib xizmat qiladi.



Download 127,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish