Savol va Topshiriqlar.
1.Tarbiyaning maqsadi va vazifalari?
2.Tarbiyaning umumiy usullari qaysilar?
3.Tarbiyaning metodlari haqida nimalarni bilasiz?
4.Tarbiya metodlarning vazifasi va o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari?
Javoblar.
1-savolga javob.
Tarbiya qoidalari pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanaladigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. Ta’lim qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari sharq va markaziy Osiyo faylasuf donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogikada erishgan yutuqlarga asoslanadi.Tarbiyaning mazmuni, tashkil etishi, usullari va ularga qo‘yiladigan talablar shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi
-tarbiyaning insonparvarligi va demokratligi
-tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi
-tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning usivorligi
-o‘qituvchining yoshini va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish
-izchillik, tizimchilik, uzluksizligi.
Tarbiya usullarini o‘rganish, taxlil qilish , bu usullardan pedagog jarayonda foydalanish, ko‘nikma va malakalarni e’gallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruxga bo‘lib olamiz:
-Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar.
-O‘z o‘zini tarbiyalovchi usullar.
-Rag‘batlantirish usullari.
-Jazolash usullari
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar.
Bu guruhda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni, ma’naviy va siyosiy g‘oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari va irodasiga ta’sir e’tish usullari kiradi: -suhbat va hikoya -hikoya -namuna (qush uyasida ko‘rganini qiladi)
Mashq o‘rgatish usullari. Mashq muayyan xatti harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlanish o‘quvchi uchun ongli, ijodiy jarayondir. Mashq natijasida ko‘nikma odat, yangi bilimlar hosil qiladi. O‘quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi. Axloqiy tajribasi kengayadi. O‘rgatish ijtimoiy xulq atvorni odatiy shaklga aylantirish maqsadida tarbiyalanuvchilarning bajarilishlari uchun rejali va izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir. O‘rganish bir necha izchil harakatlar yig‘indisidir Pedagogik talab tarbiyaning e’ng muhim usullaridan biridir. Talab–bu -o‘quvchining turli vazifalarini bajarishi -ijtimoiy xulq atvor mezonlarini ifodalashi -u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur bo‘lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo‘lishi. -turli ko‘rsatma sifatida namoyon bo‘lishi u yoki bu harakatlar Rag‘batlantiruvchi yoki uni to‘xtatuvchi bo‘lishi. -oqilona harakatlarga undovchi bo‘lishi.
2-savolga javob.
Do'stlaringiz bilan baham: |