1-4-sinf darsliklaridagi orfografiyaga oid mashqlarni tahlil qilish
Reja:
I.
II.
|
Kirish
Asosiy qism
|
1. Boshlang‘ich ta'lim tizimida orfografiya o‘qitishning nazariy
asoslari
2. 1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o'
tkazishning psixologik va metodik asoslari
3. Orfografik bilimni shakllantirishdagi lingvistik vapsixologik
xususiyatlar
III.
IV.
|
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
KIRISH
Yangi mustaqil respublikamizning har tomonlama kamol topishi va jahon
kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga
xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuvi asosidagi yangi alifboga
o‘tish fikri 1921- yilda paydo bo‘lgan. Bunda Mahmud Hodiyev - Botu kabi
ziyolilar tashabbuskor bo‘lganlar, ular lotin va lotin-rus yozuvlari asosidagi
o‘zbek alifbosini tuzganlar va ilmiy jamoatchilik muhokamasiga qo‘yganlar.
Bizning hududimizda arab alifbosi 8- asrning 20- yillarida, 20- asrning 30-
yillarigacha qo‘llangan. Milliy uyg‘onish davrida arab imlosi va alifbosiga ayrim
islohlar kiritish boshlangan. Ammo bu masalani rasmiy ravishda hal qilish 1917-
yilgi to‘ntarilishdan so‘ng bo‘lgan. Arab alifbosini isloh qilish jarayonida bu
alifbodan voz kechib, lotin alifbosiga o‘tish masalasi ham o‘rtaga qo‘yilgan.
1917-yil oktabr to‘ntarilishidan so‘ng mahalliy tillar, ularning alifbosi va
imlosiga rasmiy ravishda e’tibor berila boshlangan. Ayniqsa, 1919-yil 26-
dekabrda Rossiya Respublikasida savodsizlikni tugatish to‘g‘risida dekret
chiqqanidan so‘ng Qo‘shma sho‘rolarining Turkiston Muxtor Jumhuriyatida ham
alifbo va imlo masalalarini tezroq hal qilish o‘rtaga qo‘yilgan, chunki imlo va
harflar shakli masalalarini hal qilmay turib ko‘pchilik xalqni savodxon qilib
bo‘lmas edi.
Turkiston Jumhuriyati Xalq Maorifi Kommissarligi o‘zbek maorifchilarining
1918- yilning avgustida bo‘lib o‘tgan birinchi qurultoyida arabcha harflarni isloh
qilish yuzasidan quyidagi qarorga kelib, harflarning ikki xil shaklda, ya’ni,
alohida yozish shakli hamda so‘z boshida yozish shakligina bo‘lishi lozim.
1921- yilgi til va imlo qurultoyi. Turkiston Xalq Maorifi Kommissarligining
tashabbusi bilan 1921- yilning yanvar oyi boshida Toshkentda o‘zbek tili va
imlosi yuzasidan Turkiston Muxtor Jumxuriyat qurultoyi o‘tkaziladi. Bu
anjumanda harf va imlo masalasi yuzasidan ma’ruza qilingan. Fitrat o‘z so‘zini:
«Maorifimizni eski imlo va yozuv bilan kengaytmak va savodsizlikni isloh etmak
lozimdir», degan chaqiriq bilan yakunlangan Turkiston maorifchilarining
yig‘inida ma’ruza ham qilgan. Ilmiy jamoatchilik bu urinishga o‘z munosabatini
bildirmagan.
Shuni qayd etish kerakki, 1921- yil yanvargacha «Yangi imlochilar» bilan
«Chig‘atoy gurungi» qatnashchilari, «O‘rta imlochilar», «Eski imlochilar»
o‘rtasida ilmiy bahs-kurash bo‘lgan edi. 1921- yilgi qurultoyidan so‘ng
«Lotinchilar» ya’ni lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini yaratuvchilar
(Mahmud Hodiyev - Botu rahbarligida) paydo bo‘ldilar, bular ham kurashga
qo‘shildilar. 1923- yil 3-9- oktabrda O‘rta Osiyo o‘zbeklari yozuvi va imlosini
isloh qilish yuzasidan Buxoro shahrida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
1924- yilning 11- aprelida Turkiston Maorif Kommissarligida bo‘lgan 3
majlisda Moskvadan Kommissarlikka yuborilgan yangi tuzilgan lotin alifbosi
loyihasi mutaxassislar bilan muhokama qilindi. Demak, arab alifbosidan lotin
alifbosiga o‘tishda O‘zbekistonda ham, markazda ham tayyorgarlik ishlari olib
borilgan.
1926- yil 19-20- mayda o‘zbek tiliga birinchi marta moslab tuzilgan lotin
yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosida yo‘g‘onlik va ingichlik hamda uzun va qisqalik
hisobga olinib, unli tovushlarni ifodalash uchun 12 belgi (harf) olinishi tavsiya
qilingan edi. 1926- yili 27-29- avgustda yangi o‘zbek alifbo qo‘mitasi Ilmiy
markaz mutaxassislarining ishtirokida alifbo konferensiyasini chaqiradi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’lim sohasining mazmuni va tarkibiy
qismlari
Ta’lim mazmuni o‘quv rejalari dasturi va darsliklar o‘quv-metodik
qo‘llanmalarda o‘z ifodasini topadi. Ona tili davlat ta’lim standarti, dasturi va
darsliklari o‘quvchilarning o‘rganishlari uchun tanlangan va ularning
o‘zlashtirishlariga muvofiqlashtirilgan til materiallarini o‘z ichiga oladi.
Ona tili ta’limi mazmuni tilshunoslikning uch asosiy qatlami - fonetika,
leksika, grammatikaga (grammatikaning morfologiya va sintaksis qismlari)
ajartilib o‘rgatiladi.
Boshlang‘ich ta’limda ona tili ta’lim mazmunining negizi quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
-nutq tovushlari (unli va undosh, jarangli va jarangsiz);
-bo‘g‘in (urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlar, ochiq va yopiq bo‘g‘inlar, fonetik
tahlil);
-so‘z (so‘z ma’nolari, bir va ko‘p ma’noli so‘zlar, ma’nodosh so‘zlar,
qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, shevaga xos so‘zlar, uyadosh so‘zlar, kasbhunarga xos so‘zlar, lug‘aviy tahlil);
-o‘zak, negiz, qo‘shimcha, old qo‘shimcha, affiks, so‘z tarkibining tahlili,
so‘z yasovchi qo‘shimcha, predmet nomi qo‘shimchasi, predmetning rang-tusini
bildiruvchi so‘zlar, predmetga, uning rang-tusi va miqdoriga ishorani ifodalovchi
so‘zlar, ish-harakatning nomini, tarzini, maqsad va holatini ifodalovchi so‘zlar;
-ko‘makchilar va bog‘lovchilar;
-gap (darak ma’nosini ifodalovchi so‘zlar, sroq ma’nosini ifodalovchi gaplar,
his-hayajonni ifodalovchi gaplar);
-tinish belgilari (nuqta, so‘roq, undov, vergul);
-matn (matnning tuzilishi, mavzu, asosiy fikr, sarlavha, reja, so‘zboshi,
taqqoslash, dialog, monolog, bayon, kichik insho, og‘zaki va yozma ijodiyot);4 -
xat, xabar, tabriknoma, maqola, taklifnoma.
Ona tili o‘qitishning mazmuni va metodlari o‘quvchilarga dastur talab qilgan
hajmda puxta bilim berish, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga ko‘maklashadi.
Ona tili ta’lim mazmuninigg birinchi muhim tarkibiy qismi o‘quvchilar
egallashi zarur bo‘lgan bilimlar tizimidir. Ona tilidan bilimlar tizimi deganda birbiriga uzviy bog‘liq bo‘lgan til faktlari, tushunchalar, qoidalar, ta’riflar tizimi
tushuniladi.
Ma’lumki, asrlar davomida insoniyat tomonidan to‘plangan barcha til ilmini
maktab o‘quvchisiga o‘rgatishni iloji va zaruriyati yo‘q. Demak, ona tilidan eng
zarur bilimlarni tanlash asosiy masalalardan biri sanaladi.
1.1. BOSHLANG‘ICH TA'LIM TIZIMIDA 5
ORFOGRAFIYA O‘QITISHNING NAZARIY
ASOSLARI
Fanda orfografik malakalarni shakllantirish masalalarida psixologiya,
lingvistik va metodik asoslarni keng sharhlash, ta'lim jarayonidagi xilma-xil
uzgarishlarni qiyoslash, sistemali utkazilgan tajribalar davomida
o‘quvchilardagi individual-psixologik farqlar hamda muayyan ko‘rsatkichlarni
o‘rganish, shu soxadagi statistik ma'lumotlarni tizimga solish va, natijada,
muqobil uslubiy xulosalarni chiqarish borasida katta mundarijadagi tadkiqotlar
yaratilgan. Ularning ayrimlarini biz tadqiq ztilayotgan masalalarimizga bog‘liq
xolda sharhlashga harakat qildik. Shuningdek, mazkur bobda uzbek
orfografiyasining boshlang‘ich ta'lim ona tili dasturlari va darsliklarida aks
etish jihatlari ham nazariy tomondan tahlil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |