1-2-ma’ruza


 Oqova suvlarning oqizishni  tizimi



Download 3,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/208
Sana07.01.2022
Hajmi3,84 Mb.
#329432
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   208
Bog'liq
suv taminoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari

2. Oqova suvlarning oqizishni  tizimi 
     
Oqova  suvlarni  oqizish  tizimlari  oqova  suvlarni  qabul  qilish  jihozlari, 
tarmoqlari,  tozalash  inshootlari,  tashlamalar,  dyukerlar,  quduqlar,  nasos 
shahobchalari yig’ilmasidan iborat bo’lib, ichki va tashqi tizimlarga bo’linadi. 
     Aholi yashash joylarining obodonchiligi, relhefi, iqlimi, oqova suvlarning  sarfi, 
ifloslanish  darajasi,    tozalangan  oqova  suvlarni  qo’shish  uchun  mavjud  suv 
havzalari turi va boshqa omillarga bog’liq holda umumoqizuv, bo’lingan (to’la va 
qisman),  yarim  bo’lingan  va  aralash
 
turdagi  oqova  suvlarni  oqizish
 
tizimlari 
ishlatiladi. 
     Umumoqizuv tizimida turli toifadagi oqova suvlar bir tarmoq orqali oqizdiriladi 
va tozalash inshootida tozalanadi. Bu tizimda tarmoqlarning umumiy uzunligi to’la 
bo’lingan  tizimga  nisbatan  30...40  %  qisqa,  ammo  katta  diametrli  quvurlar 
yotqizilish  zarurligi,  yirik  tozalash  inshootlari  va  nasos  shahobchalari  qurilishiga 
ko’proq mablag’ talab qiladi. Sanitar nuqtai nazarda bu tizim  qulay hisoblanadi. 
Ammo  maishiy  va  yomg’ir  oqova  suvlarini  havzalarga  tashlash  qurilmalari 


mahlum  ekologik  xavf  tug’diradi.  Albatta  bu  qurilmalar  kollektorlarning 
diametrlarini, nasoslarning quvvatini kamaytirishga imkon yaratadi. 
     To’la  bo’lingan  tizimlarda  maishiy,  sanoat  va  atmosfera  oqova  suvlari  alohida 
tarmoqlar  orqali  oqizdiriladi.  Ayrim  hollarda  iflos  sanoat  oqova  suvlari,  maishiy 
oqova  suvlar  tarmog’iga,  shartli  toza  sanoat  oqova  suvlari  esa  atmosfera  oqova 
suvlari tarmog’iga qo’shilishi mumkin. Odatda atmosfera oqova suvlari to’g’ridan 
-  to’g’ri  havzalarga  tashlanadi.  Bu  tizimda  ikki  va  undan  ortiq  tarmoq  yotqizish 
zaruriyati kapital xarajatlarni oshiradi, ammo tozalash inshooti, nasos shahobchasi, 
kollektorlar  aynan  maishiy  va  sanoat  oqova  suvlariga  hisoblanishi,  tizimni  bir 
mehyorda ishlashiga  va ulardan foydalanishda qulayliklar yaratadi. Ikki mustaqil 
tarmoq  qurilishi  zaruriyati  bu  tizimning  kamchiligi  hisoblanadi.  Atmosfera  oqova 
suvlarini  havzalarga  qo’shilishi  bu  tizimning  sanitar  nuqtai  nazardan  kamchiligi 
hisoblanadi. 
Qisman  bo’lingan  tizimda  maishiy  va  iflos  sanoat  oqova  suvlari  quvurlar 
yordamida  tozalash  inshootiga,  atmosfera  oqova  suvlari  esa  ochiq  ariq  va  soylar 
orqali havzalarga oqizdiriladi. Nisbatan kam mablag’lar yordamida aholi punktidan 
ifloslangan  maishiy  va  sanoat  oqova  suvlari  yopiq  tarmoqlar  orqali  tozalash 
inshootiga,  yomg’ir  suvlari  va  shartli  toza  sanoat  oqova  suvlari  ochiq  ariqlar 
yordamida    havzalarga  tashlanadi.  Kelajakda  bu  tizimni  to’la  bo’lingan  tizimga 
aylantirish qulay. Sanitar nuqtai nazardan bu tizim eng xafvsiz hisoblanadi, ammo 
atmosfera  oqova  suvlari  to’g’ridan  -  to’g’ri  ochiq  havzalarga  qo’shilishi  qisman 
sanitar xavfini tug’diradi. 
 
9-rasm. Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining shakllari.  
a - perpendikulyar, b-kesishgan, v-parallel, g-zonali, d-radial 
     Yarim  bo’lingan  tizim  to’la  bo’lingan  tizimdan  oqova  suvlarni  ushlab  olish 
kollektori  mavjudligi    bilan  farq  qiladi.  Odatda  bu  kollektor  suv    havzasi  sohili 
bo’ylab yotqiziladi va unda uchala toifadagi oqova suvlar oqizdiriladi. Kollektorlar 
ajratish  kameralari  bilan  jihozlangan  bo’lib  atmosfera  oqovalarini  boshlang’ich 
qismini  tozalash  inshootiga,  qolgan  qismini  esa  to’g’ridan  -  to’g’ri  havzaga 
qo’shish  uchun  mo’ljallangan.  Bu  tizimda  havzaga tushadigan iflosliklar  miqdori 
minimallashtirilgan.  Ammo  yirik  boshlang’ich  kapital  mablag’lar  bu  tizimning 
keng  qullanishini  cheklaydi.  Atrof  muhit  muhofazasi  talablarining  yildan  yilga 


kuchayib borishi ham bu tizimni keng ishlatilishiga tusiq bo’lib kelmoqda. Sanitar 
nuqtai  nazarda  bu  tizim  bo’lingan  va  umumoqizuv  tizimlarga  nisbatan  afzal  
hisoblanadi. 
     Bir  necha  xil  oqizish  tizimidan  iborat  tizimga 
aralash 
tizim  deyiladi.  Oqova 
suvlarni  oqizishning  aralash  tizimi  sanitar  va  texnik  iqtisodiy  ko’rsatkichlar 
bo’yicha  umuoqizuv  va  to’la  bo’lingan  tizimlar  oralig’idagi  o’rinni  egallagan, 
oqova  suvlarni  oqizish  tarmog’i  ko’p  yillik  rivojlanish  tarixiga  ega  yirik 
shaharlarga mansubdir.  
     Oqova  suvlarni  oqizish  tizimlari  shahar  istiqbollarini,  mahalliy  shart 
sharoitlarni,  texnik  -  iqtisodiy  hisoblashlar    asosisida  mavjud  suv  havzalarini 
muhofazasi talablarini inobatga olgan holda qabul qilinadi. 
Ichki  oqova  suvlarni  oqizish  tizimlari  trap,  umivalg’nik,  vanna,  moyka, 
unitaz, va hakozalardan oqova suvlarni olib ketish quvurlari, stoyak, chiqishlardan 
iborat va hovli oqova suv oqizish tarmog’igacha begilanadi. 
     Tashqi  oqova  suvlarni  oqizish  tizimlari  tashqi  oqova  suvlarni  olib  ketuvchi 
tarmoqlari, nasos shahobchalari va tozalash inshootlarigacha bo’lgan inshootlarni 
o’z ichiga oladi. 
     Vazifasiga va joyiga qarab:  
1). Hovli oqova suvlarni oqizish tarmoqlariga, 
2). Ko’cha oqova suvlarni oqizish tarmoqlariga, 
3). Kollektorga bo’lish mumkin. 

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish