13 - AMALIY MASHG’ULOT
Oqova suvlarning tarkibi va xossalari.
Reja:
1. Oqova suvlarni tarkibi
2. Oqova suvlarning iflosligi
1. Oqova suvlarni tarkibi
Oqovalar tarkibidagi iflosliklarning mehyorlari mavjud, yahni bir kishidan
o’rtacha hisobda bir kecha-kunduz(kk) davomida 65 g muallaq modda, 8 g azot
tuzlari, 3,3 g fosfatlar, 9 g xloridlar va 2,5 g sirt faol moddalar hosil bo’ladi.
Oqovalarni sanitar kimyoviy taxlili quyidagi ko’rsatgichlarni anishlashdan
iborat:
1.
oqovalarning harorati, rangi, xidi;
2.
rN muhit ko’rsutgichi;
3.
tiniqligi;
4.
cho’kmaga tushadigan moddalarning xajmi va massasi;
5.
muallaq moddalar ulushi;
6.
iflosliklarning umumiy va kul qismining miqdorlari;
7.
umumiy va ammoniyli azot, nitrit va nitratlar miqdori;
8.
oksidlanish ko’rsatgichlari KKE va KBE;
9.
nisbiy barqarorligi;
10.
erigan kislorod ulushi;
11.
xlorid va erkin xlor ulushi;
12.
fosfatlar ulushi;
13.
xos ingradientlar ulushi(og’ir metallar, sirt faol moddalar,neft
mahsulotlari, efirda eruvchi moddalar);
14.
bakteriologik ko’rsatgichlar;
15.
radiologik ko’rsatgichlar;
16. gelmintologik taxlil.
Oqovalarga
azot moddalari
(ammoniy ioni, nitrit,nitrat ionlari) oqsil moddasini
parchalanishi natijasida, azotli mahsulot ishlab chiqaridagan sanoat korxonalari
chiqindilari bilan tushadi.Suv tarkibidagi ammoniy ionlari Nitrosomonas va
Nitrobacter bakteriyalari yordamida havo kislorodi bilan oksilanib nitrit va nitrat
ionlariga aylanadi.
Muallaq moddalar
Erimagan moddalarni 3 mkm yirik zarrachalarni muallaq
moddalar deb nomlanadi.Bu moddalar qog’oz filg’trlarda tutib qolingan
zarrachalarni 105 ºS haroratda quritib o’lchangan massiga aytiladi
Quriq qoldiq va kuydirishdagi yuqolish
Xlorij va faol xlor
Fosfatlar
Radioaktiv elementlar
Muhit ko’rsatgichi
.Suvdagi muhit kislotali yoki ishqoriyligini rN ko’rsatgichi
orqali ifodalanadi.Oqovalarga qushiladigan kislota va ishqorlar suvning faol
reaktsiyasiga tahsir etadi.Bu ko’rsatgich suvdagi vodorod ionlarining manfiy o’nli
logarifmiga aytiladi.Harorati 25 ºS neytral suvda rN 7 teng bo’lib tarkibidagi
vodorod va giroskil guruhlar soni tengdir.
rN 7 muhit neytral;
rN<7 muhit kislotali;
rN>7 muhit ishqoriy.
Odatda maishiy oqovalarda muhit ko’rsatgichi neytralga yaqin bo’lib
6,5...8,5 ni tashkil qiladi.Sanoat oqovalaridi bu ko’rsatgich keng o’zgarishi
mumkin.Suvda erigan karbonat kislotasi suvga bikarbonatli buferlik xususiyatini,
yahni mahlum chegaralarda qushilgan kislota yoki ishqorlarni neytrallab rN ni
saqlab turishga yordam beradi.
Oqovalarni tarkidagi umumiy organik moddalar va yengil oksidlanuvchi
anorganik moddalar miqdorini baholash
kislorodga kimyoviy ehtiyoj
(KKE) va
kislorodga biologik ehtiyoj
(KBE) kabi ko’rsatgichlar yordamida amalga oshiriladi.
KKE oqovalar tarkibidagi bor organik moddalarni kimyoviy yul bilan oksidlash
uchun sarflangan atomar kislorod miqdoriga, KBE esa suvdagi organik moddalarni
biologik yul bilan mikroorganizmlar tomonidan istemol etilgan molekulyar
kislorod miqdoriga aytiladi. SHartli ravishda KBE KKE ning bir qismi deb
anglash mumkin.
Odatda, to’la KBEto’la 20 kk davomida sarflangan kislorod miqdoriga
aytiladi. Bu ko’rsatgich uzoq muddat aniqlanishi sababli nihoyatda noqulayligi
sababli KBE5 5 kk davomida ham aniqlanadi. Odatda maishiy oqovalarda bir
kishidan hosil bo’ladigan bu ko’rsatgichlarning mehyori tindirilmagan oqovalarda
87 va 75 g/kk, tindirilgan oqovalarda esa 46 va 40 g/kk tashkil qiladi
mumkin.Oqovalarni mexanik tozalash tindirgichlar amalga oshirilsa biologik
inshootlar hisobi tindirilgan KBE asosida bajariladi,aks hollarda tindirilmagan
oqovalar KBE si asosida bajariladi.
Oqovalarni tarkiban baholashda yuqorida keltirilgan ko’rsatgichlardan
tashqari xilma xil moddalar ulushi, temir, og’ir metalllar, xlorid,sulg’fat, nitrit va
nitrat ionlar va boshqa elementlar ulushi aniqlanadi.
Oqovalarni bakteriologik baholashda, odatda, bir ml suvda bakteriyalarning
umumiy va ichak tayoqchalaring soni aniqlanadi.
Koli
indeks
bir l suvda
aniqlangan tayoqchalar soniga,
koli titr
esa bitta tayoqcha millilitr hisobida
egallagan suv xajmiga aytiladi.
Oqovalar tarkibiga ishlab chikarish (sanoat) oqovalari katta tahsir
ko’rsatadi.Sanoat oqovalari tarkiban farq qiladi. Dastlab hisoblar uchun uxshash
korxonalar oqovalari haqidagi mahlumotlardan foydalanish mumkin.Sanoat
oqovalarini bilan oqizilganm iflsliklarni tazalash inshootlarida hisobga olish
keltirilgan aholi soni orqali amalga oshiriladi.
Sanoat oqovalaridagi iflosliklar ulushi ruxsat etilgan ulushlardan oshmagan
paytda Sanoat oqovalarini maishiy oqovalar bilan birga oqizish va tozalash texnik
iqtisodiy taxlil asosida hal etiladi.
7> Do'stlaringiz bilan baham: |