45-46-dars
Fan: Jismoniy tarbiya
Sana:
Mavzu: Gimnastika
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga gimnastika haqida tushuncha berish, jismoniy tarbiyaning ahamiyati, inson salomatligiga zararli bo`lgan odatlar haqida, tanani to`gri parvarish qilish haqida tushuncha berish.
2) O`quvchilarning estetik didlarini , salomatligini oshirishga harakat qilish.
3) O‘quvchilarning qomatlarini tik tutish, sog`lom o`sishlarini shakllantirishga harakat qilish..
Dars turi: aralash
Dars metodlar: Suhbat, amaliy, ko`rsatmali, o`yin.
Dars jihozlari: Koptok, sakrash uchun arqoncha, hushtak
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi.Mavzuni tushuntirishda nazariy bilimlar beriladi. Gimnastika sport turi hisoblanadi. Parallel bruslarda mashq, turnikka tortilish, balandlikka sakrash, arqonga chirmashib chiqish, turli xil gimnastik mashqlar bularning barchasi- gimnastikaga kiradi. Gimnastika kelishgan qomatli, kuchli va ko`rkam bo`lishingizga yordam beradi. Unda qo`l-oyoq va butun tanani to`g`ri harakatlantirishni, safda turishni,akrobatikani o`rganasiz. Turli buyumlar bilan va buyumlarsiz mashqlar bajarasiz. Bugun biz sizlar bilan avvalo badanlarni chiniqtirish uchun URMlar bajaramiz, so`ng saf mashqlari ( o`nga, chapga, orqaga), tennis to`pini turgan joydan va 2-3 qadam tashlab uzoqlikka uloqtirishni mustahkamlaymiz, uzunlikka sakrashni o`rganamiz.
O`qituvchi o`quvchilar bilan URMlar bajaradi .Mashqlarni bajarish so`nggida o`quvchilar yugurishadi va yugurishni yurish bilan almashtirishadi. Yurish va yugurish vaqtida qomatni tik saqlash kuzatib boriladi.Bu 1-1.5 daqiqa bajariladi.
O`quvchilarga qaomatning buzilishida vaznga nisbatan og`ir narsalarni ko`rtarish, qomatni tik holda tutmasdan yurish, yassioyoqlik, partada to`g`ri o`tirmaslik kabi omillar sabab bo`lishi aytib o`tiladi va har doim bunday xatoga yo`l qoy`maslik ta`kidlanadi.
So`ng o`quvchilar hushtak chalib safga turgiziladi.O`quvchilar eng avval safga turish mashqini takrorlashadi. Bo`yma-bo`y safga turishgandan so`ng o`quvchilarga komanda berish va komanda berilgandan so`ng birgalikda , baravar mashqni bajarish o`rgatiladi. O`qituvchi o`quvchilarga “Saflaning”, “Tekislaning”, “Rostlaning” buyruqlarini berilishi va bu buyruqqa bo`ysunishlari haqida tushuncha berilb boriladi. Bunda buyruqni eshitishda o`quvchilarning sezgirligi oshirib boriladi.
So`ng buyumlarsiz mashq bajarish, arqonga erkin usulda tirmashib chiqsihni o`rgatish, gimnastika o`rindig`ida bajariladigan muvozanatni saqlash mashqlari takrorlanadi. Mashq jarayonida qomatni rostlash mashqlari ham uzviy olib boriladi.
(46-dars ham shu tartibda olib boriladi. 45-dars davomida o`rganilgan konikmalar mustahkamlanadi. Faqat o`quvchilar bilan qiya qilib qo`yilgan gimnastika o`rindig`ida cho`qqayib o`tirish tizzada turgan holatda, qorinda yotgan holatda tortilishga o`rgatish mashqlari bajartiriladi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |