1-2 Amaliy mashg`ulot
Mavzu:Massa almashinish jarayonlari. Massa almashinish turlari
Bir yoki bir necha komponentlarni binar yoki murakkab aralashmalarda bir fazadan ikkinchi fazaga o’tishida ro`y bergan jarayonlar massa almashinish jarayoni deb yuritiladi (masalan, gazdan gazga, suyuqlikdan gazga, qattiq jismdan suyuqlik yoki gazga). Odatda, komponentlarning bir fazadan ikkinchisiga o’tishi molekulyar yoki turbulent diffuziya orqali sodir bo’ladi. Shuning uchun, bu jarayonlar diffuzion jarayonlar deb ataladi.
Massa almashinish jarayonlari faol komponent va inert tashuvchi fazalar bilan xarakterlanadi. Faol komponent — bu fazadan fazaga o’tuvchi massa, inert tashuvchilarning miqdori esa, jarayon davomida o`zgarmaydi. Massa almashinish jarayonini xarakatga keltiruvchi kuch — konstentrastiyalar farqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |