Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, ikki bob, to`rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib jami ___ sahifani tashkil etadi.
I bob. CHIZMA GEOMETRIYA FANI HAQIDA TUSHUNCHALAR, RIVOJLANISH BOSQICHLARI.
1.1-§. Chizma geometriya fani haqida umumiy tushunchalar.
Chizma geometriya umumiy geometriyaning bir shoxobchasi bo‘lib, u narsalarni tasvirlash usullari yordamida ularning shakllari, o‘lchamlari va o‘zaro joylashishlariga tegishli pozitsion va metrik masalalarni yechishni o‘rganadi. Chizma geometriya boshqa geometriyalardan o‘zining asosiy usuli tasvirlash usuli bilan farq qiladi va u matematika fanlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, umumtexnika fanlaridan hisoblanadi.
U o‘zining tasvirlash usullari yordamida o‘quvchining fazoviy tasavvurini kengaytiradi. Tasvirlarni yasash va oldindan yasalgan tasvirlarni o‘qiy bilish, hamda amaliyotdagi turli muhandislik masalalarini yechishga yordam beradi. Chizma geometriya qonun va qoidalari bilan nafaqat mavjud narsalarni, balki tasavvur qilinadigan narsalarni ham tasvirlashi mumkin. Fazodagi shakllarning tekislikdagi chizmalari chizma geometriya usullari bilan ma’lum qonun-qoidalar asosida hosil qilinadi. Bu chizmalar orqali buyumning fazoviy shaklini chizish va o‘lchamlarini aniqlash mumkin. Chizmalar yordamida geometrik shakllarga tegishli stereometrik masalalar yechiladi. Chizmalarsiz fan va texnika taraqqiyotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Arxitektorlar va muhandislar o‘z ijodiy fikrlarini faqat chizmalar yordamida to‘liq bayon eta oladilar. Chizmalar bo‘yicha barcha muhandislik inshootlari quriladi, mashinalar, mashina qismlari, medisina asboblari va xokazo buyumlar ishlab chiqariladi. Shakllarning bizga ma’lum bo‘lgan barcha geometrik xossalarini ularning chizmalaridan olingan ma’lumotlardan ham aniqlasa bo‘ladi. Shuning uchun ham buyumlarning chizmalarini ularning geometrik xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi tekis geometrik modellar deb atash mumkin.
Chizma geometriya fanida quyidagilar o‘rganiladi:
1. Fazoviy shakllarning tekislikdagi tasvirlarini, ya’ni tekis modellari (chizmalari)ni yasash usullari;
2. Tekis chizmada geometrik masalalarni grafik yo‘l bilan yechish usullari;
3. Shakllarning berilgan tekis chizmalari bo‘yicha ularning fazoviy ko‘rinishini va vaziyatini tasavvur qilish hamda ularning yaqqol tasvirlarini yasash usullari;
4. Geometrik shakllarning chizmalarini bajarish va o‘qish orqali o‘quvchining fazoviy tasavvurini rivojlantirish usullari. Ma’lumki, geometrik shaklning xossalarini analitik va grafik usullarda tekshirish mumkin.
Figuralarning grafik modeliga asosan ularning analitik usulda berilishini va aksincha, figuralarning analitik ko‘rinishidan ularning chizmalarini yasash usullarini chizma geometriyada ham ko‘rish mumkin. Loyihalanadigan buyumlarni faqatgina grafik usulda tasvirlash hozirgi zamon ishlab chiqarishi talablarini qanoatlantirmaydi. Shuning uchun chizmalarni bajarishda grafik usullar bilan birgalikda analitik usullardan ham foydalaniladi Chizmalar orqali jismlarning fazodagi shaklini tasavvur qilish va o‘lchamlarini aniqlash mumkin. Chizma geometriya fanining yana bir xususiyati shundaki, bo'lajak muhandis, arxitektor, konstruktor va dizaynerlarning fazoviy tasavvurini kengaytiradi, ularni ijodiy fikrlashga, yangiyangi modellarni, loyihalarni, konstruksiyalarni yaratishga undaydi, ular o'zining ijodiy fikrlarini chizmalar yordamida bayon etadilar. Shunday qilib, chizma geometriya qonunlari asosida faqat bor narsalarni emas, balki tasawur qilingan bo‘lajak loyihalarni ham tasvirlash mumkin, bu esa olamshumul yangiliklar yaratish imkonini beradi.
Tarixga nazar tashlansa, narsalarni tasvirlash kishilar hayotida juda qadimdan paydo bo'lgan. Chizmalarning rivojlanishi tasvirlar chizishdan boshlangan bo‘lib, kishilar hali yozishni bilmaganlari holda, o‘zlari ko'rgan narsalarning tasvirini qoyalar, tog‘ devorlarga va boshqa joylarga tirnab, o ‘yib ishlaganlar. Ana shu oddiy rasmlarni tasvirlash asosida birinchi ieroglif yozuvlar kelib chiqqan. Bunday tasvirlar Xitoy, Misr, 0’rta Osiyo va boshqa joylarda ko'p uchraydi. Bu kabi grafik uculda, yani tekislikda shartli belgilarni tasvirlash va undan foydalanish g’oyalari insoniyat rivojlanishida ko’p asrlik tarixga ega.
Fazoviy shakllarni tekislikda tasvirlash, ularni amalda tatbiq qilish nazariyasini rivojlantirishda bir qancha olimlar ish olib bordilar. Ulardan qadimgi grek olimlari Esxil, Anaksagor, Demokrit va boshqalar shular jumlasidandir.
O'rta Osiyo olimlaridan Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniylar o'z ilmiy ishlarida proyeksiyalar usulini tatbiq etib, chizmalar chizganlar. Foydalangan asboblari ham chizmalar asosida yaratilgan. Abu Ali ibn Sino tibbiyot fanidan tashqari, o'z ilmiy-amaliy faoliyatida tasvirlar chizish nazariyasini yaratib, ancha yuqori darajadagi chizmaIarni amalda tatbiq qilgan.
Grafik tasvirlash usullarining yanada rivojlanishi uyg'onish davriga to'g'ri keladi. Italyan olimi va rassomi Leonardo da Vinchi chizma geometriyaga tegishli bo'lgan perspektiva nazariyasiga katta hissa qo'shdi.
XVIII asr oxirlarida fransuz muhandisi va matematigi Gaspar Monj proyeksion tasvirlar tuzish bo'yicha to'plagan tajribalarini umumlashtirdi va ilmiy asosladi. U 1798-yilda Chizma geometriya kitobini yozib, unda birinchi marta o'zaro perpendikular tekisliklarga to'g'ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalash usulini qo'lladi. Bu usul hozirgacha Monj usuli deb yuritilib kelinmoqda. XIX asrda proyeksion tasvirlash usullarini yanada rivojlantirishda rus olimlaridan Y.A.Sevostyanov, N.I. Makarov, V.I. Kurdyumovlar katta hissa qo'shdilar. 1821- yilda Y.A Sevostyanov tomonidan birinchi marta rus tilida chizma geometriya darsligi nashrdan chiqarildi.
Respublikamizda chizmachilik va chizma geometriya fanini rivojlantirishda Y. Qirg'izboyev, R. Xorunov va yana boshqa ko'pgina olimlar katta hissa qo'shdilar. Ular 1959— 1961 -yillarda birinchi marta o'zbek tilida chizma geometriyadan qo'llanma va darsliklar yaratdilar. Hayotdagi barcha narsa (buyum)lar, jismlar chizma geometriya nuqtayi nazaridan geometrik jismlardan tashkil topgan, geometrik jismlar esa, geometrik. element (nuqta, to'g'ri chiziq va tekislik) lardan iborat deb qaraladi. Haqiqatdan ham piramidaning uchlari nuqtalardan, qirralari To’gri chiziq kesmalaridan, tomonlari esa tekisliklardan iborat, shu jumladan barcha buyumlar geometrik jismlarning O’zaro kompleks kesishuvidan hosil bo'lgan. Demak, buyumlarning tasvirini chizishda oddiydan murakkabga tomon nuqtalaming chizmasini chizishdan boshlab o'rganiladi. Chizma geometriya fanida quyidagilar o'rganiladi:
1) fazoviy jismlarni tekislikda tasvirlash usullari;
2) chizmada geometrik masalalarni grafik usulda yechish;
3 ) jismlarning chizmasi bo'yicha ularning fazoviy ko'rinishini tasawur qilish va yaqqol tasvirini hamda maket va modellarini yasash;
4) jismlarning grafik va analitik modellari hamda ularning biridan ikkinchisiga o'tish usullari. Chizma geometriyada geometrik masalalarni asosiy uchta guruhga bo'lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |