3- topshiriq Etnologiya fani bilan bog’liq atamalarga izoh bering.
-Xo‘jalik madaniy tiplar
Xo‘jalik-madaniy tiplar - jahon xalqlarining ibtidoiy jamiyat davri (qadimgi tosh, bronza va temir asrlari)dagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, turlicha tabiiy sharoitda joylashishi va moslashishi ularning hayotida turli tipdagi xo'jalik-madaniyatlarni vujudga keltirgan edi. Xo'jalik-madaniy tiplar dastavval muayyan jamiyatda ustuvor ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo'lib, har bir tarixiy davrda kishilarning tevarak-atrofdagi muhit bilan aloqa xarakterini belgilaydi.Mazkur tiplar kishilarning mashg‘uloti va ishlab chiqarish qurollari, turarjoylari va uy-ro‘zg‘or jihozlari, taomlari va kiyim-kechaklari, transport vositalari va boshqa tiplarga qarab, muayyan jamiyatning ijtimoiy tuzumini ham aniqlash mumkin. Ma’naviy madaniyat xususiyatlari, asosan, urf-odatlarda, tasviriy san’atda, e’tiqodi va folklorida yorqin namoyon bo‘ladi. Xo'jalik-madaniy tiplarning birligi va o'zaro bog'liqligi muayyan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va bir-biriga yaqin geografik muhit bilan bog'liq bo'lib, o'zgaruvchan xarakterga ega.Eng qadimgi davrlarda paydo bo'lgan etnoslarning xo'jalik-madaniy tipi issiq tropik va subtropik iqlimli o'lkalardagi ovchilik, terib-termachilik va sohillardagi baliqchilikdir. Namli tropik va subtropik joylarda ikkinchi xo'jalik-madaniy tipi ichki issiq iqlimdagi qo'l mehnatli dehqonchiligi tarqalgan bo'lib, bun- ga qisman ovchilik-terimchilik va baliqchilik xo'ja- liklari ham yordamchi hisoblangan. Iqtisodiyot va texnika taraqqiyotida yangi sifat yaratgan uchinchi xo'jalik-madaniy tipi motiga dehqonchilik bilan chor- vachilik qo'shilishi natijasida paydo bo'lgan edi.Keyingi davrdagi fan-texnika taraqqiyoti butun jahondagi an’anaviy xo'jalik-madaniy tiplarga jiddiy o‘zgartirishlar kiritdi. Yevropa va Amerikadagi eng rivojlangan mamlakatlarda aholining ko‘pchiligi industrial sohaga jalb etildi, an’anaga aylanib qolgan qishloq xo‘jaligi o‘rniga yuksak taraqqiy etgan tovar dehqonchiligi va intensiv chorvachilik, plantatsiyali qishloq xo‘jaligi paydo bo‘lgan edi. XX - XXI asr bosh- larida an’anaviy xo‘jalik-madaniy tiplar barham topa boshladi va saqlanib qolgan belgilari yangi mazmun bilan boyidi.
-Tillar klassifikatsiyasi
Tillar klassifikatsiyasi - jahon tillarini turli belgilariga kо‘ra о‘rganib, guruhlarga ajratish. Tillarning genetik (genealogik) klassifikatsiya ularning qarindoshchilik belgilariga asoslanadigan, ya’ni umumiy о‘zak tildan kelib chiqqan tillarni о‘z ichiga oladi: hind-yevropa tillari, oltoy tillari, ural tillari oilasi va boshqalar. Tipologik klassifikatsiya, genetik yoki hududiy yaqinlikdan qat’iy nazar, til tuzilishi (morfologik fonologik, sintaktik, semantik) belgilarning о‘xshashligiga asoslanadi. Shunga kо‘ra tillar izolyusiyalovchi (amorf, tip) qadimgi xitoy, vetnam, yoruba (aglyutinatsiyalovchi) (aglyutinativ tip) turkiy tillar, kо‘pgina fin-ugor tillari (fleksiyalovchi) flektiv tip (rus tili)ga bо‘linadi. Ayrim olimlar inkorporatsiyalovchi (polisintetik) tillari (ayri paleosiyo tillari, kavkaz tillar)ni ham ajratadilar.
-Marosim
diniy yoki anʼanaviy urf-odatlar munosabati bilan oʻtkaziladigan maʼraka, yigʻin: diniy marosimlar, toʻy marosimlari, dafn marosimi va tantanalar bilan oʻtkaziladigan rasmiy yigʻin: yubileylar, mukofot berish marosimi, haykalning ochilish marosimlari va boshqalar.
-Konsolidatsiya-Mustahkamlash, birlashtirish, jipslashtirish; birlashish, jipslashish, mustahkamlashish.yanada mustahkamlash
-Antropologik tip
Antropologik tip – muayyan hududga mansub odamzodning tana tuzi-lishidagi irqiy turgʻun belgilarning tarixan shakllangan majmui. "Antropologik tip " termini bilan katta irklar ham, ularning boʻlimlari ham ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |