VII. Ishni bajarish uchun kerakli jihozlar
1. Qarshiliklari 150 va 300 Om bo‘lgan potensiometr;
2. Qutblantirilgan rele;
3. 2 ta RS tipidagi rele;
4. RD - tipidagi reversiv dvigatel;
5. Kondensator (1 mkf; 400 v);
6. Ulash simlari;
7. O‘zgarmas tok manbasi.
V. Ishning bajarish tartibi
1. Rostlagichni 9.2-rasmda ko‘rsatilgan tartibda panelga yig‘iladi. Panelda qutblantirilgan rele RZ, ikkita ikkilamchi elektromagnit relelar R1 va R2 joylashtirilgan. Rostlovchi organning yuritmasi uchun panelga reversiv dvigatel o‘rnatiladi. Dvigatel teskari bog‘lanish reostati Kt.b bilan mexanik bog‘langan bo‘lmog‘i darkor. Dvigatel zanjiriga sig‘imi 2 mkf bo‘lgan kondensator va teskari bog‘lanish harakatlanganligini chegaralash uchun KV1 va KV2 o‘chirgichlari ulanadi.
9.2-rasm.
Muvozanatning buzilishini ko‘rsatuvchi indikator sifatida uch holatli rele RZ dan foydalaniladi. U ko‘prikka dioganali bo‘yicha ulangan bo‘lib, datchik va teskari bog‘lanish reostatlari bilan ketma-ketdir. RZ rele kam quvvatli kontaklarga ega bo‘lganligi tufayli, unga bevosita bajarish mexanizmining dvigatelini ulab bo‘lmaydi. SHuning uchun bu rele ikkinchi, anchagina quvvati katta bo‘lgan elektromagnit relelar R1 va R2 orqali boshqariladi.
Proporsional rostlagich quyidagicha ishlaydi:
Rostlanayotgan tizim muvozanat holatida bo‘lganida bajarish mexanizmi bilan bog‘liq holda bo‘lgan, datchik va teskari bog‘lanish reostatlaridan tashkil toptan ko‘prik ham muvozanat holatida bo‘ladi. Ko‘prikning dioganali bo‘ylab ulangan RZ rele, bu holatda, xech qanday elektr tokiga ega bo‘lmaydi. Rostlanayotgan parametr belgilangan qiymatdan og‘ganida datchik reoxordi siljigichi u yoki bu tomonga siljiydi, ko‘prikdagi muvozanat buziladi va RZ rele cho‘lg‘amidan ma’lum bir yunalishda tok oqadi, tokning yo‘nalishiga bog‘liq holda birlamchi rele RZ ning 1RZ yoki 2RZ kontaktlari ulanadi va shunday qilib, ikkilamchi relega taalluqli R1 va R2 kontaklar ham ulanadi. Buning natijasida bajaruvchi mexanizmning dvigateli harakatga keladi. Bajarish mexanizmining harakat toki teskari bog‘lanish reoxordi Rt.b ning siljigichi harakatlanib, ko‘prik muvozanat holatiga kelguncha davom etadi, birlamchi va ikkilamchi rele kontaklari uziladi va bajarish mexanizmining dvigateli to‘xtaydi. Rostlagichning tavsifini olish uchun datchik va teskari bog‘lanish reostatlarida, nisbiy birliklarda, shkalalarga bo‘lib qo‘yish kerak bo‘ladi.
Rostlagichning statik tavsifini qarshilik datchigi sifatida R=150 Om ga teng bo‘lgan qarshilikdan foydalanib olinadi. Olingan natijalar asosida datchikning holatini (abssissa o‘qiga), bajarish mexanizmi (ordinata o‘qiga) ga bog‘liqligining grafigi quriladi (5 ta nuqta).
Datchik sifatida qarshilik R=300 Om olinib, tajriba takrorlanadi. Olingan natijalar yana o‘sha grafikka tushiriladi. Tajriba natijalariga ko‘ra rostlagichning nosezgirligini va proporsionallik oraliqlari kattaliklari aniqlanadi. Dvigatelni bajarish mexanizmining bir chetki holatdan ikkinchi chetki holatga etib borish vaqti aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |