1- tajriba ishi Mavzu: Lokal kompyuter tarmog’ini tashkil etish va unda ishlash Ishning maqsadi



Download 36,5 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi36,5 Kb.
#281820
Bog'liq
1-Tajriba mashguloti


1- Tajriba ishi

Mavzu: Lokal kompyuter tarmog’ini tashkil etish va unda ishlash

Ishning maqsadi: Talabalarga lokal tarmoq tizimini tashkil etish, ularning ishlash prinsiplari haqidagi tushuncha hosil qilishdan iborat.

Masalaning qo’yilishi: Lokal tarmoq tizimi uning ishlashi uchun kerak bo’ladigan jihozlar, tarmoqning dasturiy vositalarini o’rganish masalaning dolzarbligi hisoblanadi.

    LXT larida foydalanuvchilar uchun ikkita struktur-funksional bo’g’in: ishchi stansiyalari va serverlar juda muhim hisoblanadi.

Xamma LXT lar ham punktlari tarkibida ajratilgan serverlarga еga еmas, ba’zi hollarda server vazifasi tarmoqning ishchi stansiyalari o’rtasida taqsimlangan kabi bo’ladi.

    Shu nuqtai nazardan ikki tipdagi LXT to’g’risida so’z yuritish mumkin:

• markazlashmagan boshqariladigan tarmoqlar;

• markaziy boshqariladigan tarmoqlar.

    Markazlashmagan boshqariladigan tarmoqlarda (ularni ko’pincha bitta darajali tarmoqlar — peer-to-peer deb atashadi) ishchi stansiyalarining o’zaro harakatini umumiy boshqarish markazi va qiymatlarni saqlash uchun umumiy qurilma yo’q. Tarmoqni boshqarish vazifasi bir tarmoqdan ikkinchisiga uzatiladi. Tarmoqli operasion tizim ishchi stansiyalari bo’yicha taqsimlangan. Tarmoqning har bir stansiyasi ham mijozning, ham serverning vazifasini bajarishi mumkin. U boshqa ishchi stansiyalarini so’rovlariga xizmat ko’rsatishi va punktlari so’rovlarini tarmoq xizmatiga yuborishi mumkin. Tarmoqning foydalanuvchisiga boshqa stansiyalarga ulangan barcha periferiya qurilmalari (magnit va optik disklar, printerlar, skanerlar, plotterlar va b.) taaluqli bo’ladi.

    Bitta darajali tarmoqlarning afzalliklari:

• past narxi;

• yuqori ishonchliligi.

Bitta darajali tarmoqlarning kamchiliklari:

• unchalik ko’p bo’lmagan ishchi stansiyalarini (10 tadan ko’p еmas) ulash imkoniyati;

• tarmoqni boshqarishning murakkabligi;

• stansiyalarni dastur ta’minotini yangilash va o’zgartirishning qiyinligi;

• ma’lumotni himoya qilishni ta’minlashning murakkabligi.

    Bitta darajali tarmoqlar Arti-Soft Lantastic, Novell NetWare Lite tarmoqli operasion tizimlar MS Windows for Workgruops qobig’i asosida yaratiladi.

    Markaziy boshqariladigan tarmoqlarda (ularni ko’pincha ajratilgan serverli tarmoq, deb atashadi) kompyuterlardan (serverlardan) bittasi barcha ishchi stansiyalari ishlatishi uchun mo’ljallangan jarayonlarni amalga oshiradi, ishchi stansiyalarning o’zaro harakatini va boshqa bir qator servis vazifalarini bajaradi.

    Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida mijoz u yoki bu jarayonlarni: faylni o’qish, qiymatlar bazasidan ma’lumotlarni qidirish, faylni bosish va x.k. bajarish uchun serverga so’rovni shakllantirishi mumkin.

    Server mijozdan kelgan so’rovni bajaradi. So’rovni bajarish natijalari mijozga uzatiladi. Server umumiy foydalaniladigan ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlaydi, bu ma’lumotlarga murojaat qilishni tashkil еtadi va ma’lumotlarni mijozga uzatadi.

Mijoz olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijalarini foydalanuvchi uchun qulay ko’rinishda tasvirlaydi, ma’lumotlarni qayta ishlash serverda ham bajarilishi mumkin.

    Serveri faqat ma’lumotlarni tashqil еtish, saqlash va mijozlarga kerakli ma’lumotlarni berish jarayonlarini bajaradigan tizimlar «fayl-server» tizimi nomiga еga: serverda saqlash bilan bir qatorda ma’lumotlarni mazmunli qayta ishlash ham bajariladigan tizimlarni еsa «mijoz-server» tizimlari deb atash qabo’l qilingan.

    Ya’ni «mijoz-server» tizimida server aktiv ro’l o’ynaydi: u so’rovga butun faylni oddiygina berib qolmasdan, balki ma’lumotlarni oldindan qayta ishlashi va mijozga, yoki masalani echilgan natijalarini, yoki faylning, aynan mijozni qiziqtirgan va mijoz uchun tasvirlash qulay bo’lgan tanlab olingan yozuvlarni berishi mumkin. Bunday texnologiya, boshqa hamma narsalardan tashqari, tarmoq aloqa kanallarining kam yuklanishiga imkon beradi.

    «Fayl-server» texnologiyasi bo’yicha ishlaydigan serverning o’zini fayl-server, «mijoz-server» texnologiyasi bo’yicha ishlaydigan serverning o’zini еsa ilova-server deb ataladi.

    Ajratilgan serverli lokal hisoblash tarmoqlarining afzalliklari:

• ishchi stansiyalarning sonini cheklashning yo’qligi;

• bitta darajali tarmoqdarga nisbatan boshqarishni oddiyligi;

• yuqori tezkorlik;

•ma’lumotlarni himoya qilishning ishonchli tizimi.


    Ajratilgan serverli lokal hisoblash tarmoqlarining kamchiliklari:

• bitta yoki bir nechta kompyuterlarni server uchun ajratilganligi sababli yuqori narxdaligi;

• tarmoqning tezkorligi va ishonchliligining serverga bog’’liqligi;

• bitta darajali tarmoqqa nisbatan kam moslashuvchanligi.



    Ajratilgan serverli tarmoqlar juda keng tarqalgan hisoblanadi; bunday tarmoqdar uchun tarmoqli operasion tizimlarga misollar: MS LAN Manager, IBM va Novell Net Ware.

Nazorat savollari

  1. Kompyuter tarmoqlari va ularning ishlash prinsiplari nimalardan iborat?

  2. Lokal kompyuter tarmoqlarining ishlash prinsipini tushuntirib bering?

  3. Lokal kompyuter tarmoqlarida ishlatiladigan dasturiy vositalarning ishlash mehanizmini tushuntirib bering?

  4. Savollarga javob bering, hisobot tayyorlang va uni himoya qiling?

Download 36,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish