Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
qog`ozni buklash usulidan foydalanib, quticha; chiqindi materiallar uchun quti, xo`tikcha, soyabonli shapka, stakan, buzoqcha, kitob uchun xat cho`p, archaga osiladigan turli o`yinchoqlar, maydalangan rangli qog`ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini, turli bayramlar uchun niqoblar, plastilindan mevalar, tort maketini, chiqindi va tabiiy materiallardan turli o`yinchoqlar yasay olish. Sabzavot va mevalarning urug`idan applikasiya usulida yo`lsimon naqsh tuza olish. Tikuvchilikda ishlatiladigan asboblardan foydalanib, to`g`ri chok tika olish. Maktab er uchastkasidagi gullarni parvarishlay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |