1- seminar: kirish. Havo, suv, tuproq gigiyenasi



Download 46,5 Kb.
bet2/2
Sana30.12.2021
Hajmi46,5 Kb.
#88105
1   2
Bog'liq
1- SEMINAR JTG

MAVZU BO`YICHA SAVOLLAR:

1. Gigiyena haqida tushuncha, uning asosiy vazifalari.

2. Gigiyena fani necha bo`limdan iborat va ularning nomlanishi?

3. Jismoniy tarbiya gigiyenasi nima?

4. Sport gigiyenasi haqida tushuncha.

5. Sanitariya nazorati haqida tushuncha bering.

6. Sog`liq haqida tushuncha bering.

7. Sog`lom turmush tarzi tushunchasi nimadan iborat?

8. Salomatlik darajasi qanday belgilanadi?

9. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholi sihat - salomatligini muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga yo`naltirilgan qarorlari haqida tushuncha bering.

10. Havoning gigiyenik ahamiyati nimadan iborat?

11. Havoning qatlamlari haqida tushuncha bering.

12. Havoning qanday fizikaviy xususiyatlari mavjud?

13. Havo harorati qanday aniqlanadi?

14. Havo namligi qanday asbob bilan o`lchanadi?

15. Havo harakatini aniqlash bo`yicha tushuncha bering.

16. Atmosfera bosimi nima. Atmosfera bosimi balandlikda va chuqurlikda qanday o`zgaradi?

17. Quyosh radiatsiyasi nima?

18. Iqlim va ob-havo haqida tushunchangiz.

19. Akklimatizatsiya va uning sportchilar uchun ahamiyati nimada?

20. Mikroiqlim deb nimaga aytiladi?

21. Havoning kimyoviy tarkibi nimalardan iborat?

22. Havoning mexanik aralashmalarini ayting.

23. Havoning mikroflorasi deganda nimani tushunasiz?

Gigiyena (yun. hygieinos — sogʻlom) — tibbiyotning bir sohasi; kishilar sogʻligʻiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʻrganadi hamda kasalliklarning oddini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʻliqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. G.ning bir necha sohalari bor. Aviatsion G., harbiy G., mehnat G. si, bolalar va oʻsmirlar G.si (maktab G.si), shaxsiy G., ijtimoiy G., ovqatlanish G.si, radiatsion G. va h.k. G. fiziologiya, patofiziologiya, epidemiologiya, toksikologiya, fizika, kimyo, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bogʻlangan, chun-ki tabiiy omillar bilan birga jamiyatning iktisodiy ahvoli ham kishi sogʻligʻiga taʼsir etadi. Ehtiyot va kundalik sanitariya nazorati asoslarini ilmiy asosda ishlab chiqish, kishilarning yashash va ishlash sharoiti hamda dam olishini sogʻlomlashtirish boʻyicha sanitariya tadbirlarini asoslab berish, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini saqpash, sanitariya qonun-qoidalarini ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlari va uy-roʻzgʻor buyumlari sifatini sanitariya ekspertizasidan oʻtkazishda qatnashish G.ning vazifasidir. Sogʻliqni saqlash va kasalliklarning oldini olish, unumli ish qobiliyatini taʼminlash va umrni uzaytirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida turar joylar va i. ch. korxonalari havosi, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzallarning gigiyenik normativlarini ishlab chiqish zamonaviy G.ning eng muhim vazifalaridan biridir. G.ning amaliy tomonini maxsus boʻlim — sanitariya tashkil etadi. Gigiyenik tadqiqrtlarda tashqi muhit (havo, suv, tuproq), oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, kiyim-kechak va poyabzallarni fizik-kimyoviy jihatdan oʻrganish usullari, sanitariya statistikasidan foydalangan holda bakteriologik, biokimyoviy, klinik va demografik tekshirish usullari qoʻllaniladi.
G. eng qad. fanlardan. Kdd. Hindiston qonunlari majmuasida kiyim-kechakni almashtirish, teri va tishni parvarish qilish, oʻsimliklardan tayyorlangan ovqatlar yeyish zarur deb koʻrsatilar, ovqatga ruju qilish taqiqlanar edi. Misrda aholi yashaydigan joylarni sogʻlomlashtirish uchun sanitariya tadbirlari amalga oshirilgan.

Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri. J. t.ning asosiy vositalari: jismoniy mashgʻulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush gigiyenasi. J. t. aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya b-n qoʻshib olib boriladi.


Ibtidoiy davrdan boshlab J. t.ga alohida eʼtibor qaratilgan. Dastlab u jismoniy mashqlar, turli oʻyinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga oʻxshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud boʻlgan, turli marosimlarni aks ettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish, yakkama-yakka kurash mahoratiga oʻrgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan. Uygʻonish davrida J. t.ga eʼtibor yanada kuchaydi. Gumanistlar J. t.ni oʻquv dasturiga kiritishga uringanlar. J. t.ga oʻrta asrlarda Yevropada oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida karala boshlandi. J. J. Russo "Emil, yoki Tarbiya toʻgʻrisida" deb atalgan pedagogik risolasida J. t.ning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi ahamiyatini taʼkidlagan. 18-asrda asosan Russo gʻoyalari taʼsirida Germaniyada paydo boʻlgan "insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari" — filantropinlar J. t.ning shakl va uslublarining takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari maktab dasturlaridan mustahkam oʻrin oladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Fransiya, Buyuk Britaniya va b. mamlakatlarda J. t.ning milliy tizimlari tarkib topdi.
Oʻzbekistonda J. t.ga juda qadimdan salomatlikni mustahkamlashning asosiy vositasi deb qaralgan. Mahmud Koshgariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida 100 dan ziyod xalq oʻyinlari toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. "Alpomish" oʻzbek xalq qahramonlik dostoni, Alisher Navoiyning "Farxod va Shirin", Zayniddin Vosifiyning "Badoye ul-vaqoye" ("Nodir voqealar"), Boburning "Boburnoma" asari va b.da jismoniy, jangovar mashqlar, kuchlilik bahsmunozaralarining xilma-xil namunalaridan xikoya qilinadi.
Oʻzbekistonda mustaqillik yillariga kelib J. t. va sport davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. 1992 y.da (2000 y.da esa yangi tahrirda) "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida"gi qonunning qabul qilinishi, 1993 y.da Sogʻlom avlod davlat dasturining ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasining sportning alohida turlarini rivojlantirishga oid va nihoyat 1999 y.da "Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori J. t.ning huquqiy asoslarini yaratdi.

Havo — gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodningtabiiy aralashmasi. H. va suv taʼsirida Yer sirtida muhim geologik jarayonlar sodir boʻladi, ob-havo va iqlim shakllanadi. H. deyarli barcha tirik organizmlarning yashashi uchun zarur kislorod manbaidir (qarang Aeroblar, Nafas). Yoqilgʻining H.da yonishidan odamlar oʻz turmush va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur issiqlik olishda qadimdan foydalanib kelishadi. Utmishda olimlar H.ni mavjudlikning asosini tashkil etuvchi elementlardan biri deb hisoblashgan. H.ni mustaqil modda degan tushuncha 18-asr oxirigacha davom etib keldi. 1775—77 yil fransuz kimyogari A.La-vuazye H. tarkibida azot va kislo-rod, 1894 yil ingliz olimi U.Ramzay va J.Reley argon borligini isbotladi. Shundan keyin H. tarkibida boshqa inert gazlar ham mavjudligi aniqdandi.


H. — muhim kimyoviy xom ashyo manbalaridan biridir. Sof quruq H.ning mol. m. 28.966, 0° da dengiz sathidagi bosimi 1013,25 GPa; kritik temperaturasi — 140,7°, kritik bosimi 3,7 Mpa, oʻzgarmas bosimdagi solishtirma issiqlik sigʻimi Sr 10,045-YU3j/(kg-K) (0-100° oralikda), oʻzgarmas hajmda esaS-8,3710-103j/ (kgK) (0-1500° oraliqsa); yoruqchik nurini sindirish koʻrsatkichi 1,00029, dielektrik singdiruvchanligi 1,000059 (0°da). Suvda eruvchanligi 0°da 0,036%, 25° da 0,22%. Atmosferaning Yerga yaqin qismi — troposferada massa jihatdan 80% ga yaqin H. toʻplangan. Yer yuzidagi sof quruq havoning asosiy komponentlari jadvalda koʻrsatilgan.
H.da juda oz miqdorda suv N20 (massa jihatdan 0,02—4%), sulfid angidrid §02, metan SN4, ammiak MN,, uglerod (P)-oksid SO, uglevodorodlar, xlorid kislota NS1. ftorid kislota NGʻ, simob bugʻlari, N§, yod I, radon Yap, ksenon Xe, shuningdek, azot (P)-oksid va koʻpgina boshqa gazlar boʻladi. Tro-posferada doimo maʼlum miqdorda toʻzon va baʼzi tasodifiy qoʻshimchalar uchraydi. H.dagi azot, kislorod va inert gazlar miqdori amalda oʻzgarmasdir. Tirik organizmlar nafas olganda, yoqilgʻi yonganda, metallar eritilganda va boshqalarda sarflanadigan kislorod miqdori yashil oʻsimliklar fotosintezi tufayli tiklanib turadi.
Vulkanlarning otilishi va radioaktiv elementlarning parchalanishi — inert gazlar (argon, geliy va radon) manbaidir. Gazlarning eng yengili — geliy Ne koinotga uzluksiz ravishda tarqalib turadi. Vodorod ham geliy kabi fazoga tarqaladi. Turli jarayonlar natijasida uning H.dagi miqdori saqlanib turadi. H.dagi karbonat angidrid, suv bugʻi va toʻzon miqdori turli sharoitga qarab oʻzgarishi mumkin. Katta miqdordagi SO, fotosin-tez jarayonlariga sarf boʻladi va oke-an suvlariga yutiladi. Tabiatda kar-bonat angidrid yogʻoch va koʻmirning yonishi, tirik organizmlarning nafas chiqarishi, chirish va h.k. natijasida hosil boʻladi. U karbonatli togʻ jinslarining parchalanishi, vul-kan otilishidan ham yuzaga keladi.
Download 46,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish