1- SEMINAR:
KIRISH. Havo, SUV, TUPROQ gigiyenasi.
Reja:
1. Ozbekiston Respublikasi Hukumatining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan qonun va qarorlari.
2. Gigiyena-sogliq haqidagi fan ekanligi, uning asosiy vazifasi, bolimlari.
3. Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi.
4. Sanitariya nazorati. Sogliq va soglom turmush tarzi tushunchasi Salomatlik darajasi.
5. Havoning gigiyenik ahamiyati, uning qatlamlari.
6. Havoning fizikaviy xususiyatlari.
7. Havo harorati, namligi, harakati. Atmosfera bosimi.
8. Quyosh radiatsiyasi va uning biologik tasiri.
9. Iqlim va ob-havo. Akklimatizatsiya.
10. Havoning kimyoviy tarkibi. Ozon qatlami. Magnit boroni.
11. Havoning mexanik aralashmalari, mikroorganizmlari.
12. Havoning ozon qatlami.
13. Suvning odam organizmiga ahamiyati.
14. Suvning fizikaviy xususiyatlari.
15. Suvning kimyoviy tarkibi.
16. Tuproqning kimyoviy tarkibi.
17. Tuproqning fizikaviy xususiyatlari.
18. Tuproqning o`zini-o`zi tozalash xususiyati.
19. Tuproqning epidemiologik xususiyati.
Javob:Mamlakatda 50 dan ziyod S. turi ommalashgan, ulardan 30 turi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida" (2002 y. 31 okt.), "Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish toʻgʻrisida" (2003 y. 3 iyun), "Ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish choratadbirlari toʻgʻrisida" (2003 y. 4 noyab.) qarorlari OʻzR da S.ni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Bu qarorlar asosida yangi bolalar S. inshootlarini barpo etish dasturi, sport anjomlari va jihozlari, kiyimkechaklar va charm poyabzal mahsulotlarini respublikada ishlab chiqarish., maktablarda, ayniqsa, qishloq maktablarida jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirish, aholi oʻrtasida S. madaniyatini yuksaltirish, ommaviy S. targʻibotini rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqilib, ularni hayotga tatbiq etishga kirishildi. Jumladan, Oʻzbekiston televideniyesining 4kanali S. kanaliga aylantirildi. Jismoniy tarbiya va S. sohasini kadrlar bilan taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalarida bolalar S. i uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, S. jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim tizimini takomillashtirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Sportchilarni ijtimoiy qimoyalash masalalari qonun bilan mustahkamlanadi. Chunonchi, "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (2000 y. 26 may)da davlat boshkaruv organlari, jismoniy tarbiya va S. jamoat birlashmalari, sport klublari va markazlari, boshqa ixtisoslashtirilgan sport tashkilotlari va muassasalari sportchilarga zarur ijtimoiymaishiy sharoitlarni yaratishlari hamda ularning sihatsalomatligi muxrfaza qilinishini taʼminlashlari shart qilib qoʻyildi. Sportchilarning ayrim toifalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozli pensiya olish huquqidan foydalanadilar. S. musobaqalarida qatnashuvchi shaxslar sugʻurta polislariga ega boʻlishlari shart. S. sohasida juda katta yutukdarga erishgan fukarolar, jismoniy tarbiya va S.ni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan S. ustozlari, sportchilarni taqdirlash maqsadida "Oʻzbekiston iftixori", "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi", "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi" faxriy unvonlari taʼsis etiddi. Mamlakatda S. matbuoti shakllandi: "Sport" gaz., "Oʻzbekiston futboli", "Tennis +", "Books plus futbol" (Toshkent), "Futbol ekspress" (Andijon), "Asr futboli" (Namangan), "Inter futbol" (Kosonsoy) kabi gaz.lar nashr etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |