Mana shu sharoitga, sabablarga asoslanib, xalqimiz hoxish-irodasini bajo keltirib, Oliy Kengash diqqatiga faqat bir masalani qo‘ymoqchiman: O‘zbekistonning mustaqilligi haqidagi Qonunni muhokama etish va uni qabul qilishni taklif etaman. Bu qonunda qadimiy va yangilanayotgan diyorimizda istiqomat qilayotgan barcha kishilarning hoxish-irodasi o‘z ifodasini topgan. Xalqimizning bu ezgu hoxish-irodasi biz uchun muqaddasdir». Sessiyada O‘zbekiston SSRning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi, shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda xalqaro hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib, Respublika xalqlarining taqdiri uchun butun mas'uliyatni anglab O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi tantanali ravishda e'lon qilindi. Mazkur sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» Qonun qabul qildi. Bu qonun O‘zbekistonning huquqiy xolatini tubdan o‘zgartirdi va uning moddalarida suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilari ifodalagandir.
Shunday qilib 1991 yil 31 avgustiga kelib jafokash o‘zbek xalqining milliy mustaqillik xususidagi azaliy orzusi amalga oshdi. O‘zbek xalqi «buyuk og‘alar»ning iqtisodiy va siyosiy muteligidan qutilib, mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizish, o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Mustaqillik davlat ramzlariga ega bo‘ldi. Qator xorij davlatlar mustaqil O‘zbekiston Respublikasini davlat sifatida tan oldilar. Endi yangi, suveren davlatni kompleks rivojlantirishning «O‘zbek modeli» bunyod etildi. Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asari ana shunday modelini o‘zida atroflicha mujassamlashtirdi. Milliy mustaqillikni qo‘lga kiritishimiz munosabati bilan mamlakatimizda siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarini vujudga kelishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, 1)1991 yil 15 fevralida «Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida», 2)1996 yil dekabrida «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»,3) 1998 yil 28 aprelida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida», yangi taxrirda Qonunlar qabul qilindi. Ushbu o‘zgarishlar milliy g‘oya va mafkuraning vujudga kelishida siyosiy zamin yaratdi. Bu narsa ushbu kursni o‘rganishning axamiyatini yanada kuchaytiradi.