Umumiy marketing kommunikatsiyalari maqsadlari
Oldin aytilganidek, marketing kommunikatsiyalari maqsadlari faqatgina savdoning yoki bozor ulushi pozitsiyasining oshishigagina emas, balki marketing rejasining strategik maqsadlariga bog‘liq xolda, boshqa korporativ, marketing va kommunikatsiya maqsadlariga yeki ular aralashmasiga qaratilishi mumkin. Masalan strategik maqsadni qayta brendlash va qayta pozitsiyalash marketing kommunikatsiyalaridan xalqqa ma’lumot berish va ommaboplikni oshirishga yo‘naltirilishni, yangi brend logosi, mavzusi va qadriyatlari to‘g‘risida ma’lumot berishni talab qiladi. Bu PR va reklamaga urg‘u berish kerakligini anglatishi mumkin. Ammo, bu yo‘l bilan kommunikatsiyalar tashkilotning filosofiyasi va brendning qadriyatlari xaqida ham ma’lumot berib utadi, bunday ma’lumot berish strategiyasi yana savdoni promo qilish maqsadi, va kommunikatsiyalarni vositachilik kanallari orqali utkazib savdoni oshirish maqsadi bilan bog‘lashi mumkin. Shuning uchun ham, bunday turdagi marketing kommunikatsiya kampaniyasi maqsadlari murakkab, va uz ichiga korporptiv, marketing va kommunikatsiyalashtirish funksiyalarini oladi.
4. Mahsulotga asoslangan strategiyalar
Mahsulot portfoliosi taxlili
Ko‘pincha yirik turizm va mexmonxona biznesi tashkilotlari yoki maskanlari portfoliosida turli xil mahsulotlar buladi, va ular portfolioni har bir mahsulot bozoriga nisbatan aloxida taxlil qilishi lozim.
Tashkilot nima sababdan odamlar nima sababdan ushbu mahsulotni harid qilayotganlini tasvirlab bozorga taklif qilinayotgan har bir mahsulotni sinchkovlab sinashi lozim. Bu joriy strategiyaning tafsifi. Boston Consulting Group (BCG) tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot portfoliosi taxlili, tashkilot/maskan portfoliosidagi har bir mahsulotning joriy xajmi va bozordagi pozitsiyasini taxlil qiladi. Bu modelning maqsadi tashkilot/maskanning har bir mahsulotini faoliyatini taqqoslashdir. Holloway (2004: . 39 bet) o‘z kitobida bu taxlil savdo xajmiga, bozor ulushiga, asosiy o‘yinchiga nisbatan aniqlanuvchi mahsulot yashash sikli etapiga qarab baxolanadigan turoperatorlar misolida qanday ishlatilishini tasvirlaydi. Bunday BCG matritsa mexmonxonalarning turli bulimlarini savdo ko‘rsatkichlarini taxlil qilish uchun ham ishlatilishi mumkin. Bu marketing kommunikatsiyalarini strategiyasini belgilashda kuchli turtki bulishi mumkin. Masalan, mexmonxona misolida oziq ovqat bo‘limi rivojlangan bshlib, konferensiya va tadbirlar o‘tkazish yoki kechki xonalar sotuvi bo‘limlari sust ishlayotgan bo‘lsa, biznesni rivojlantirish uchun qaysi mahsulotni qaysi bozor segmentlariga taklif/reklama qilishni xal qiluvchi strategik tanlovni amalga oshirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |