13-mavzu. Turizm va mehmonxona xo’jaligida marketing kommunikatsiyani rejalashtirish
1. Marketing kommunikatsiyalarini rejalashtirish. Marketing kommunikatsiyalarini rejalashtirishning konteksti (tabiati, kelib chiqishi) Marketing kommunikatsiyalari konteksti.
2. SWOT- taxlili. Kommunikatsiya maqsadlarini belgilash. Notug‘ri qo‘yilgan maqsadlar. Umumiy marketing kommunikatsiyalari maqsadlari.
3. Turizm va mexmonxona biznesi uchun marketing miksi.
4. Mahsulotga asoslangan strategiyalar. Mahsulot strategiyasi tanlovi. Mahsulot formatsiyasi va kommunikatsiya strategiyasi.
5. Marketing kommunikatsiyalari strategiyasi. Siljitish strategiyasi. Tortish strategiyasi. Profayl strategiyasi.
6. Kommunikatsiya miksi tanlovi. Marketing kommunikatsiyalarini baxolash va nazorat qilish
Marketing kommunikatsiyalarini rejalashtirish
Fill uz kitobida (2005; 333 b.) marketing kommunikatsiyasi rejasi tashkilotning marketing kommunikatsiyasi strategiyasining amalga oshirishiga yo‘naltirilgan rivojlanish va boshqaruv jarayoni bilan bog‘liq reja deb yozadi. Ma’lumki, marketing kommunikatsiyalari mos ma’lumotlarni mos odamlarga tug‘ri paytda yetkazilishi uchun xizmat qiladi. Oldingi boblarda marketing strategiyasi rivojlanishi va qarorlar qabul qilish jarayonini rejalashtirishni rivojlantirishi uchun xizmat qiluvchi tadqiqotlar utkazish va ma’lumot yig‘ish jarayonlari tanishtirilgan. Tashkilot strategik qarorlarni uz maqsadli bozorining segmentidan va mahsulolotidan kelib chiqgan xolda qabul qiladi. Oldingi boblarda turli ma’lumot talablariga mos keluvchi, xususan xususiy sektor va boshqalar uchun turli xil kommunikatsiya yondashuvlari kurib chiqildi, masalan, sayoxatga ta’sir etuvchi sust media qamrovi yoki ob-havo muammolari to‘g‘risidagi ma’lumot ya’ni maslaxat berilishi zarurligi misol qilib keltirilgan. Bunday vaziyatlar kutilmagganda yuzaga keladi va rejalashtirilgan marketing harakatlari to‘g‘ri va yuqori darajada tashkil etilganligini ta’minlash maqsadida odatda matbuot va jamoatchilik aloqalari va promo harakatlarga tayanib tezkor xal qilinishni talab qiladi. Bunday kommunikatsiya turi rejadan tashqari hisoblanadi. Bunday kommunikatsiya turlari 9-bobda muxokama qilinadi.
Ushbu bo‘limda yuzaga keluvchi turli xil vaziyatlarni yechish uchun qullanilishi mumkin bo‘lgan marketing kommunikatsiyalari rejasi bilan bog‘liq amaliy qadamlar haqida so‘z ketadi. Aksariyat tashkilotlar marketing kommunikatsiyalarini strategik maqsadlarga erishish uchun tuzilgan rejalashtirilgan faoliyat deb tushunadi.
Ananaviy marketing yondashuvlari kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan rejaga asoslanib tuzishni taklif qiladi. Turizm industriyasida bu asosan turoperatorlar mahsulot brashuralarini ishlab chiqarish (Viks va Sshuyet, 1991); turli yo‘nalishlar bo‘yicha flayer, buklet, plakat va filmlar chiqarish; kengroq industriyalar uchun bu bir qator yil davomidagi asosiy bron bosqichlariga yo‘naltirilgan mavsumiy reklama kampaniyalaridir (Shimoliy Yevropa bozorlari uchun, Rojdestvo bayramidan sung).
Ananaviy kommunikatsiyalarni rejalashtirish davriy shakli xali ham dominant bo‘lishiga qaramasdan, bu xolat o‘zgarmoqda. Buning sababi oldingi boblarda aytib o‘tilgan marketing va reklama sanoatining o‘zgaruvchanligi, iste’molchilar istaklarining o‘zgarishi va kommunikatsiya qurollarining tezkorligi, axborot vositalarining umumiy bo‘linishidir, bozorga yunaltirilish tomoniga utilayetganligi marketing strategiyasini rivojlantirishida yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham rejalashtirishning roli muximdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |