3. Mehmonxona xo’jaligida marketing funkstiyalari Ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladigan marketing xarakatlari marketing funkstiyalarini tavsiflab beradi. Ular bir-biri bilan uzviy bog’lanishda bo’ladi va marketing tizimining butunligini buzmaslik uchun ularni birgalikda o’rganish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Marketingning asosiy funkstiyasi – mavjud bo’lgan xizmatlarni hisobga olgan holda yangi xizmatlarni yaratish va sotish bo’yicha majmuali faoliyatni tashkil etish orqali bozorga chiqish.
Amalda, barcha mavjud bo’lgan funkstiyalarni ikkiga, ya’ni analitik (axborot etkazish) va boshqaruvchi guruhlarga birlashtirish mumkin. Birinchi guruh marketing tadqiqotlari o’tkazishni taxmin qiladi. Ikkinchisi esa marketing faoliyatni, shu jumladan marketing nazoratini va auditini rejalashtirish, hamda amalga oshirishni o’z ichiga oladi.
Marketing funkstiyalari davriy jarayon sifatida ifodalangan bo’lishi mumkin. Xaridorning mavjud ehtiyojlari aniqlanadi va marketing tadqiqotlari yordamida tahlil qilinadi. Ular yordamida korxona faoliyatini rejalashtirish uchun dastlabki axborot tavsiya etiladi. Turmahsulot yaratuvchi o’z mahsuloti, uning narxi va muvofiq taqsimlanishi sifatida aniq taklif bilan maydonga chiqadi.
Turistik hizmatlar bozoridagi shu kabi tarkibiy o’zgarishlar, ya’ni raqobat sharoitlari va iste’molchilar hatti harakatlaridagi o’zgarishlar turistik korxonalar tomonidan yangi marketing usullarini izlashga majbur etmoqda.
Bunday sharoitlarda marketing o’z funkstiyalarini kengaytirib, iste’molchilar bilan aloqalarga tobora ko’proq e’tibor berib bormoqda. Iste’molchilar bilan o’zoq muddatli munosabatlar yangi mijozlarni izlash, ularning turistik tashkilot hizmatlariga qiziqtirish uchun ketadigan xarajatlaridan ancha arzon turadi.
Turizmda marketingning uchta asosiy funkstiyasi mavjud bo’lib ular qo’ydagilardan iborat:
1) Mijozlar bilan aloqani o’rnatish. Bu funkstiya iste’molchi talablariga, unga taklif etilayotgan dam olish joyi va kutilayotgan manfaatlarga to’liq muvofiq kelishini isbotlashni o’z oldiga maqsad etib qo’yadi;
2) Rivojlantirish. Ushbu funkstiya hizmatlarni sotish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga ko’maklashadigan, yangi ishlanmalarni ishlab chiqishni nazarda tutadi. O’z navbatida bunday yangiliklar mavjud salohiyatli mijozlarning ehtiyojlari va hohish istaklariga muvofiq kelishi zarur;
3) Nazorat. Ushbu funkstiya turistik hizmatlarning bozorda sotilishi holati bo’yicha natijalarni tahlil qilish va ushbu natijalar turizm sohasida mavjud imkoniyatlardan qay darajada to’liq va muvaffaqiyatli foydalanilayotganligini aks ettirishi lozim.
Yuqoridagi marketing funkstiyalarini samarali amalga oshirish mijozlar bilan o’zoq muddatli o’zaro munosabatlarni o’rnatishni nazarda tutadi.
Hulosa qilib aytganda, turizm sohasida marketingning mohiyati turistik hizmatlarning, eng avvalo, iste’molchilarga yo’naltirilishi va turistik korxonalarning imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirib borishdan iborat. Turizm marketingini bizning mamlakatimizda ham rivojlantirish va jahon tajribalarini milliy amaliyotga tadbiq etish, O’zbekistonning juda katta turizm sohasidagi salohiyatidan to’laqonli foydalanish soha rivojlanishining yanada yuqori pog’onalariga erishishni ta’minlaydi.