1- mavzu: pedagogik texnologiyalar tasnifi. (4 Soat)



Download 211,5 Kb.
bet2/14
Sana08.02.2022
Hajmi211,5 Kb.
#435183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
пед-технология 4-курс 1-мавзу

Tayanch so‘z va iboralar: pedagogika, texnologiya, fan-texnika, nazariya, amaliyot, axborotli o‘qitish, usul, metod, metodika, metodologiya.


Pedagogik texnologiya fan sifatida. Pedagogik texnologiya (PT) – pedagogikaning shunday bilimlar sohasiki, bu orqali ta’lim va tarbiya tizimida tub burilishlar yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilandi, talaba-yoshlarda kreativ fikrlash ko‘nikmalari, bilimga chanqoqlik, o‘z-o‘ziga ishonch, yangicha dunyoqarash shakllanadi.
Pedagogik texnologiyabu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, ushbu tushunchani ta’riflashdan oldin, “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritish lozim sanaladi. Bu so‘z texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan “texnos” (techne) – san’at, hunar va “logos” (logos) – fan so‘zlaridan tashkil topib, “hunar fani” ma’nosini anglatadi. Biroq, ushbu ta’rif zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon – ma’lum bir mahsulot yaratish borasida mehnat qurollari bilan mehnat obyektlariga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasidagi ish faoliyati. Ana shu ta’rifni pedagogik texnologiyaga ko‘chirish mumkin. Pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi (tarbiyachi) ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba) larga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayoni1.
“Pedagogik texnologiya” atamasi birinchi bor pedagogikaga oid ishlarda XX asrning 20-yillarida kirib kelgan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasiga turlicha ifodalashlar mavjud. “Pedagogik texnologiya”, “Ilg‘or pedagogik texnologiya”, “Progressiv pedagogik texnologiya”, “Yangi axborot texnologiyalari”, “Ta’limiy texnologiyalar”.
Pedagogik texnologiya ham ikkita fan – “pedagogika” va “texnologiya”lar tutashlaridan paydo bo‘lgan fanlardan biridir. Pedagogik texnologiya ilmiy texnika taraqqiyoti jadallashuvi talablari darajasida kadrlar tayyorlashni ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari tegishli davr talablari asosida ham paydo bo‘ladi.
Respublikamizning pedagog olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashga intilmoqdalar.
Bugungi kunga kelib, pedagogik texnologiyaga qiziqish yanada keng darajada tus oldi. Buni tahlil qiladigan bo‘lsak, jamiyatimizda qanchadan-qancha bilimli va malakali kadrlarni yetishtirib kelgan pedagogikaning o‘ziga xos uslublari mavjud bo‘lib, pedagogik jamoatchilikning ko‘p qismi shu yo‘ldan boradi. Afsuski, jahonda o‘zining mustahkam o‘rnini egallashga intilayotgan jamiyatga bu yo‘l kutilgan samara bilan xizmat qila olmaydi. Chunki:

  • birinchidan – taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligi;

  • ikkinchidan – fan-texnika taraqqiyoti jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganligi natijasida axborotlar hajmining ko‘payib borayotganligi;

  • uchinchidan – an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rganligi tufayli “Axborotli o‘qitish” sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki yuksak bilimlar manbaiga aylanib qolganligi;

  • to‘rtinchidan – jamiyat o‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilamlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi;

  • beshinchidan – yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or darajadagi bilimni berish usuli hisoblangan obyektiv borliqqa yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir.

Pedagogik texnologiyalar fani yuqorida sanab o‘tilgan 5 ta muhim shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta’lim sohasidir.
Ayni vaqtda Respublikamizdagi barcha yo‘nalishlar bilan bir qatorda ta’lim sohasiga ham shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko‘lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil qilish, qayta ishlash, xulosalash va talaba-yoshlarga yetkazib berishni to‘g‘ri tartibda yo‘lga qo‘yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Talim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.

Download 211,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish