1- mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


Mavzu. O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining



Download 81,77 Kb.
bet4/6
Sana05.07.2022
Hajmi81,77 Kb.
#741081
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
shahnoza

Mavzu. O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.

1. Milliy davlat boshqaruv tizimi. Mustaqil O`zbekistonda hokimiyatlar bo`linishi tamoyili.


2. O`zbekistonda ko`p partiyalik tizimining shakillanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar xizmatidagi o`zgashaliklar.
3. O`zbekistonda parlament tizimi va o`ndagi isloxotlar. Huquq organlari va sud tizimidagi o`zgarishlar.
MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONNING IJTIMOIY TARAQQIYOTI
Bugungi kunga kelib mamlakatimiz o’z mustaqil taraqqiyot yo’lining yigirma olti yilligini nishonlash arafasida turibdi.
Tarix oldida bu muddat kiprik qoqqanchilik lahzalarga teng davr hisoblanadi. O’tgan yigirma olti yil mohiyatan yurtimiz tarixida o’ta mas’uliyatli va sharafli davrni tashkil etdi. SHu davr mobaynida har birimizning hayotimizda, mamlakat taqdirida muhim va keskin o’zgarishlar yuz berdi, turmush tarzimiz o’zgarib, o’zligimizni anglay boshladik. Qisqa davr ichida davlat va jamiyat qurilishida, huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, eng muhimi odamlarimizning ongu-shuurida tom ma’noda yangicha qarash va yangicha fikrlash tuyg’usi shakllanib ulgurdi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etildi. Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, yurtboshimiz yuksak demokratik talablarni hayotimizga to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga erishish bir-bir bilan chambarchas bog’liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanligini ta’kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hech qachon osonlikcha kechmasligini uqdirib o’tgan edilar. I.A.Karimov “O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” risolasida mamlakat mustaqillikka erishgandan so’ng dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O’zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdilar. Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur yashab turgan fuqarolarning taqdirigina emas, balki ularning kelajak avlodlarining taqdirini ham o’ylab tuzilgan bo’lib, o’sha davrda hukmron bo’lgan yakka hokimlik tizimining illatlarini tezroq bartaraf etish, mamlakatimizni rivojlangan, madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olishini ta’minlashni ko’zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Islom Karimov nomi bilan jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi.Taraqqiyotning o’zbek modeli quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak. SHuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;
ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart;
uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni barcha hech istisnosiz hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim;
to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish kerak.
beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiyotning ob’ektiv qonun-larini e’tiborga olib, yaqin o’tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyutsion yo’l bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning evolyutsiya yo’lining tanlab olinganligi o’zining an’anaviy og’ir-bosiqligi, puxta o’ylab qaror qabul qilishga ruhan moyilligi hamda tinchliksevarligi tufayli bir holatdan ikkinchisiga, ayniqsa turmush tarzida, sakrab o’tishga rag’bati yo’q o’zbek xalqining fikrlash tarziga aynan mosdir.
Yana shu narsa ham g’oyat muhimdirki, bozor taraqqiyotining bosqichli jarayoni davlatning tub ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni ahillik vaziyatida, jamiyatning qo’llab-quvvatlashiga tayanib amalga oshirish imkonini beradi.
Islohotlarning o’zbek modeli bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo’ldi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida avval-boshdan ana shu nozik jihatga alohida e’tibor qaratildi. Barcha o’zgarishlar va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qo’yildi. Bugungi kunda ham o’zgarishlar jarayonining mohiyatida islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun, degan tamoyil mujassamdir.
SHunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan ko’zlangan maqsad yurtimizda istiqomat qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi. Iqtisodiy islohotlar esa o’z o’rnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas, uzviy bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda.
Yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday yondoshuvning naqadar to’g’ri bo’lganini va uzoqni ko’zlaganini tasdiqlab bermoqda. Mas’uliyatli paytlarda, keskin ijtimoiy larzalarga olib keladigan har qanday inqilobiy harakatlarga qarshi, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o’z yo’limiz bor va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz, deb aytilgan qat’iy so’z va mustahkam siyosat bugun ham izchil amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot va istiqlol yo’lida, yangi jamiyat, erkin va farovon hayot qurish yo’lida ko’p tajribaga ega bo’layotgan ekan, hech shubhasiz o’zbek xalqi uchun muqaddas va aziz bo’lmish O’zbekiston zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan insonlar uchun muhim bir haqiqat tobora aniq va ravshan bo’lib bormoqda. Bu O’zbekistonning yer yuzida baquvvat asoslarga ega bo’lgan zabardast davlat bo’la olishiga mustahkam ishonchdir.
O‘zbekistonning rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishi — yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biridir. Mamlakatimiz o‘tgan davrda turli qiyinchiliklarni yengib o‘tib, rivojlanish yo‘lidan dadil bormoqda. Vaholanki, bir paytlar ayrim ekspert doiralarida O‘zbekiston taraqqiyot yo‘li muvaffaqiyatiga ishonmaganlar ham bo‘lgan edi.
Bugun mamlakatimiz xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a'zosi sifatida ta'lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda xavfsizlikni ta'minlash sohasida ulkan marralarni egallamoqda. Bu yutuqlar jahonning yetakchi reyting agentliklari tomonidan e'tirof etilayotir. Ayni damda dunyo jamoatchiligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha olib borilayotgan saylov kampaniyasini katta qiziqish bilan kuzatayotgani ham bejiz emas, albatta.
Muxbirimizning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a'zosi, tarix fanlari doktori, professor Temir ShIRINOV bilan suhbati ana shu jarayon haqida bo‘ldi.

— Haqiqatan ham, dunyo hamjamiyati nigohi yurtimizda kechayotgan qizg‘in jarayonga qaratilgan, — deydi T. Shirinov. — Joriy yilgi saylov kampaniyasini yoritish uchun biz jahonning 30 ta mamlakati axborot agentliklari jurnalistlarini akkreditatsiyadan o‘tkazdik. Bundan tashqari, 500 nafardan ortiq xalqaro va xorijlik kuzatuvchilar saylovni kuzatishda ishtirok etish istagini bildirishdi. Ular MDH, Osiyo, Afrika, Yevropa hamda Amerikaning 40 mamlakati huquqshunos-olimlari, -siyosatshunoslari, jamoat arboblari, parlament va saylov organlari vakillaridir. Mamlakatimizga Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroqo‘mi singari xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar missiyalari yuborildi. 1999 yildan beri birinchi marta YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining uzoq va qisqa muddatli kuzatuvchilaridan iborat to‘laqonli missiyasi saylovni kuzatadi.
Xalqaro hamjamiyatning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bunday e'tibori, avvalambor, mamlakatimizda mustaqillik yillarida shakllantirilgan demokratik institutlar barqarorligi va mustahkamligidan, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlar samaradorligidan, fuqarolik jamiyati rivojlanganidan dalolatdir. Bundan tashqari, saylov natijasi nafaqat O‘zbe-kistonning kelajak taraqqiyot yo‘lini belgilab beradi, balki Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Chunki O‘zbekiston mintaqaning eng muhim davlatidir.

— Saylovning umume'tirof etilgan xalqaro standartlarga mosligi uning demokratiya, haqqoniylik va adolatlilik tamoyillari asosida o‘tkazilishini ta'minlaydi. O‘zbekiston saylov tizimini shakllantirishda bu jihatlar qanday o‘rin tutadi?
— Bundan 24 yil muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalari ustunligi prinsipi belgilab qo‘yilgan. Bu yosh davlatimizning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvining qonuniy asosi bo‘ldi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng BMT, YeXHT, MDH, ShHT, IHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda davlatlararo tashkilotlar a'zolari qatoridan munosib o‘rin egalladi. Umuman, mamlakatimiz bugun yuzdan ortiq tashkilotlar faoliyatida ishtirok etib, ko‘p tomonlama hamkorlik borasida turli tuzilmalar bilan aloqalarni faol rivojlantirmoqda.
O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi jamiyat hayotining barcha jabhasida tizimli, izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar bilan uyg‘un tarzda aholining siyosiy-huquqiy madaniyati, ijtimoiy tafakkuri yuksalgan -sharoitda kechdi. Natijada O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati tamoyillariga asoslangan mustaqil davlatchilik modelini yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2010 yil -noyabr oyida ilgari surilgan hamda parlament tomonidan qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi yurtimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga sodiqligining yorqin ifodasi, davlat va jamiyat hayotini eng yuqori demokratik talablar asosida yangilashning o‘ziga xos strategiyasi bo‘ldi.
— Ma'lumki, Kontseptsiyada mamlakatimizda saylov qonunchiligini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Unda belgilab berilgan vazifalar xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qanday xizmat qilmoqda?
— Kontseptsiyada milliy saylov tizimini modernizatsiya qilish demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ochiq fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning tarkibiy qismi sifatida alohida yo‘nalish etib belgilangan. Shu o‘rinda jamiyat va davlat hayotining barcha jabhasini chuqur hamda har tomonlama isloh qilish va taraqqiy topgan demokratik davlatlarning tajribasini o‘rganishga ustuvor ahamiyat qaratilganini ta'kidlash zarur. Chunonchi, so‘nggi olti yil davomida Kontseptsiyada belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida yurtimizda va xorijda 160 ga yaqin yirik xalqaro tadbirlar, shu jumladan, 43 ta xalqaro anjuman, 33 ta seminar, 81 davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarga 700 nafardan ziyod xalqaro ekspertlar jalb qilindi. Ular dunyoning 47 mamlakati vakillari bo‘lib, 130 ta nufuzli xorijiy tadqiqot markazlarida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, yurtimizdagi 20 ta ilmiy-tadqiqot markazining ikki ming nafardan ortiq vakillari mazkur anjumanlarda qatnashdi.
Bu sa'y-harakatlar dunyoning yuzdan ziyod yetakchi ilmiy-tadqiqot hamda ta'lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli va amaliy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash imkonini berdi. Germaniya, Frantsiya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy, Isroil, Rossiya hamda Sharqiy Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hamda ilmiy markaz-lari shular jumlasidandir. Shuningdek, BMT, YeXHT, MDH, Milliy demokratiya instituti (AQSh), Germaniyaning F. Ebert va K. Adenauer jamg‘armalari, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Demokratiya va saylovlarni tashkil qilish xalqaro instituti hamda boshqa xalqaro tashkilotlar va fondlar bilan ham samarali hamkorlik olib borilmoqda.
Bunday xalqaro forum hamda amaliy hamkorlik aloqalari natijalari “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Elektron hukumat to‘g‘risida”, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi kabi muhim qonunlar hamda o‘ttizdan ortiq boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda va qabul qilishda qo‘l keldi.
Bevosita saylov mavzuida o‘nga yaqin yirik xalqaro anjumanlar, davra suhbatlari hamda seminarlar tashkil etildi. Ularda AQSh, Frantsiya, Yaponiya, Isroil, Germaniya, Janubiy Koreya, Italiya, Ispaniya, Latviya, Gretsiya, Turkiya, Norvegiya, Xitoy hamda MDH mamlakatlari ekspertlari ishtirok etdi.
Xorijiy mamlakatlarda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish amaliyotini o‘rganish maqsadida so‘nggi besh yil davomida o‘zbekistonlik ekspertlarning Frantsiya, Ispaniya, Polsha, Daniya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Hindiston singari davlatlarga yigirmadan ziyod safarlari uyushtirildi.
Dunyoning yetakchi davlatlari, xususan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, AQSh, Belgiya, Niderlandiya parlamentlari vakillarining mamlakatimizga tashriflari ham saylov qonunchiligi va amaliyotini rivojlantirishda muhim o‘rin tutdi. Ushbu tashriflar doirasida saylov jarayonini takomillashtirish masalalari bo‘yicha brifinglar, davra suhbatlari, anjumanlar hamda ekspertlar muloqoti tashkil etildi.
Shu o‘rinda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini alohida qayd etish joiz. Institut -tomonidan taraqqiy etgan demokratik davlatlar ilg‘or tajribalarini o‘rganish maq-sadida xorijiy mamlakatlar saylovlarini masofaviy monitoring qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Unga muvofiq, xorijiy davlatlarning saylovga oid materiallari -umumlashtirilib, tahlil qilib borilmoqda. Mazkur monitoring natijalari milliy saylov qonunchiligi hamda amaliyotini takomillashtirish jarayonida AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya, Tojikiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Avstriya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarning saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir eng ilg‘or tajribalaridan foydalanish imkonini berdi.
— Yuqorida aytib o‘tilganidek, O‘zbekiston Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining a'zosi hisoblanadi. Mamlakatimiz saylov tizimini takomillashtirishda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan hamkorlik aloqalari haqida to‘xtalib o‘tsangiz.
— Saylovlarning xalqaro kuzatuvlarini amalga oshirishga ixtisoslashtirilgan eng nufuzli tuzilmalardan biri — YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan tajriba hamda axborot almashish saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Chunonchi, 2012 — 2016 yillarda Markaziy saylov komissiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Tashqi ishlar vazirligining

15 nafar xodimi mazkur tashkilot tomonidan qisqa va uzoq muddatli kuzatuvchilarni tayyorlash bo‘yicha tashkil qilingan sakkizta treningda qatnashdi.
Markaziy saylov komissiyasi, parlament palatalari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti vakillari YeXHT Demokratik -institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi missiyalari tarkibida Armaniston, Moldova, Buyuk Britaniya hamda boshqa mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan saylovlarni kuzatdi. Vakillarimiz kuzatuv doirasida qonunchilikni, xorijiy davlatlarda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlarini batafsil o‘rgandi.

Markaziy saylov komissiyasi hamda YeXHTning “O‘zbekiston Respublikasi saylov amaliyotini takomillashtirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi doirasida Markaziy saylov komissiyasi mutaxassislari YeXHT ishtirokchi-mamlakatlarining saylov jarayonining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash, saylov amaliyotini demokratlashtirish, jumladan, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini tatbiq qilish sohasidagi tajribasi bilan tanishdi.
YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi missiyalari O‘zbekistonda 1999, 2004, 2009 hamda 2014 yillarda parlament saylovini, 2007, 2015 yillarda esa Prezident saylovini kuzatgan. Bunday hamkorlik natijasida saylovning huquqiy asoslari izchil takomillashtirildi, saylov qonunchiligimizga umume'tirof etilgan xalqaro standartlar to‘liq implementatsiya qilindi.
— Mamlakatimiz a'zo bo‘lgan boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida saylov qonunchiligini takomillashtirish sohasida hamkorlik qanday rivojlanmoqda? 
— Markaziy saylov komissiyasi va parlament a'zolari, tadqiqot markazlari mutaxassislari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, -Butunjahon saylov organlari missiyalari tarkibida muntazam ishtirok etib keladi. Xususan, ular Armaniston, Ozarbayjon, Rossiya, Belarus, Ukraina, Koreya Respublikasi, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Moldova, Buyuk Britaniya hamda boshqa mamlakatlarda ish olib borishdi. Bunday keng miqyosli hamkorlik aloqalari, pirovardida saylov qonunchiligi va amaliyotini izchil takomillashtirish, boshqa davlatlar hamda tuzilmalarning saylov tizimini rivojlantirish sohasida mamlakatimiz bilan aloqalarni kengaytirishga bo‘lgan qiziqishining ortishiga olib keldi. Masalan, 2010 — 2016 yillarda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Latviya, Litva, Koreya Respublikasi markaziy saylov organlari bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.
O‘zbekiston 2013 yilda dunyoning 94 ta mamlakati bilan birga Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasini ta'sis etish tashabbuskorlaridan bo‘ldi. Bu yurtimizning xalqaro saylov huquqini rivojlantirish sohasidagi muhim hissasi sifatida e'tirof etildi. Mazkur tuzilma aynan saylov huquqi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qilgan. Bugungi kunda u dunyoning 106 ta mamlakati saylov organlari sa'y-harakatlarini birlashtirib, davlatlarda saylovlarning demokratiya, haqqoniylik, ochiqlik va erkinlik singari prinsiplar asosida o‘tkazilishiga xizmat qilayotgan nufuzli tashkilotga aylandi.
Bunday hamkorlik doirasida tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish, axborot almashish, saylov komissiyalari a'zolari, saylov organlari xodimlarini o‘qitish hamda malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar va tadbirlarni amaliyotga yo‘naltirish, saylovni o‘tkazishning tashkiliy-texnik jihatlari bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida delegatsiyalar tashrifini uyushtirish, birgalikda maslahatlashuvlar olib borish, saylov va referendumlarda ishtirok etish uchun kuzatuvchilarni yuborish masalalari qamrab olinadi.
Hozirgi vaqtda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va YeXHT ko‘magida O‘zbekistonda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini yaratish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda. Bu xalqaro huquq qoidalarini milliy saylov qonunchiligiga izchil implementatsiya qilish, fuqarolar saylov huquqi kafolatlarini mustahkamlash borasida navbatdagi muhim qadam hisoblanadi.

— Aytingchi, O‘zbekiston saylov tizimi umume'tirof etilgan xalqaro standartlar va demokratik prinsiplarga nechog‘li javob beradi?
— Mamlakatimiz saylov qonunchiligiga xalqaro saylov hujjatlari — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, BMT Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi hujjatlari, Insoniylik mezoni bo‘yicha -Kopengagen kengashining yakuniy hujjati, MDHga a'zo-davlatlarda Demokratik saylov, saylov huquqlari va erkinliklari standartlari to‘g‘risidagi konvensiya, Yevropa Kengashi Venetsiya komissiyasining saylov masalalariga oid kodeksi asosiy qoidalari va prinsiplari implementatsiya qilingan.
Konstitutsiyamiz, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunlar mamlakatimiz saylov qonunchiligining asosini tashkil qiladi.
Saylovning huquqiy asoslari aniq, izchil va sodda tuzilgan, deb bemalol aytishimiz mumkin. Mazkur sohadagi barqaror qonunchilik esa saylov jarayoni ishtirokchilari uchun aniqlikni ta'minlashi bilan juda ahamiyatlidir. Chunonchi, qonunlarimizda O‘zbe-kiston Respublikasi fuqarolarining jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda demokratik yo‘l bilan saylangan o‘z vakillari, shu jumladan, davlat organlarini demokratik shakllantirish, ya'ni saylovlar orqali ishtirok etish bo‘yicha asosiy huquqi mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash hamda saylanish huquqi kafolatlangan. Bu davriy va haqqoniy saylovlar orqali umumiy, teng hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan ta'minlanadi. Fuqarolar ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy hamda milliy mansubligi, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat'i nazar, teng saylov huquqiga ega. Har bir fuqaroning saylov huquqlari sud yo‘li bilan himoya etilishi, saylov komissiyalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatlari va bunday murojaatlar tez hamda samarali ko‘rib chiqilishi kafolatlanadi.
Konstitutsiya va qonunlarda mazkur muhim siyosiy tadbirni tashkil qiladigan saylov komissiyalari mustaqilligining kafolatlari mustahkamlangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi doimiy faoliyat yurituvchi organ bo‘lib, u mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplari asosida ish olib boradi.
Saylovlar adolatliligining kafolatlari har bir nomzod uchun teng imkoniyatlar yaratishda, nomzodlar saylov kampaniyasining odil hamda ochiq moliyalashtirilishida, ovoz berish va ovozlarni sanab chiqishning halolligida namoyon bo‘ladi.

Bundan tashqari, saylov kampaniyasi boshlanishidan tortib, ovoz berish yakunlari e'lon qilinguniga qadar bo‘lgan davrning xalqaro va milliy kuzatuvi qonuniy asoslari mustahkamlab qo‘yilgani, kuzatuvchilarga keng huquq hamda vakolatlar belgilangani saylovning qonuniyligi, ochiqligi va oshkoraligining mustahkam kafolati hisoblanadi.
O‘zbekiston saylov qonunchiligi demokratik saylovlarni o‘tkazishning umume'tirof etilgan xalqaro prinsiplari va qoidalariga to‘liq javob beradi. Bunga xalqaro hamjamiyat e'tirofi, jumladan, mamlakatimizda avvalgi saylovlarda qatnashgan xorijlik kuzatuvchilar tomonidan tan olingani yaqqol misoldir. Ko’ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitusiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko’ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi asoskor tamoyillarini o’zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o’rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi.
Mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishda, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish va insonning o’z qobiliyatini to’la ro’yobga chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratishda, odamlarning o’z xohish-irodasini erkin ifoda etish, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirishda ko’ppartiyaviylik tizimi muhim rol o’ynaydi.
Ko’ppartiyaviylik tizimini yanada mustahkamlash va partiyalararo raqobatni rivojlantirish uchun partiya o’z elektoratiga ega bo’lmog’i, “davlat va jamiyat qurilishining asosiy masalalari, mamlakatda yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat bo’yicha aniq-ravshan pozisiyasi bilan, saylovda mazkur partiya uchun ovoz beradigan odamlar manfaatlarini qat’iy himoya qilishga qodirligi bilan saylovchilar o’rtasida obro” qozonmog’i eng muhim shartlardan hisoblanadi.
Shuningdek, mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yo’nalishlarini belgilab olishda siyosiy partiyalarning rolini keskin kuchaytirish, mamlakatimizni isloh etish va modernizasiya qilish bo’yicha strategik vazifalarni hal etishda ularning ishtirokini kengaytirish” izchil amalga oshirilayotgandemokratik yangilanishlarning muhim omili hisoblanadi.
Partiya” so’zi lotincha “part” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “ish”, “qism” degan ma’nolarni anglatadi. Siyosiy partiya — aholining, sinfning, ijtimoiy qatlam yoki qatlamlarning bir qismi. Ilmiy nuqtai nazardan siyosiy partiyalar uchun berilgan quyidagi ta’rifni asos sifatida qabul qilish mumkin: siyosiy partiya– fuqarolarning eng faol, mushtarak mafkura asosida bog’langan, davlat hokimiyatini qo’lga kiritish, uni saqlab qolish va amalga oshirishga intiluvchi qismi, ixtiyoriy ittifoqi. Siyosiy partiyalar jamoat birlashmasi shaklida tashkil etiluvchi va faoliyat yurituvchi fuqarolik jamiyatining o’ziga xos instituti bo’lib, u muhim ijtimoiy-siyosiy va vakillik vazifalarini amalga oshiradi.
Zamonaviy siyosatshunoslikda siyosiy partiyaning o’ziga xosligini ifodalovchi quyidagi bir qator jihatlari ajratib ko’rsatiladi:
- har qanday partiya aholi guruhlari va aniq ijtimoiy qatlamning manfaat va intilishlarini ifoda etuvchi mafkura egasi va uning targ’ibotchisi hisoblanadi;



Download 81,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish