1- mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


Mavzu. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati



Download 81,77 Kb.
bet2/6
Sana05.07.2022
Hajmi81,77 Kb.
#741081
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
shahnoza

Mavzu. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.

1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O`zlikni anglashga intilishning kuchayishi.Siyosiy tizimdagi o`zgarishlar.


2. Mustaqilliqning elon qilinishi. O`zbekiston Respublikasining tuzilishi.
3. Mustaqilliqning dastlabki davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo`lidagi harakatlar.
Bu davrning og‘ir va ayanchli ijtimoiy-siyosiy manzarasiga Islom Karimov shunday baho beradi:
“SHu narsa shak-shubhasiz va ochiq-oydindirki, respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatgichlar bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda oxirgi o‘rinlardan birida turibdi. Biz bu raqamlarni ilgari ham necha martalab aytganmiz, ammo bugun ularni yana bir bor idrok etmoq kerak. O‘zbekiston har kishi boshiga yalpi ijtimoiy maxsulot ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatda 12-o‘rinda turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatgich esa Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ikki hissa past.
Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq ho‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. Respublikada aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish o‘rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etadi. Biz daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi o‘rinlardan birida turibmiz.
O‘zbekiston aholisi o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilmoqda. Oyiga o‘rta hisobda 75 so‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi mamlakatda 12 foizdan sal ko‘proq bo‘lsa, bizning respublikamizda 45 foizga boradi. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o‘zining qo‘lidan keladigan ishni topa olmayapti.
Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari: sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolga tushib qolgan. Maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilganini aytishning o‘zi kifoya. Juda o‘tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Buni avvalo shundan ko‘rsa bo‘ladiki, insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko‘pincha yashash uchun kerak bo‘lgan eng oddiy narsalar ham etishmayapti.
SHuning bilan birga, 1989 yilning o‘rtalarida KPSS Markaziy Komiteti, sovet xukumati tomonidan O‘zbekistonga nisbatan qatag‘on siyosati yangi bosqichda davom ettirilib, “paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” deb nom olgan siyosiy kampaniyalar avj olgan edi. Kommunistik partiyaning bosh nashri bo‘lgan “Pravda” gazetasining “Oltin xazinasi ustidagi ilon” deb nom olgan maqolasida, boshqa etakchi markaziy nashrlarda xalqimiz boshiga tinimsiz tuxmat va bo‘xtonlar yog‘dirilmoqda edi. Sobiq Markazdan yuborilgan, el-yurtimiz o‘rtasida “desantchilar” deb nom olgan guruxlar tomonidan qancha-qancha begunox insonlar, butun-butun oilalar tazyiq va ta’qiblarga uchraganini jamoatchiligimiz yaxshi eslaydi.
SHu davr mobaynida o‘lkamizda ro‘y bergan Farg‘ona, Guliston, Bo‘ka, O‘sh, Namangan voqealari paytida, tarixda “GKCHP” deb nom olgan, SSSR davlatining so‘nggi kunlarida bir gurux imperiyaparast kuchlar tomonidan amalga oshirilgan siyosiy to‘ntarish chog‘ida va boshqa shu kabi o‘ta keskin vaziyatlarda Islom Karimovning yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lni topa olgani, xalqimizning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash uchun kechayu kunduz tinimsiz mashaqqatli faoliyat olib borganini tasdiqlaydigan tarixiy manbalar xam ushbu kitobda o‘z aksini topgan.
Mamlakatimizni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy axvolni o‘nglash, xalq dardiga darmon bo‘lish, yillar davomida echilmasdan kelgan muammolarni xal etish maqsadida axoliga uy-joy qurish uchun uchastka maydonlari va tomorqa erlari ajratish, paxta yakkaxokimligiga barham berish borasida davlatimiz raxbari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli respublika bo‘yicha 700 mingta oilaga er berilgani, muallif ta’biri bilan aytganda, kichikroq bir davlatning axolisiga teng bo‘lgan 1,5 million yangi oila paydo bo‘lgani, qurilish materiallari ishlab chiqarish, odamlarga kredit berish, o‘z xo‘jaligini yuritish uchun urug‘lik, chorva mollari va parranda ajratishga qaratilgan ulkan ishlar xaqida ma’lumot beradigan chiqishlar xam shu to‘plamdan o‘rin olgan.
Mustaqillik g‘oyalari keng qanot yoza boshlagan, xalqimiz ozodlik va erkinlikka intilgan bir paytda YUrtimizning dadil qadamlarini ko‘rolmaydigan g‘arazli kuchlar sobiq Markazda xam, o‘zimizda xam topiladi. Bunday siyosiy o‘yin va fitnalarga bir misol sifatida 1991 yil 17-19 avgust kunlari – Islom Karimov Hindiston Respublikasida rasmiy safarda bo‘lgan paytda yuz bergan voqealarni keltirish mumkin. Mamlakat raxbarining O‘zbekistonda emasligidan foydalanib, yurtimizdagi ayrim raxbarlar GKCHP (Gosudarstvennaya komissiya po chrezvichaynim polojeniyam), ya’ni Favqulodda holat davlat komissisining noqonuniy qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shu tariqa o‘zining siyosiy va ma’naviy qiyofasini ko‘rsatadi. Faqatgina yurtboshimizning mustahkam irodasi, oqilona va vazmin siyosati tufayli GKCHP tarafdori bo‘lgan siyosiy avantyuristlar o‘z qabix niyatiga etolmagani xam kitobdagi chiqishlarda ifodasini topgan.
Afsuski, bugun vaqt o‘tishi bilan ana shu voqealarni ko‘rgan-bilgan, ularga bevosita guvox bo‘lgan odamlarning soni tobora kamayib bormoqda. YAqin tariximizning mash’um bir davrida sodir bo‘lgan bu voqealarni bilmasdan, ularning moxiyatini chuqur anglamasdan turib el-yurtimizning istiqlolga erishish yo‘lidagi kurashlar tarixini barcha murakkabliklari bilan to‘liq tasavvur etib bo‘lmaydi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur kitobdan o‘rin olgan tarixiy xujjatlar, nutq va ma’ruzalarning bugungi va ertangi kunimiz uchun o‘ta muxim axamiyatga ega ekani yanada yaqqol ayon bo‘ladi.
2. Nihoyat, orziqib kutilgan qutlug‘ sana – 1991 yilning 31 avgust kuni etib keldi. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining oltinchi sessiyasida Islom Karimov tantanali ravishda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi. U o‘zining tom ma’nodagi tarixiy nutqida qo‘yidagi fikrlarni alohida ta’kidladi:
“Mamlakat katta falokat yoqasiga, jar yoqasiga kelib qolganini ko‘rib turibmiz. Xalq o‘zining ertangi kuniga ishonchini kundan kunga yo‘qotyapti. Odamlar o‘zlarining, oilasining, bola-chaqasining tinchligiga kafolat istaydi. To‘kis, xotirjam hayot talab qilyapti. Bu istaklar, bu talablar safsatabozlik va va’dabozlik ostida ko‘milib ketyapti.
Bizning xalqimiz sabr-bardosh, yaxshilik, osoyishtalik, boshqa xalqlarga nisbatan xayrixohlik ruhida tarbiyalangan. Bu xalq bugun bizdan himoya talab qilyapti, tinch-totuv hayot, og‘ir mehnatiga yarasha turmush sharoitlarini talab qilyapti. Bu – haqqoniy talabdir.
O‘zbekiston rahbariyati hech qachon, qanday ittifoq bo‘lmasin, kim bilan ittifoq bo‘lmasin, qanday sharoit bo‘lmasin, ikkinchi darajali rolga rozi bo‘lmaydi, bunga yo‘l ham qo‘ymaydi”.
Va nihoyat Mustaqillik ana shunday iztiroblar, qon yutishlar iskanjasida qolgan xalqimiz qalbiga nur, umidlariga qanot, dardlariga malham bo‘lib keldi. Mustaqillikning ma’naviy-ijtimoiy mazmuni, uning beqiyos mohiyati ana shunda. Mazkur xulosalarlan kelib chiqib Birinchi Prezident Islom Karimov: “Mustaqil o‘zbek davlati – xalqimizning tarixiy yutug‘idir. Xalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O‘zbekiston chinakam mustaqillikni qo‘lga kiritib, gullab-yashnashi va faro- vonlikka erishishi, taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rinni egallashi – biz ko‘zlayotgan oliy maqsaddir”, deganida tom ma’noda butun xalqimizning orzu-umidini, maqsad va intilishlarini ifoda etgan edi.
Mustaqillikning mohiyati, uning tarixiy ahamiyati milliy uyg‘onish va milliy tiklanish jarayoni bilan bog‘liq. Xatqimiz millat sifatidagi beqiyos qadriyatlarini, asrlar mobaynida shakllangan ma’naviy-ruhiy boyliklarni qanchalik chuqur anglasa, milliy uyg‘onish hissi shunchalik kuchayadi. Qalbidan millat, vatan, ajdodlar oldidagi burch tuyg‘ulari qanchalik chuqur joy olgan bo‘lsa, o‘zligini anglashga, o‘z milliy qadriyatlarini tiklashga shunchalik ko‘proq ehtiyoj sezadi. Bunday odamlar kurashchanlik, tashabbuskorlik, o‘z-o‘zini, demakki, millatini va vatanini himoya qilish qudrati beqiyos bo‘ladi. SHuning uchun ham biz mustaqillik uchun kurashning butun mazmun-mohiyatini shaxs ma’naviy barkamolligi, uning har tomonlama etukligi bilan bog‘liq holda tushunmog‘imiz kerak. Ana shunda mustaqillikning taraqqiyot yo‘llari, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy, g‘oyaviy-axloqiy asoslari mustahkam bo‘ladi.
Milliy tiklanish, uyg‘onish hodisasi juda keng, murakkab tarixiy jarayondir. U xalqimiz hayotining hamma sohalarini qamrab oladi. Iqtisodiyot, siyosiy faoliyat, ma’naviyat, ilm-fan, til, tarix, urf-odatlar, hunarmandchilik, me’morchilik barcha-barchasini inson kamoloti bilan bevosita daxldor barcha masalalarni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Milliy tiklanishga birdaniga erishib bo‘lmaydi. Milliy tiklanish uzoq davom etadigan, ko‘p yillarni qamrab oladigan murakkab jarayon.
Biz ana shunday mashaqqatli va sharafli jarayonni boshdan kechirmoqdamiz. Butun O‘zbekiston – ulkan xonadonimiz ana shunday yangilanish va poklanish yo‘lidan bormoqda. Bizning ruhiyatimiz, tuyg‘ularimiz, eng nozik hissiyotlarimiz tiniqlashmoqaa, ravshanlashmoqda, turli changu g‘uborlardan tozalanmoqda.
3.O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini mustahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo‘lib, davlat ramzlari belgilab olindi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng kun tartibida ja­hon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlami amalga oshirish, ulami qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat- ning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jid- diy vangilanishlami taqozo etar edi.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bo‘lgan tayyor andozalari hech qachon bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bo‘lgan O‘zbekistonday qadirniv makonda o‘ziga xos yo‘l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham «Mustaqil O‘zbekiston tug‘ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o‘zi yurishga majbur edi».
Yana shuni ta’kidlash darkorki, O‘zbekiston o‘z mustaqilligi­ni qo‘lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo‘lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Hatto sobiq markazdagi ayrim «bashorat»chi O‘zbekistonga nisbatan «O‘zlaringni Mustaqil boshqarishga, Mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar», «Sizlar mute, qaram xalqsizlar», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xo­los» deb shovinistlarcha g‘arazgo‘ylik qilsa, mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar o‘rtasida «Endi O‘zbekiston qanday yo‘ldan boradi? Qanday jamiyat quradi? Markazsiz yashay oladimi? Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta’minlanadimi?» - qabilidagi savollar paydo bo‘lgan edi. Unga har kim o‘zicha javob qidirar edi.
Tabiiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O‘zbekiston uchun o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tan­lash, yangi jamiyat barpo qilish uchun o‘z andozasini ishlab chiqish g‘oyat dolzarb va ahamiyatli edi. O‘z navbatida bunday vazifani uddalash O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o‘rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan, diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo etardi. Ayni chog‘da, O‘zbekistonning o‘z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasini o‘rganish, ularning foydali tomonlarini o‘zlashtirish bilan birga O‘zbekiston xalqining turmush tarzi va an’analariga ham tayanish lozim edi.
Shuning uchun ham O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunidanoq, «jahon va o‘zimizning amaliyotimizdan olingan bar­cha unumli tajribani rad etmagan holda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olishga kirishdi».
Albatta, mamlakat hayot-mamot bosqichida turgan bir paytda uning yangi jamiyatga o‘tishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish dav­lat rahbaridan yangi sharoitga mos boshqaruv tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g‘oyalar tizimini yaratishni talab etardi. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat mustaqilligi­ning tashabbuskori va rahnamosi sifatida Prezident xuddi ana shun­day paytda o‘zining qat’iy, ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan yashovchan xulosalarini o‘rtaga tashladi.
Hali sobiq ittifoq mavjud bo‘lgan davrda I. Karimov respublika rahbarligiga(1989 yil, iyun) kelgan vaqtdan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub o‘zgarishlarni boshlab yuborgan edi.
1990-yil mart oyidayoq sobiq ittifoq respublikalari ichida birinchilardan bo‘lib, O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining tashkil etilishi, g‘oyaviy qarashlari, siyosati yangilanayotgan jamiyatga mos bo‘lmayotgan O‘zbekiston Kompartiyasini Xalq demokratik partiyasiga aylantirilishi, hokimiyatning asta-sekin va izchillik bilan partiya idoralaridan Prezident, hukumat, mahalliy idoralar qo‘liga o‘tishi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilib, milliy qadriyatlaring tikla- na boshlagani O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li shakllanayotganini ko‘rsatar edi.



Download 81,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish