264-mashq. O‘qing. Holat ravishlarini aniqlab, so‘rog‘i va gapdagi vazifasini ayting;
ularni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan ko‘chiring.
1. Toshpo‘latning yordamchilari birin-sirin kelishdi. (N.Biryukov.) 2. Gulzordagi
anvoyi gullarning yaproqlarini birov erinmasdan bittalab artib chiqqanday. (H. G‘.) 3.
Karima oshxonaga asta kirib ketdi. (H. G‘.) 4. Ular yonma-yon o‘tirdilar. (H. G‘.)
5. Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. (H. O.) 6. Ashula eshitayotgan
bo‘lib, zimdan CHorini kuzatdi. (X. Deryaev.) 7. Siz bahuzur dam olib yotavering, darrov
kelib ovqatga unnab yuboraman. (S. Ahm.) 8. ...Yarim kechagacha chuvalchangnamo
harflarni o‘z qo‘li bilan terib, birinchi nutqini zo‘rg‘a yozib bo‘ldi. (A. Q.) 9. Halima
o‘zining uchqo‘rg‘onlik ekanini bexosdan eslab qoldi. (N. Biryukov.)
Do'stlaringiz bilan baham: |