272- mashq. O‘qing, ravish darajalarini aniqlang, ularni darajasiga ko‘ra uch ustunga
yozib, daraja yasovchi vositalar tagiga chizing.
1. Norqo‘zi bilan yigitchasiga bir gaplashsin. (H. G‘.) 2. Samovarga, menimcha,
kassirning hojati yo‘q, bu yigit katakdan ko‘ra dalaga ko‘proq yarashadi. (A. Q.) 3.
SHukur, olamda yomondan ko‘ra yaxshi ko‘p. (H. N.) 4. Nazarida, bugun tong har
galgidan ko‘ra barvaqtroq yorishayotgandek, shu yozuvni tezroq odamlarga ko‘rsatishga
oshiqib vaqtli yorishayotgandek edi. (S. Ahm.) 5. Sen eng avval xavfsizlik texnikasini
o‘rganishing kerak. (P. Q.) 6. Yomg‘ir bu yerda Toshkentdagidan ham mo‘lroq
yoqqan, yo‘l loy... (H. G‘.) 7. Rostini aytsam, bundan sal burunroq yangi maktab
ochilishi to‘g‘risida mish-mish gaplar eshitgandim. (N. S.)
273-mashq. O‘qing, tub va yasama ravishlarni aniqlang. Yasama ravishlarning
yasalish usulini tushuntiring. Avval morfologik (affiksatsiya) usul bilan, keyin sintaktik
(kompozitsiya) usul bilan yasalgan ravishlarni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan birga
ko‘chirib, ravishlarning tagiga chizing.
1. Kuniga savat-savat narsa tashib uzoq-yaqindan keladigan ota-onalariing
xarxashasini aytmaysizmi! (S. Ahm.) 2. Ohu buloq izlaganday, seni deyman har zamon.
(SH. Rustaveli.) Darvoqe, mehnat yashartirayotgan qariyalarimiz ozmuncha emas-ku!
Yunus Rajabiy ham jo‘shqin hayotimiz yoshartirgan hamisha navqiron, hamisha quvnoq,
e’tiborli va hurmatli qariyalarimizdandir. (S. Karomatov.)4. Nutqining eng
haroratli, eng kuchli joyiga kelganda, artistona harakat qilib, raisga... ma’nodor qarab
qo‘yardi. (S. Nazar.) 5. Jang olag‘ovuri to‘satdan boshlanganidek, birdan taqqa
to‘xtadi. (N. T.) 6. Uning yurish-turishini kuzata-kuzata o‘z yuragida paydo bo‘lgan
gaplarni birato‘la aytib olishni istar, lekin qulay fursat topmas edi. (S. Nazar.) 7.
Kitobdagi so‘zlar Risolatga osonlikcha tutqich bergani yo‘q. (S. Karomatov.) 8. Katta
nevarasi har kuni uni necha marta xilma-xil qilib suratga ola berdi. (A. Q.) 9. Anvar bilan
Umida bir partada o‘n yil yonma-yon o‘tirib o‘qishdi. (S. Ahm.) 10. Gulxan atrofida
o‘tirganlar birin-ketin keta boshlashdi. (Q. Abukov.) 11. Endi bu cho‘g‘ning yuzini butunlay
kul bosgandek bo‘ldi. (S. Ahm.) 8. Qadimdan udum bo‘lgan bu odatni ular hamon yo‘ldan
qatnaydigan qilib qo‘ydi. (S. Ahm.)
Do'stlaringiz bilan baham: |