267-mashq. Payt ravishlari va payt ma’nolarini ifodalovchi otlarni hamda sonlarni
topib, ularning farqini tushuntiring.
1. Keyin eski maktabiga bir kun borsa, uch kun bormaydigan odat chiqardi.
(M.Ism.) 2. Har gal qishloqdan stantsiyaga o‘tayotganimda, ...yuragimda chiroyli hislar
g‘alayon qiladi. (S. Ahm.) 3. Mutalning hali esida: ularning to‘yi ming to‘qqiz
yuz o‘ttiz to‘rtinchi yilning avgustida bo‘lgan edi. (S. Ahm.) 4. O‘zi imtihon hamma vaqt
saraton kirish oldida boshlanadi. (S. Ahm.) 5. Hovli o‘rtasidagi bir tup shaftolining
bahorda pushti gulga burkanishini, yozda sap-sariq mevadan larzon bo‘lishini, kuzda
barglari olovdek yonishini, qishda yalang‘och novdalariga bulduruq qo‘nishini ko‘rib
o‘taman. (S. Ahm.) 6. Boya yeldek uchib ketayotgan odam endi shoshilmasdi. (S. Ahm.)
7. Oftob deraza qirovini eritib har kuni bir tomchidan tuvakka sachratganidan Nigora
bexabar edi. (S. Ahm.)
268-mashq. O‘rin ravishlari va o‘rin-joy otlarini topib, farqini tushuntiring, alohida-
alohida ko‘chiring.
1. Zalda o‘tirganlar... Anvarga qarab qanday baxtli odam-a, deyishayotgan emish. (S.
Ahm.) 2. Pastda toshqin Amu pishqirib, shag‘illab ko‘hna Orol tomon shoshilmoqda.
(S. Karomatov.) 3. Hali obedda kontoraga birga boramiz, o‘sha yerda ishni bitkazamiz.
(S. Ahm.) 4. Poezd meni sershovqin stantsiyaga tashlab, yana qichqirganicha oldinga
intildi. (S. Ahm.) 5. Supaga o‘tirib u yoq-bu yoqqa qaradim. (S. Ahm.) 6. Xuddi shu
yerdan, shu do‘kondan ikki respublikaning chegarasi o‘tardi. (S. Ahm.) 7. Oldinda juda
jiddiy, murakkab hayot borligini qayoqdan bilaman. (S.. Ahm.) 8. Birdan qayrag‘och
tagidagi skameykada yonboshlab yotgan bir kishiga ko‘zim tushdi-yu, orqamga qaytdim.
(S. Ahm.)
269- mashq. O‘qing, sabab va maqsad ravishlarini topib, ularning farqi va gapdagi
vazifasini ayting; gaplarni ko‘chirib, ravishlarning turini ustiga yozing.
1. «Atayin qildim, — dedi Asrora. — SHaftoli olib chiqolmaydi». (S. Ahm.) 2. Dildor
daladan qaytayotib yo‘lni yaqin qilish uchun ataylab tutzor oralab kelardi. (S. Ahm.) 3.
To‘lagan chol noiloj o‘rnidan turdi. (S. Ahm.) 4. O‘zi bo‘lsa qizlar oldidan atayin
gerdayib, pisand qilmay o‘tadi. (S. Ahm.) 5. Elmurod noiloj indamaslikka majbur bo‘ldi. (P.
T.) 6. Unsin tog‘asining gapiga parvo qilmaydi, jo‘rttaga qaddini tag‘in ham tikroq ko‘tarib
o‘tib ketaveradi. (O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |