46
Morfologiya grammatikaning tarkibiy qismi bо‘lib, uning
vazifalari xilma-xildir. U avvalo sо‘zlarning tuzilishi va gapda
о‘zgarishini о‘rganadi. Morfologiya sо‘zlarning muayyan turkumlarga
ajratilishi bilan bog‘liq. Bu hodisa morfologik kategoriyalarni vujudga
keltiradi. Shunga ko‘ra sо‘z turkumlari va ularning xususiyatlarini
tekshirish morfologiyaning muhim vazifalaridan biridir. Birinchidan,
sо‘zlar lug‘aviy ma’no bilan birgalikda turli grammatik ma’nolarni
bildiradi. Grammatik ma’nolarni ifodalashga ko‘ra sо‘zlar har xil
shakllarda ham bо‘ladi. Sо‘zlardagi bunday shakllarni ham morfologiya
о‘rganadi. Masalan: dо‘stlarimiz sо‘zidagi dо‘st sо‘zining lug‘aviy
ma’noli shakli, -lar kо‘plik ma’noli, -imiz egalik ma’noli shakllaridir.
Morfologiya atamasining morfe - «shakl», logos - «sо‘z» ekanligi
ham uning sо‘z shakllari haqidagi ta’limot ekanligini kо‘rsatadi.
Xullas, til sathi sifatida morfologiya nisbatan qamrovdor bо‘lib,
sо‘z shakllari, sо‘zlarning tuzilishi va gapdagi о‘zgarishi, sо‘z
turkumlari, ularning qonuniyatlarini о‘rganuvchi ta’limotdir.
Sо‘z shakllari. Sо‘z shakllari hodisasi tilshunoslikdagi о‘ziga xos
hodisalardan biridir. Unda ma’lum sо‘zning lug‘aviy ma’nosini saqlagan
holda turli shakllarda qо‘llanilishi tushuniladi. Masalan: kitob, kitobni,
kitobdan, kitobimiz, kitobingiz.
Sо‘z shakllarining о‘zgarishi dastlab shu sо‘zning lug‘aviy ma’nosiga
daxldor bо‘lib, uning qaysi turkumga mansubligini belgilaydi va shu
turkumga xos vositalar asosida о‘z shaklini о‘zgartiradi. Masalan: daraxt,
odam, gul sо‘zlari ot turkumiga xos, bu sо‘zlar о‘z shaklini otga xos
bо‘lgan kelishik, egalik, kо‘plik qо‘shim-chalarini olgan holda о‘zgartiradi:
daraxtning, daraxtim, daraxtlar, Sifat turkumiga xos sо‘zlar esa shu turkumga
xos daraja hosil qiluvchi vositalarni qabul qilgan holda о‘z shaklini
о‘zgartiradi. Masalan: qizil-qizg‘ish, qizilroq, juda qizil. Sо‘z shakllarining
о‘zga-rishidagi bu holat belgilangan, turg‘un holat emas. Sо‘z shakllarini
о‘zgarishi uchun asos bо‘ladigan qо‘shimchalar, sо‘zlarni muayyan
turkumga taalluqli ekanligini belgilashda muhim bо‘lsada, boshqa
turkumga xos qо‘shimchalarni, ayniqsa, otlardagi kelishik, egalik, ba’zan
kо‘plik qо‘shimchalarini boshqa turkumdagi sо‘zlar olgan holda о‘z
shaklini о‘zgartiradi. Masalan: kattaning, kattalar, mening, kо‘pning,
kо‘plik va hokazo. Sо‘z shakllarini о‘zgarishi ikki holatni vujudga
keltiradi. Birinchidan, sо‘z shakli о‘zgarganda, sо‘zdagi asosiy ma’noga
qо‘shimcha ravishda grammatik ma’no ifodalaydi. Masalan: bolalar
sо‘zidagi-lar qо‘shimchasi orkali ifodalangan ma’no kо‘plik ma’nosidir.
Ikkinchidan, sо‘z shaklining о‘zgarishi gapda sо‘zlarning о‘zaro
birikishini, bog‘lanishini ta’minlaydi: ishdan kelmoq birikmasidagi -dan
qо‘shimchasi sо‘zlarni biriktirish vazifasini bajargan.
Kо‘rinadiki, sо‘z shakllarining о‘zgarishi natijasida morfologik
shakl va sintaktik shakl vujudga keladi. Morfologik shakl shakl yasovchi
qо‘shimchalar yordamida, sintaktik shakl esa sо‘z о‘zgartiruvchi
qо‘shimchalar orqali hosil bо‘ladi. Bundan tashqari tilda sо‘z yasalishi
uchun xizmat qiiladigan sо‘z yasovchi qо‘о‘shimchala ham mavjud
bо‘lib, ular bir butun holda sо‘zning morfologik tuzilishini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: