1- mavzu: Morfemika


So‘zning grammatik shakli



Download 2,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/576
Sana30.12.2021
Hajmi2,94 Mb.
#97132
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   576
Bog'liq
ona tili va adabiyot

So‘zning grammatik shakli. 
 
So‘zning  biror  grammatik  ma’no  ifodalaydigan  ko‘rinishi  uning  grammatik 
shakli  deyiladi.  Grammatik  shakl  grammatik  ma’noni  ifodalashning  eng  zaruriy  sharti, 
tilda  ular  biri  ikkinchisiz  mavjud  bo‘lmaydi.  Masalan,  otlardagi  ko‘plik  ma’nosi  –lar 
affiksli  shakl  orqali  ifodalanadi:  gullar;  tushum  kelishigi  ma’nosini  –ni  affiksli  shakl 
ko‘rsatadi va h.k. 
O‘zbek  tilida  so‘zlar  bir  grammatik  ko‘rsatkichli,  ko‘p  grammatik  ko‘rsatkichli 
yoki  grammatik  ko‘rsatkichsiz  shaklda  bo‘lishi  mumkin.  Masalan:  mamlakat  – 
grammatik  ko‘rsatkichsiz  so‘z  shakli;  mamlakatlari  –  bir  grammatik  ko‘rsatkichli  so‘z 
shakli; mamlakatlarida – ko‘p grammatik ko‘rsatkichli so‘z shakl. 
Hozirgi o‘zbek tilida so‘zlarning grammatik shakllari affikslar, yordamchi so‘zlar 
vositasida,  so‘zlarni  juftlash  yoki  takrorlash  orqali  hosil  qilinadi.  SHunga  ko‘ra 
so‘zlarning quyidagi grammatik shakllari farqlanadi: 
1.  Sintetik  shakl.  Bu  shakl  shakl  yasovchi  affikslar  vositasida  hosil  bo‘ladi: 
kitobning,  kitobni,  kitobga,  kitobda;  o‘qimoqdaman,  o‘qimoqdasan,  o‘qimoqdamiz, 
o‘qimoqdasiz kabi. 


 
44 
 
2.  Analitik  shakl.  Mazkur  shakl  yordamchi  so‘zlar  orqali  yuzaga  keladi:  bolalar 
uchun, zavq bilan, o‘qib tur, o‘qib ko‘r kabi. 
3. Juft va takroriy shakl. Ikki so‘zni juftlash yoki bir so‘zni takrorlash bilan ham 
grammatik shakl yasaladiki, bunday shakl juft va takroriy shakl deb yuritiladi: tog‘-tosh, 
katta-kichik  juft  shakli  umumlashtirish  ma’nosini,  savat-savat  (non),  tog‘-tog‘  (paxta) 
takrorlash shakli ko‘plik, mo‘llik ma’nosini ifodalaydi, katta-katta, tez-tez takroriy shakl 
ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. 
Demak,  so‘zning  u  yoki  bu  shakli  maxsus  vosita  va  usullar  yordamida  yuzaga 
keladi. Ammo o‘zbek tilida so‘zlarning maxsus grammatik ko‘rsatkichga ega bo‘lmagan 
shakllari ham mavjud. Masalan:  
institutlar – institut Ø (birlik son); 
institutda – institut Ø (bosh kelishik); 
ishlama – ishla Ø (bo‘lishli fe’l shakli) kabi. 
 
So‘zning  shakllari  tizimida  ko‘rsatkichga  ega  bo‘lmagan  so‘zning  maxsus 
ko‘rinishi  nol  ko‘rsatkichli  (Ø  ko‘rsatkichli)  shakl  deb  yuritiladi.  So‘zning  bunday 
ko‘rinishi so‘z shakllari tizimida belgilanadi. 
So‘zning  grammatik  shakllari  tizimi  paradigma  (yunoncha  paradeima  – 
«namuna») deyiladi. 
Paradigma  o‘z xususiyatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1) xususiy paradigma, 2) 
to‘liq paradigma. 
Bir turkumga oid so‘zning muayyan shakllari tizimi xususiy paradigmani yuzaga 
keltiradi.  Masalan,  otlardagi  son  paradigmasi  (kitob-kitoblar),  otlardagi  kelishik 
paradigmasi  (kitob-kitobning-kitobni-kitobga-kitobda-kitobdan)  va  boshqalar  xususiy 
paradigmalar hisoblanadi. 
Bir turkumga xos xususiy paradigmalar yig‘indisi to‘liq paradigmani hosil qiladi. 
Masalan,  otga  xos  to‘liq  paradigma:  kitob-kitoblar-kitob-kitobning-kitobni-kitobga-
kitobda-kitobdan-kitobim-kitobing-kitobi-kitobimiz-kitobingiz... 
 

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   576




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish