275-mashq. O‘qing, ravishlarni topib, ularni tuzilish jihatdan turlariga ko‘ra quyidagi
jadvalga yozing.
Gap
№
Sodda ravishlar
Qo‘shma
ravishlar
Juft ravishlar
Takroriy
ravishlar
tub
yasama
1. “Ayajon, bemalol uxlang, men yana bir oz o‘qiy”, — dedi Tansiq. (O.) 2. Erta-
indin hukumat vakillari kelisharkan. (N. S.) 3. Yigitlarimiz bilan birpas hangamalashib, keyin
ketasiz. (S. Ahm.) 4. Bu yerlarda yashash va mehnat qilishning o‘zga zavqi, o‘zga gashti,
o‘zga latofati bor. (SH.) 5. Raisni ko‘rish bilan qizlar uzoqdan qo‘llarini silkishdi, ba’zilari
birdan kuylab yuborishdi. (O.) 6. Allaqaerda hushtak chalib, keyin ostanovka asfalьtini bir
sidra birakayiga shipillatib supurib o‘tgan muzdek yel endi Ummatalining etini junjitdi. (SH.)
7. Mash’ala gurillab cho‘lning uzoq-yaqinini yoritdi. (S. Ahm.) 8. Qadimdan udum bo‘lgan
bu odatni ular hamon saqlab kelishadi. (S. Ahm.) 9. Bu qutlug‘ uyda meni o‘zimga o‘zimni
tanitgan nurdek tiniq, oftobdek issiq odamlar yashaydi. (S. Ahm.) 10. Ariq-zovurlar
allaqachon qazib, tozalab qo‘yilgan edi. (S. Nazar.) 11. Samosvallar u yoqdan-bu yoqqa
vag‘illab o‘tib turibdi. (S. Ahm.)
276-mashq. O‘qing, sifat, sifatdosh va ravishlarni topib, ular orasidagi o‘xshash va
farqli tomonlarni tushuntiring.
1. Juvon o‘tdek chaqnab turgan ko‘zlarini katta-katta ochib menga qarab turardi. (S.
Ahm.) 2. “Bu mug‘ambir, tantiq shahzoda Hirotda uzoq turolmaydi”,—dedi Husayn oldinda
borayotgan otliqlarning do‘pir-do‘piriga quloq solarkan. (L. Batь.) 3. Mana endi vahshiy
daryo dahshatidan, o‘rmondagi yirtqich hayvonlar hujumi xavfidan, tirikchilik
mashaqqatlaridan butunlay qutulding. (S. Nazar.) 4. Hamma yoqda so‘lim va osuda yoz
kechasi hokim. (S. Ahm.) 5. Birdan muzdek shamol esib, uning bahridilini ochib yubordi.
(S. Ahm.) 6. Kran pastdan uncha baland ko‘rinmagan edi. (S. Ahm.) 7. Yodimizda
go‘zal qo‘shiqlaringiz, Do‘stona, sermazmun, maroqli suhbat. Karpat tog‘idan ham kattaroq
erur Bizga ko‘rgazilgan. ho‘rmat, muhabbat. (U.)
277- mashq. O‘qing, ravishlarni topib, to‘liq morfologik razbor qiling. Ajratib
ko‘rsatilgan so‘zlarni morfemalarga bo‘ling.
1. Attang, putyovkani shu yoqqa olmabsiz-da. (S. Ahm.) 2. Matluba qurilish
kontorasiga ishga kelganiga picha bo‘lgandi. (E. Nosirov.) 3. U maktabga bizdan ikki yil
ilgari kirgandi. (K. Abukov.)4. Ro‘parada egilib o‘sgan archa ko‘m-ko‘k yashnab
turardi. (S. Yunusov.) 5. Ayriliqda o‘tgan vaqt ichida har ikkisida ham xiyla o‘zgarishlar
yuz bergan, ammo ular hamon bir-birlariga intilardilar. (L. Batь.)
Do'stlaringiz bilan baham: |