274- mashq. O‘qing, modal shaklda qo‘llangan ravishlarni aniqlab, ularning ma’nosi
va modal shakl yasovchi vositalarini izohlang.
1. SHamsi yo‘lda yomg‘ir ko‘lobi tez-tez uchrab turganidan mototsiklni unchalik tez
haydamasdi. (S. Ahm.) 2. Erta bahorning endigina yerdan qor ketgan kunlari edi. (S. Ahm.) 3. Bir tomchi suvda qanchalar qudrat borligini u sira-sira xayoliga keltirolmasdi. (S. Ahm.) 4. Saraton qizdirgan dala o‘rtasida 6ilqillab yotgan tuproq yo‘ldan kelarkan, u tezroq
236
anhorga yetib olishga shoshilardi. (S. Ahm.) 5. Murchini ko‘proq sepib qo‘yibman, mayli,
foyda qiladi. (S. Ahm.) 6. Birpasdayoq Anvarning boshi aylanib ketdi. (S. Ahm.)