265-mashq. O‘qing, miqdor va daraja ravishlarini topib, alohida-alohida
ko‘chiring, ularning ma’no va grammatik jihatdan farqini, gapdagi vazifasini
tushuntiring.
1. Saroy uchun allaqancha taxta, yog‘och, tunuka oldirib qo‘ygan. (S. Ahm.) 2.
Bir oz sabr qilasiz. (I. R.) 3. Kolxoz idorasi xiyla balandroq yerda. (As. M.) 4. Samolyot
uchishiga hali bir soatdan mo‘lroq vaqt bor, borib skameykaga o‘tirdik. (U. N.) 5.
Mehmonni uyga olib kir, men otga picha yem tashlab qo‘yay. (S. Ahm.) 6. Suv sal
taxchil bo‘lar deyman. (S. Ahm.) 7. Paxtachilikni mexanizatsiyalash, ayniqsa, terim
mashinalarining tuzilishi, ishlash printsipi haqidagi broshyuralarni sira qo‘ymay o‘qidi.
(S. Karomatov.)
Do'stlaringiz bilan baham: |