253-mashq. O‘qing. Shart mayli shaklidagi fe’llarni topib, yasalishi va tuslanishi,
zamon ifodalash xususiyatini tushuntiring.
1. Xayol bilan bo‘lib ko‘chaga chiqayotsam, eshik oldida sariq fufayka kiygan, kulcha
yuzli notanish bir qiz ro‘para bo‘ldi. (O. Husanov.) 2. Sen hayqirsang ko‘pirib, g‘uncha
tabassum etar, Bulbul qo‘shig‘i bilan bo‘ston jaranglab ketar. (S. Nazar.) 3. Kimga kulib
boqsa quyoshli davron, Saodat o‘lkasi bo‘lsa diyori, Bo‘lmas yuragida zarracha armon,
Yashnar menikiday ko‘ngil bahori. (S. Nazar.) 5. Kiyintirsam seni bahorga, Yulduzlarni
o‘rasam qorga, Olib kelib oldingga qo‘ysam, Ham yulduzni, ham seni suysam... SHunda
sening ko‘ngling to‘lurmu? (H. O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |