SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Sifatlarning yasalishi haqida gapiring.
2. Sifatlarning otlashishi.
3. Boshqa turkumdagi so‘zlarning sifat o‘rnida qo‘llanishiga misollar keltiring.
4. Sifatlarning tuzilish jihatdan turlarini ayting.
MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI:
1. Issiq, sovuq sifatlarining isimoq, sovumoq fe’llariga qanday munosabati bor?
A) sifatlar fe’llardan yasalgan B) fe’llar sifatlardan yasalgan C) sifat va fe’llar “is”,
“sov” so‘zlaridan yasalgan D) ularning o‘zaro munosabati hozir unutilgan
2. Taqlid so‘zlardan yasalgan sifatlar berilgan qatorni toping.
A) yaltiroq, yarqiroq, so‘lqildoq B) jizza, qahqaha, sharshara C) do‘rildoq, chiyildoq,
likildoq D) qalbaki, dahanaki, xomaki
3. Qaysi qatorda sifat yasovchi sinonim qo‘shimchalar berilgan?
A) -li, ba-, bo- B) -siz, -gi, -ki
C) -ag‘on, -li, -simon D) -gan, ser-, no-
Do'stlaringiz bilan baham: |