15-rasm. Kameliya bargining sxemasi:
Asosiy tomir (A) uning kóndalang kesmasi (B):
1 - ustki epiderma; 2 – ustunsimon parenxima; 3 - g`ovak parenxima;
4 – hujayra tuzi bilan; 5 – tosh hujayralar; 6 – sklerenxima; 7 – ksilema; 8 – floema;
6-8 - yopiq kollateral ótkazuvchi boylam; 9 - pastki epiderma;
10 - og`izcha apparati; 11 – kollenxima.
Xlorenxima hujayralari xlorofilga boy bólgan ustunsimon va g`ovaksimon
parenxima tóqimalar bólib, ular yashil barglar va yosh novdalarda epiderma
hujayralari ostida joylashgan.
Ustunsimon xlorenxima silindr shaklidagi chóziq hujayralardan, g`ovaksimon
xlorenxima esa yumaloq hujayralardan iborat. G`ovaksimon xlorenxima
hujayralari, orasida bóshliqlar bóladi. Bu boshliqlarning vazifasi hujayrada gaz
almashinishi engillashtirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |