Debillik - birmuncha yengil daraja bo’lib, oligofreniyaning eng ko’p tarqalgan darajalaridan biridir. Maxsus maktab o’quvchilarining asosiy qismini debil bolalar tashkil etadi. Uni boshqa o’xshash anomaliyalar va sog’lom bolalardan ajratib olish ancha qiyin. Buning asosiy sababi shundaki, aqliy nuqsoni aytarli darajada chuqur emas. Aql idrok, xotira, tafakkur qobiliyatlarida kuzatiladigan kamchiliklar sezilarli darajada bo’lmaydi. Bog`cha yoshi davrida primitiv, sodda mazmunli o’yinlarni tashkil qila oladi. Maktab yoshi davrida esa ma`lum konkret holatlarni baholay oladi, amaliy masalalarni echishda to’g`ri ish tutadi. Nutqi asosan saqlangan bo’lib, mexanik xotirasi nisbatan yaxshi natijalar beradi. Bularning barchasi maxsus maktab dasturi hajmidagi materiallarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishga yordam beradi. Ular aniq masalalarni hal qilishlari mumkin bo’lsa ham keng va chuqur ko’lamli voqealar, hodisalar va muammolarni mustaqil tahlil etib to’g’ri xulosa chiqarishga ojizlik qiladilar. Ammo tafakkurni umumlashtirish qobiliyati yetishmasligiga qaramay, ular aniq fikrlash hisobiga maxsus maktab dasturlarini o’zlashtirishlari mumkin. Hamda, amaliy, ijtimoiy tajribalar orttirib, hayotning o’zgarib turadigan talablariga ma’lum darajada moslashishlari mumkin. Ularning his - tuyg’u, irodalarida ishonuvchanlik, soddalik hamda fe’l - atvorida g’o’rlik belgilari kuzatiladi. O’qishga qobiliyatlari sust, zehni past bo’ladi. Bu bolalar umumlashtira oladilar. Debil bolalarda yetarli harakatchanlik, ish qobiliyatlari saqlangan bo’ladi. Tushunchalarning shakllanishi juda qiyin amalga oshadi. Umumlashtirish, taqqoslash jarayonlari juda zaifdir. O’qilgan muayyan mavzuni qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar. To’g’ri yozish malakalarini qiyinchilik bilan egallaydilar. Ularning nutqi sodda, grammatik tomoni buzilgan, tili chuchuk bo’lishi mumkin.
Debil bolalarning bilish faoliyatidagi kamchiliklar matematika darslarida ayniqsa, yaqqol namoyon bo'ladi, negaki, eng oddiy hisoblash operatsiyalari ham abstrakt fikrlashni talab qiladi. Debil bolalar tartib sonlarini o'zlashtira oladilar, lekin qo'shish va ayirish, teskari sanash, eng oddiy masalalarni, misollarni yechishda juda qiynaladi. Bu bolalarda nisbatan hissiyot - iroda sifatlari yaxshi saqlangani natijasida o’zlarini nazorat qilish imkoniyatlari mavjud. Maxsus maktabning sharoitlari tufayli debil bolalar 8 yil davomida ommaviy maktablar boshlang`ich sinf hajmidagi o’quv materiallarini egallab, ma`lum ishlab chiqarish, kasb - hunar tayyorgarligini oladilar.
Qator ijobiy xislatlariga qaramay, bu bolalarga ham ma`lum darajada aqliy rivojlanmaganlik xosdir. Bu bolalarning tafakkurlari ko’rgazma - obrazli mazmunni kasb etadi. Tushunchalarning shakllanishi juda qiyin amalga oshadi. Umumlashtirish, taqqoslash jarayonlari juda zaifdir. O’qilgan muayyan mazmunni qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar. Fanlarni to’g`ri idrok qila turib, ularning ichki bog`lanishlarini tushunmaydilar. Bunday xislatlar debil bolalar bilan mazmunli rasmlar, izchil voqealarni tasniflash eksperimentlari o’tkazilganda yaqqol ko’rinadi. hisoblash malakalari ham qiyin shakllanadi. Sonlar, suratli arifmetik belgilar mohiyatini etarli tushunib etmaydilar. Ular sodda masalalarning shartlarinn dastlabki tushuntirishlarda bila olmaydilar. Uni echishda oldingi ishlagan yo’llarni qo’llaydilar. To’g`ri yozish malakalarini qiyinchilik bilan egallaydilar. Ularning nutqi sodda, grammatik tomoni buzilgan, tili chuchuk bo’lishi mumkin. So’zli tushuntirishlar konkret holatlar bilan bog`liq bo’lmasa materialni juda qiyin idrok etadilar. Debil bolalarning etarli aqliy taraqqiy etmaganligi ular shaxsining shakllanmaganligi bilan birga qo’shilib keladi. Bu xislat fikr yuritish va qarashlarning mustaqil emasligida, bilimga intilishlarning etishmasligida, tashabbuskorlikning bo’shligida, mehnat faoliyatlarida namoyon bo’ladi. Hissiyot - iroda sohalari etarli saqlangan holda, ayrim qayg`urish, xursand bo’lish vaqtlarida etarli, nuqsonsiz tengdoshlaridek o’zlarini tuta olmaydilar. Ayrim nozik differentsiyalashgan harakatlar, yuzlardagi ifodalilik etishmaydi. Ba`zan nevrologik belgilar, tana displaziyasi, endokrin buzilishlar uchraydi. O’z vaqtidagi to’g`ri ta`lim - tarbiya, mehnat malakalarni berish, aqliy nuqsonni murakkablashtiruvchi asab - ruhiy taassurotlarni yo’q qilish orqali debil bolalarni muvaffaqiyatli ravishda hayotga moslashtirish mumkin. Bu bolalar tashabbus, mustaqillik, bir ish turidan boshqa ish turiga tez o’tish talab etilmaydigan ish jarayonlarida etarli unum bilan mehnat qiladilar. Bu bolalardagi amaliy intilishlarning borligi, kelajakda jamiyatda o’z o’rinlariga ega bo’lishlarini bilishlari asosida mehnat malakalarini egallashlariga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |