1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja: Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi.
Iqtisodiy tarix fanining predmeti, metodlari va vazifalari.
Iqtisodiy tarixning manbalari va tuzilmasi.
Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi
"Iqtisodiy tarix" fani G'arbiy Yevropada XIX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan shiddatli iqtisodiy jarayonlar ta'sirida yuzaga keldi va u "Siyosiy iqtisod"dan ajralib chiqdi. U XIX-XX asrlardan boshlab Yevropa universitetlarida mustaqil fan sifatida o'qitila boshlandi, bundan tashqari, bularning hammasi rahbar xodimlarni tayyorlash hamda siyosiy sohada islohotlarni oqilona va samarali amalga oshirish uchun xizmat qildi.
Shu tariqa, 1895 yilda London universiteti qoshida iqtisodiyot va siyosiy bilimlar maktabi tashkil etilib unga ixtisoslashtirilgan kollej va 1896 yilda esa unga universitet qoshidagi alohida bo'lim maqomi berildi. Unga Buyuk Britaniyalik iqtisodiyot tarixining dastlabki namoyondalaridan biri bo'lgan U.Xyuins boshchilik qildi.
"Iqtisodiy tarix" siyosiy fanlar, sotsiologiya, huquq kabi fanlar bilan birga barcha o'quv rejalarida asosiy o'rinni egalladi. 1901 yilda Birmingem universitetining sanoat sohasi bo'yicha kadrlar tayyorlashga yo'naltirilgan savdo-sotiq maktabi tashkil etilib, unga keyinroq AQShning Garvard universitetida birinchi iqtisodiyot tarixi kafedrasiga asos solgan U.Eshli boshchilik qildi. Buyuk Britaniya
XX asrning boshlarida iqtisodiyot tarixi bo'yicha ma'ruzalar to'liq holda Britaniyaning Oksford va Kembridj kabi qadimgi va nufuzli universitetlarida o'qilardi, 1928 yilda Kembridj va 1931 yilda esa Oksford universitetlarida iqtisodiyot tarixi kafedralari tashkil etildi1.
1920-1930 yillarda iqtisodiyot tarixiga qiziqish ortdi va boshqa oliygohlarda, jumladan Edinburg va Glazgo universitetlarining tegishli kurslar o'qitiladigan yo'nalishlarida, keyinroq esa 50-60 yillarda bir necha kafedralar va ixtisoslashtirilgan bo'limlar tashkil etildi. 60-70 yillarda iqtisodiyot tarixi fani London universiteti, Lester, Sheffild, Liverpul, Nottingem shaharlardagi oliygohlarda o'z mavqeyini egalladi.
Fransiya Fransiyaning Parij shahrida iqtisodiyot va sotsiologiya tarixi instituti hamda ishlab chiqaruvchi kuchlar bozorining rivojlanishi tarixi bo'yicha markaz mavjud. Lion universiteti qoshida iqtisodiy va sotsial tarix markazi faoliyat ko'rsatmoqda.
Italiya Italiya oliygohlarida iqtisodiy tarix kafedralari faoliyat ko'rsatmoqda. Agar 50-yillarning boshlarida Italiya universitetlarining 46 tasida iqtisodiy tarix bo'yicha faqat 15 ta kurs o'qitilgan bo'lsa, 70-yillarning boshlarida 51 ta kurs, 80-yillarning boshida esa bunday kurslar soni 87 taga yetdi.
Shvetsiya Shvetsiyada iqtisodiy tarixni o'qitish va tadqiq qilish univer- sitetlarning ijtimoiy fakultetlari doirasida joriy etildi. Stokgolm va Uppsal universitetlari bu borada o'z an'analari bilan mashhur bo'ldi. Uppsal universitetida iqtisodiy tarix 1948 yilda "Siyosiy iqtisod"dan mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va 1955 yilda esa iqtisodiy tarix kafedrasiga asos solindi. AQSh
Iqtisodiy tarix AQSh universitetlarida ham o'qitiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy tarix iqtisodiyot nazariyasi bilan yagona tar- tib asosida birlashdi va bu "iqtisodiyot epidemiyasi"ning kuchli ta'sirida sinovdan o'tkazilgan.
Shunday qilib, iqtisodiyot xorijda allaqachon nafaqat iqtisod- chilar, balki yuristlar, siyosatshunoslar va sotsiologlarni tayyor- lashning ham ajralmas qismiga aylangan. Sobiq Ittifoqda iqtisodiy tarix Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlardan o'qitila bosh- landi.