1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

1993 yil 
1996 yil 
1997 yil  
2002 yil 
                                      Ekin maydonlari, ming gektar 
Jami ekin maydonlari 
4229,7 
4007,0 
4116,2 
3540,8 
Jumladan, g„alla ekinlari 
1280,3 
1740,5 
1757,3 
1393,7 
Texnika ekinlari 
1731,8 
1525,1 
1536,0 
1462,2 
Paxta 
1695,1 
1487,3 
1511,9 
1421,0 
Kartoshka  
44,5 
44,3 
57,4 
48,9 
Sabzavot 
151,9 
131,0 
129,1 
127,5 
Poliz ekinlari 
48,1 
39,3 
35,9 
37,3 
                                  
Dehqonchilik  mahsulotlari yetishtirish(ming.t) 
Don  
2142,4 
3562,0 
3775,6 
3550,8 
Shu jumladan bug„doy 
876,0 
2741,8 
3073,0 
4967,4 
Paxta  
4234,5 
3350,1 
3645,0 
3122,4 
Kartoshka  
472,4 
513,5 
691,9 
777,2 
Sabzavot  
3038,7 
2497,4 
2384,2 
2953,0 
Poliz ekinlari  
622,3 
469,7 
367,6 
475,4 
Meva  
560,1 
604,8 
547,7 
818,5 
Uzum  
381 
478,3 
511,5 
516,4 
 
Dehqonchilik. 
O„zbekiston  qishloq  xo„jaligining  yetakchi 
tarmog„i, dehqonchilikning qishloq xo„jaligi yalpi  mahsulotdagi hissasi 
65-70  foizni  tashkil  qiladi.  Mamlakat  tabiiy-iqtisodiy  sharoitiga  ko„ra, 
uning turli mintaqalarida aholi so„g„orish va lalmikor dehqonchilik bilan 
shug„ullanib kelgan. 
Lalmikor  dehqonchilik  maydoni  1  mln.  ga  dan  ko„p  bo„lib,  ular 
asosan  adir  zonalarda  joylashgan.  Bu  yerlarda  bo„g„doy,  tariq,  no„xat, 
ko„njut, zig„ir, lalmi qovun va tarvuz ekiladi, bog„dorchilik qilinadi. 
Sug„oriladigan  yerlar  1941  yilda  1,8  mln.ga  bo„lsa,  Mirzacho„l, 
Qarshi, Jizzax, Surxon-Sherobod cho„llarining o„zlashtirilishi, Markaziy 
Farg„onada yangi yerlar ochilishi natijasida 1998 yilga kelib 4,2 mln.ga 
dan oshdi. 
Sug„oriladigan  yerlar  jami  yer  resurslarining  atigi  9,3  foizini 
tashkil  qiladi,  ammo  dehqonchilik  yalpi  mahsulotining  98,5  foizini 
beradi. 


 
 
186 
186 
 Respublikada  dehqonchilikning  yetakchi  tarmog„ini  paxtachilik 
tashkil etadi. Paxtachilikning pirovard asosiy mahsuloti – paxta tolasi va 
paxta moyidir. 1 t. paxta xom ashyosidan o„rtacha 320-350 kg tola (3500 
m
2
 gazlama), 10 kg momiq, 620 kg chigit olinadi. O„z navbatida 620 kg 
chigitdan 110 kg moy, 225 kg kunjara, 175 kg shulxa, 35 kg linb, 30 kg 
tuk (delint) chiqadi. Umuman g„o„zadan olinadigan mahsulotlar asosida 
sanoat  usulida  1200  dan  ko„proq,  turli  mahsulotlar  ishlab  chiqarish 
mumkin. 
O„zbekiston  jahonda  (AQSHdan  keyin)  paxta    tolasi  eksport 
qiladigan eng yirik mamlakat. Paxtachilik agrosanoat majmui respublika 
xalq  xo„jaligining  70  foizdan  ko„proq  tarmoqlari  bilan  texnika  va 
texnologik  jihatdan  bog„liq.  O„zbekiston  paxtachiligi  mamlakatda 
mustaqillik  qo„lga  kiritilishi  bilan  o„z  geografiyasini  birmuncha 
qisqartirdi.  G„o„za  1986  yilda  2091,2  ming.ga  yerga  ekilgan  bo„lsa, 
1998 yilda 1521,6 ming.ga yerga ekildi. O„zbekiston paxtachiligini 2001 
yil  bo„yicha  tahlil  qiladigan  bo„lsak,  paxta  1452,1  ming.ga  ekin 
maydoniga  ekilgan  bo„lib,  yalpi  hosil  3264,6  ming.  t,  o„rtacha 
hosildorlik  23,3  s/ga  tashkil  qilgan.  Paxta  xom  ashyosini  yetishtirishda 
Andijon,  Farg„ona,  Buxoro,  Qashqadaryo,  Surxandaryo  viloyatlarining 
salmog„i katta.  
So„nggi  yillarda  paxta  hosildorligini  oshirish  mahsadida, 
paxtachilikni  mexanizatsiyalash,  kimyolashtirishni,  undan  tashqari 
g„o„za  seleksiyasi  va  urug„chiligini  yaxshilash  chora-tadbirlari  olib 
borilmoqda. 
Dehqonchilik  aholini  bevosita  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan 
ta‟minlashda  birlamchi  o„rin  tutadi.  Undan  tashqari  chorvochilikning 
yem-xashak  bazasi ham hisoblanadi. 
Respublika donchiligi ko„p xil ekinlar turini o„z ichiga oladi. Don 
olish  uchun  bug„doy,  arpa,  javdar,  sholi,  suli,makkajo„xori,  oq  jo„xori, 
tariq, dukakli don ekinlari-no„xat, mosh, loviya, yeryong„oq, moyli don 
ekinlari-zig„ir, kunjut, soya, yeryong„oq, kunjut, maxsar, kungaboqar va 
boshqalar  yetishtiriladi.  G„allachilik  mustaqillikdan  so„ng  yanada 
rivojlandi. 2002 yilda mamlakatning lalmikor, shartli so„g„oriladigan va 
so„g„oriladigan  zonasida  salkam  1,53  mln.ga  yerga  bo„g„doy  ekildi  va 
5,5  mln.  tonna  hosil  yig„ib  olindi.  O„zbekiston  g„allachiligida 
sholikorlikning  ham  o„rni  katta.  Respublikamizda  Xorazm  viloyatiga 
sholi 
ekish 
maydonlarining 
va 
yalpi 
hosilining 
43,2 
foizi, 
Qoraqalpog„iston  Respublikasiga  37  foizi  to„g„ri  keladi.  1998  yilda 
mamlakatda  salkam  150  ming.ga  yerga  sholi  ekilgan  va  346,5  ming 


 
 
187 
187 
tonna hosil olingan. Umuman olganda g„alla ekinlaridan mo„l-hosil olish 
uchun uning yangidan-yangi navlari yaratilmoqda. 
Toshkent  viloyatining  yuqori  Chirchiq  va  Quyi  Chirchiq 
tumanlarida  kanopchilik  rivojlangan,  bu  o„simlik  poyasidan  tola, 
gazlama, qop, brezent, kanop arqon va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. 
Mamlakatimizning  ayrim  hududlarida  aholi  tamakichilik  bilan 
shug„ullanadi.  Samarqand  viloyatining  Urgut  tumani  tamakichilikka 
ixtisoslashgan.  Respublikamizning  tabiiy  iqlim  sharoiti  kartoshka, 
sabzovat, 
poliz 
ekinlarini 
yetishtirishga 
qulay 
hisoblanadi. 
Kartoshkaning yalpi hosili 2001 yilda 744,4 ming. tonnani tashkil etgan. 
Yalpi  hosili  saomog„i  bo„yicha  Samarqand  viloyati  23,9%,  Toshkent 
viloyati  17,3%,  Farg„ona  viloyati  10,7%,  Namangan  viloyati  10,5%  ni 
tashkil  qilgan  holda  respublikada  salmoqli  o„rinni  egallaydi. 
O„zbekistonning  agroiqlim  issiq  resurslari  har  qanday  meva  va  uzum 
donasining qandlik darajasini oshirishga qodir. 
Mamlakatimizda  2002  yilda  o„rtacha  842,9  ming.t.  meva  va  500 
ming,t.  atrofida  uzum  hosili  yig„ib  olindi.  Mevachilikda  Andijon  (20 
foiz), 
Samarqand, 
Namangan, 
Farg„ona, 
Toshkent 
(11-12) 
viloyatlarining,  uzumchilikda  esa  Samarqand  (27  foiz)  viloyatining 
salmog„i kattadir. 
Chorvachilik.
 
O„zbekisiton 
chorvachilikning 
qadimiy 
markazlaridan  biri.  Respublikaning  tuproq  va  tabiiy  iqlim  sharoitlari-
unumdor sug„oriladigan yerlar,  bepoyon qir-adirlar, dasht-cho„l va tog„ 
oldi 
yaylovlari 
chorvachilikning 
rivojlanishi 
uchun 
qulay. 
Sug„oriladigan 
yerlarda 
asosan 
qoramolchilik, 
chuchqachilik, 
parandachilik, quyonchilik, asalarichilik, qir-adirlar, dasht-cho„l va tog„ 
oldi yaylovlarida esa qo„ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, suv 
havzalarida baliqchilik rivojlangan. 
Chorvochilikni  rivojlantirishning  muhim  omillaridan  biri  uning 
ozuqa  bazasi  hisoblanadi.  Shuning uchun  yaylovlar  holatini  yaxshilash, 
ozuqabop  ekinlar  maydonini  kengaytirish,  omuxta  yem  ishlab 
chiqarishni ko„paytirishga e‟tibor berilmoqda. Mamlakatda yem-xashak 
ekinlari jami ekin maydonining 25 foizini tashkil qiladi. 
Qoramolchilik  respublika  chorvachiligida  yetakchi  tarmoq.  
Respublikada yetishtirilayotgan go„shtning to„rtdan uch qismi va sutning 
hammasini  beradi.  Mamlakatda,  uning  mintaqalararo  agroiqlim 
xususiyatlariga  ko„ra,  sut,  sut-go„sht  yo„nalishidagi  qoramolchilik 
sohalarida,  yirik  shahar  atrofii  xo„jaliklarida  hamda  yangidan 


 
 
188 
188 
sug„orilgan  mintaqalarda,  go„sht-sut,  go„sht  yo„nalishidagi  qoramol 
zotlari esa tog„ –tog„oldi mintaqalarida rivojlangan. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish