1 – mavzu. Biofizika faniga muqaddima



Download 63,5 Kb.
bet2/5
Sana17.07.2022
Hajmi63,5 Kb.
#815032
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 (3)

Biofizikaning bo’limlari. Biofizika fani bir necha bo’limlarga bo’lib o’rganiladi, lekin bu bo’limlar bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liq va hech qanday chegara bilan ularni ajratish mumkin emas. Molekulyar biofizika, membranalar biofizikasi, hujayraviy jarayonlar biofizikasi, qisqaruvchan tizimlar biofizikasi, bioenergetika, fotobiologiya, radiobiologiya, biologik jarayonlar kinetikasi, murakkab tizimlar biofizikasi biofizikaning asosiy bo’limlari hisoblanadi.
Molekulyar biofizika biomolekulalarning fazoviy tuzilishi va xossalarini, ularning o’zaro ta’sir kuchlarini o’rganadi. Ayniqsa, makromolekulalarning tuzilishi va funktsiyasini o’rganishning ahamiyati katta bo’lib, oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar va boshqa biopolimerlarning biologik tizimlarda tutgan o’rnini tushunishga yordam beradi.
Membranalar biofizikasi biomembranalarning tuzilishi va fizikaviy xususiyatlarini, sun’iy membranalar tuzilishi va xossalari, membrana potentsiallarining hosil bo’lish qonuniyatlarini o’rganadi. Membranalardan moddalarni passiv va aktiv transporti, diffuziya va o’tkazuvchanlik, ion kanallarining tuzilishi va xususiyatlarini ham membranalar biofizikasi bo’limida o’rganiladi.
Hujayraviy jarayonlar biofizikasi hujayrada kechadigan fizikaviy va fizik-kimyoviy jarayonlarni o’rganadi. Bu bo’limning ahamiyati shundaki, har bir to’qima hujayralardan tuzilgan va ular faoliyatida kechadigan jarayonlar mohiyati va mexanizmini biofizika fanisiz o’rganish va tushunish mumkin emas. Masalan, hujayra membranasi o’tkazuvchanligi, muskullar qisqarishi, nerv impulsi hosil bo’lishi va tarqalishi, retseptsiya, fotosintez, energiya almashinuvi va hokazo. Hujayra biofizikasi membranalar biofizikasi va molekulyar biofizika bilan uzviy aloqada bo’ladi. Tinchlik va harakat potentsiallarining hosil bo’lishi va tarqalishi, sinapslarning tuzilishi va potentsiallarning ular orqali o’tishini o’rganish elektrofiziologiya va neyrofiziologiyada, umuman biologiyada katta ahamiyatga ega.
Qisqaruvchan tizimlar biofizikasi mushaklarning ultrastrukturasi, qisqarishning molekulyar mexanizmlari, mushaklar mexanikasini o’rganadi.
Bioenergetika tirik tizimlarda energiya hosil bo’lishi, transformatsiyasi, ya’ni bir turdan ikkinchi turga o’tish va sarflanish qonuniyatlarini o’rganuvchi bo’limdir. Hujayrada ATF sintezini bog’lovchi membranalar – mitoxondriya, xloroplastlarning tilakoid membranalari va ba’zi mikroorganizmlar membranalarida elektrokimyoviy potentsiali hisobiga hosil bo’lishining kashf qilinishi XX asr biofizikasining erishgan yutuqlaridan biridir.
Radiobiologiya tirik organizmlarga va umuman biologik tizimlarga ionlovchi nurlar ta’siri qonuniyatlarini o’rganuvchi biofizikaning bo’limi hisoblanadi. Radioaktiv nurlar biologik molekulalarning fazoviy tuzilishiga ta’siri orqali hujayra membranalari xususiyatlari, uning organoidlari funktsional holati uzgarishlariga olib keladi hamda tirik tizimlar faoliyatini izdan chiqaradi.
Fotobiologiya bo’limi esa fotokimyoviy reaktsiyalar va energiyaning uzatilishi va almashinishi, fotosintez mexanizmini, turli xil to’lqin uzunligidagi nurlarning biologik tizimlarga ta’sir jarayonlarini o’rganadigan biofizika fanining bo’limi hisoblanadi.

Download 63,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish