1 – mashg’ulot Yashil evglenaning tuzilishi va hayot kechirishi Ishning rejasi va xronologiyasi



Download 112,85 Kb.
bet2/5
Sana12.01.2022
Hajmi112,85 Kb.
#338556
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 Amaliy Yashil evglenaning tuzilishi va hayot kechirishi

Kerakli jihozlar. Uslubiy qo’llanmalari, jadvallar, MBI-1 mikroskoplari, tayyorlangan evglenali namunalar, buyum va qoplag’ich shishalari, tomizgichlar, filtr qog’ozi, salfetkalar, evglenalarning tayyor mikropreparatlari, iod eritmasi, toza suv.
O’rganiladigan xivchinlilarning sistematik o’rni
Tip Soxtaoyoq xivchinlilar - Sarcomastigophora

Sinf Xivchinlilar - Mastigophora

Kenja sinf O’simliksimon xivchinlilar - Phytomastigina

Turkum Evglenasimonlar - Euglenoidea

Tur Yashil evglena – Euglena viridis

Tur Oksiuris evglenasi – Euglena oxyuris


Umumiy tushunchalar
Evglenalar organik chirindiga boy bo’lgan ko’l, hovuz, ko’lmak va boshqa oqmas chuchuk suvlarda yashaydi. Ular orasida keng tarqalgan turlaridan biri yashil evglena – Euglena viridis. Uning tana shakli duksimon, pastki uchi biroz o’tkirlashgan. Tana uzunligi 40-50 mkm, eni - 14-18 mkm ga teng. Tanasining oldingi uchida bitta uzun va ingichka xivchini joylashgan. Xivchinning asosi bazal tanacha deyiladi. Xivchin harakatlanish organellasidir. Tana elastik xususiyatga ega bo’lgan nozik pellikula bilan qoplangan. Ushbu xususiyati tufayli evglena harakatlanganda tana shakli biroz o’zgarib turadi. Ba’zan bo’yiga qarab qisqarib, dumaloq shaklga ham o’tishi mumkin. Sitoplazmasi ekto va endoplazmadan iborat. Ektoplazma nozik, zo’rg’a ko’rinadigan qatlam hisoblanadi. Endoplazmasida bir qancha organoidlarlari aniq ko’rinib turadi. Birinchi navbatda ovalsimon yoki biroz uzunchoq shakldagi yashil rangli (xlorofill donachali) xromotoforalar, paramil donachalari (kraxmalning bir xili), tananing oldingi uchiga yaqin joyda (xivchinning asosiga yaqin) ancha murakkab tuzilishga ega bo’lgan qisqaruvchi vakuol joylashgan. Qisqaruvchi vakuolning murakkabligi shundan iboratki, uning atrofida aylanma holda bir necha mayda yig’uvchi vakuolachalar bo’ladi. Ushbu vakuolachalar sitoplazmada hosil bo’lgan ortiqcha suyuqlikni yig’ib qisqaruvchi vakuolga o’tkazadi. Qisqaruvchi vakuol yonida ancha yirik rezervuar (to’plagich) bo’lib, unga qisqaruvchi vakuoladagi suyuqlik vaqti-vaqti bilan o’tib turadi. Rezervuar qisqarish xususiyatiga ega emas, balki u nozik kanalcha yordamida tashqi muhit bilan bog’liq. Ana shu kanalcha orqali rezervuardagi suyuqlik tashqi muhitga chiqariladi. Yashil evglenaning xivchinini bazal tanachasi yonida bir dona qizg’ish-qo’ng’ir rangga bo’yalgan ko’zcha (stigma)si yorug’likni sezuvchi tanachadir (organoiddir).

E vglena tanasidagi xromotoforalar yordamida yashil o’simliklar singari avtotrof (golofit) usulda oziqlanadi, ya’ni anorganik birikmalardan (SO2, H2O) organik birikmalarni sintezlaydi (fotosintez jarayoni). Tanadagi paramil donachalari tarkibi jihatidan kraxmalga yaqin uglevod hisoblanib, uning ma’lum qismi evglenaning metabolizmi uchun sarflansa, qolgani zahira holida saqlanadi. Yashil evglena ma’lum vaqt davomida yorug’lik tushmaydigan joyda qolib ketsa yoki yashash muhitida tayyor oziqa ko’p bo’lsa, rangsizlanib geterotrof oziqlanishga o’tadi. Bunda u butun tana sathi orqali suvda erigan tayyor oziqani so’rib oladi. Ayrim evglenasimonlar ba’zan bir vaqtning o’zida ham fotosintez ham saprofit usulda oziqlanadi. Bunday usul miksotrof oziqlanish deb ataladi.


Rasm 5. Yashil evglena – Euglena viridis.

1 – xivchin, 2 – qisqaruvchi vakuol rezervuari, 3 – qisqaruvchi vakuol,

4 – xromotoforalar, 5 – yadro, 6 – paramill danachalari, 7 – ko’zcha (stigma).

Evglenalar jinssiz usulda bo’ylama ikkiga bo’linish bilan ko’payadi. Bu jarayonda avval yadro mitoz yo’li bilan ikkiga ajraladi, so’ng tanasi oldingi uchidan keyingi uchiga qarab asta-sekin bo’linadi. Xivchin yosh individlarning birontasiga o’tadi, xivchinsiz qolgan ikkinchi yosh individda u yangidan paydo bo’ladi.

Evglenalarning bir qancha turlari sistaga o’ralgandan keyin ham bo’linib ko’payishi mumkin, ya’ni sista ichida tana bir necha marta ketma-ket bo’linadi. Hayvonning tana hajmi o’smasdan ketma-ket bo’linishi sababli juda ko’p kichik hujayralar hosil bo’ladi. Hujayrani shu usulda yiriklashmasdan ketma-ket bo’linishi palintomiya deyiladi. Bunday bo’linish ko’p hujayrali hayvonlar tuhum hujayrasining maydalanishiga o’xshaydi. Qulay sharoit kelishi bilan sista yorilib, ichidan ko’p sondagi individlar chiqadi.


Download 112,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish