Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Kattalashtirib kо‘rsatadigan asboblarni nomini ayting.
2. Mikroskopning optik sistemasiga qaysi qismlari kiradi.
3. Mikroskopning mexanik qismigachi.
4. Okulyar va obyektivni о‘zaro bog‘liqligi nimada.
5. Kо‘zguning mikroskopdagi vazifasini ayting.
2-mashg’ulot.
Mavzu: Bir hujayralilar kenja olami (Protozoa). Euglenozoa tipi: Evglenalar (Euglenoidea) cinfi. Vakillari: Euglena viridis, Euglena gracilis. Tuzilishi, hayotiy xususiyatlari, kо‘payishi.
Ishning maqsadi: Yashil evglena va volvoks misolida о‘simliksimon xivchinlilarning tuzilishini о‘rganish va ularning xilma – xilligi bilan tanishish.
Kerakli materiallar va jixozlar: Evglena va volvoks mavjud bо‘lgan ariq va hovuz suvlaridan olingan suv namunasi, mikroskoplar, buyum va qoplag‘ich oynalar, tomizg‘ich oynalar, tomizg‘ich, filtr qog‘oz bо‘lakchalari, yod eritmasi, evglena va volvokslarning tayyor preparatlari va ularning tuzilishini aks ettiruvchi tablitsalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |