Konstruktsiyalarning tejamliligi
ularga qo’yiladigan asosiy talablardan biri
hisoblanadi.
Tejamlilik
- materiallar sarfi va narxi, konstruktsiyalarni tayyorlash,
qurilish maydoniga tashib keltirish, montaj qilish va ulardan foydalanishdagi
xarajatlarga bog’liq bo’ladi.
Material sarfi jihatidan eng afzal konstruktsiya teng mustahkamlikdagi
konstruktsiya hisoblanadi.
Bunday
konstruktsiyadagi
barcha
kesimlar
unga
ishlatiladigan
materiallarning fizik-mexanik xossalaridan to’liq foydalanish sharti bilan tanlangan
bo’ladi (teng mustahkamlikka ega bo’lmagan konstruktsiyalarda ba’zi yirik
elementlarning mustahkamligidan to’liq foydalanilmaydi).
Konstruktsiya unga ta’sir etadigan kuchlarga hisoblangan bo’lishi kerak.
Tashqi yuklar, tayanchlarning siljishi, haroratning o’zgarishi, kirishishlar va boshqa
shunga o’xshash hodisalar konstruktsiyalarga ta’sir etadigan kuchlarga kiradi.
Bino va inshootlarni loyihalashda konstruktiv sxemalar tuzish kerak. Bunday
sxemalar bino va inshootning hamma qismlarida, uni qurish va foydalanishning
barcha bosqichlarida konstruktsiyalarning zaruriy mustahkamligi, ustivorligini
ta’minlashi lozim. Loyihalarda konstruktsiyalarning uzoqqa chidamliligini
ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni ko’zda tutish sovuqbardosh va o’tga chidamli,
korroziyabardosh materiallarni tanlash, ularni chirishdan himoya qilishga doir
choralar ko’rish kerak.
1.3.Temirbeton rivojlanishining qisqacha tarixiy sharxi.
Beton
bilan
po’lat armatura
birgalikda ishlashi natijasida bir butun
kompozitsion qurilish materialiga aylanadi va
temirbeton
deb ataladi.
Beton siqilishga yaxshi qarshilik ko’rsatadi, biroq cho’zilishga mustahkamligi
past. Agar egiluvchi beton elementlarning cho’ziladigan sohasi armaturalansa, ya’ni
cho’zilishga yaxshi ishlaydigan po’lat sterjenlar bilan kuchaytirilsa, (1.1-rasm)
ularning yuk ko’tarish qobiliyati 15-20 marta ortadi.
Beton bilan armatura birgalikda yaxshi ishlashi uchun quyidagi uchta asosiy
omil muhim ahamiyatga ega:
a) beton bilan armaturaning ishonchli tishlashishi;
b) beton va armaturaning harorat ta’siridan chiziqli kengayish koeffitsientlari
qiymatlarining bir xilligi (10
-5
ga yaqin bo’lishi);
v) quyuq beton qatlamining armaturani yemirilish va olov ta’siridan
(tarkibida tsement miqdori yetarli bo’lgan beton) himoyalash.
Temirbeton 1850 yilda frantsuz muhandisi J.Lambo tomonidan kashf etilgan.
Dastlabki armaturalangan konstruktsiyalar Frantsiya (Lambo, Kuanьe, Monьelar
tomonidan), Angliya (Uilkinson), AQSH (Giatt)da tayyorlangan va qurilish
amaliyotida qo’llanilgan.
Temirbeton konstruktsiyalarni hisoblashning nazariy asoslari va loyihalashga
Konsider, Gennebik (Frantsiya), Kyonen, Myorsh (Germaniya) lar asos solganlar.
O’tgan asr davomida Freysine (Frantsiya), Xoyer (Germaniya)
N.A.Belelyubskiy, A.F.Loleyt, A.A.Gvozdev, P.L.Pasternak, V.I.Murashev,
S.S.Davidov (Rossiya), A.B.Ashrabov, B.A.Asqarov (O’zbekiston) va boshqa
olimlar o’tkazgan tadqiqotlar yuk ko’taruvchi temirbeton konstruktsiyalarni
hisoblash usullari va ularni amalda ishlatishning taraqqiy etishiga imkoniyat yaratdi.
Bugungi kunda qurilishning barcha sohalarida temirbeton keng ko’lamda
ishlatilmoqda. Bunga temirbetonning ahamiyatga molik quyidagi texnik-iqtisodiy
afzalliklari sabab bo’ldi:
a) arzon mahalliy materiallar (qum, shag’al va chiqindi toshlar)ni ishlatishga
imkon borligi (bunday materiallar temirbetonning 70-80% gacha massasini tashkil
etadi);
b) olovbardoshligining yuqoriligi va chidamliligi; bunga temirbetondagi
armatura korroziyadan himoya qilinganligi, beton mustahkamligining vaqt o’tishi
bilan oshishi.
Quyidagilar temirbetonning nuqsonlariga kiradi: massasining og’irligi;
issiqlik va tovushni oson o’tkazishi; mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi;
yorilishi mumkinligi; beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi va
hokazo. Bu kamchiliklarga qaramay, temirbeton konstruktsiyalari xalq xo’jaligining
barcha sohalarida: - sanoat, fuqaro, jamoat binolarida, omborxonalar qishloq
xo’jaligi binolarida, muhandislik inshootlari va boshqa qurilishlarda keng
qo’llanilmoqda.
Temirbeton konstruktsiyalar tayyorlanish usuli bo’yicha yig’ma, quyma va
yig’ma-quyma bo’ladi.
Yig’ma temirbeton konstruktsiyalar amaliyotda ko’proq qo’llaniladi, chunki
ulardan foydalanish qurilishni industriallashtirishga imkon beradi. Zavod
sharoitlarida yig’ma konstruktsiyalar tayyorlashda beton qorishmasini tayyorlash,
yotqazish va unga ishlov berishning ilg’or texnologiyalarini qo’llash, ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish, qurilish ishlarini ancha soddalashtirish mumkin.
Zavodda tayyorlangan modullashtirilgan yig’ma temirbeton buyumlardan
foydalanish qurilishda yog’och materiallarini birmuncha tejashga, ya’ni
qimmatbaho qolip qurish va havozalar ko’tarishga, mehnat sarfini kamaytirishga
imkon beradi, biroq og’ir transport va ko’tarish mexanizmlari qo’llanilishi,
elementlar ulangan va tutashgan joylarni sinchiklab berkitishni, montaj ishlari
yuqori sifatli qilib bajarilishini talab etadi.
1.1-rasm. Egiluvchi elementda armaturaning joylashishi va uning yuk ostida
ishlashi
Quyma temirbeton konstruktsiyalar qismlarga bo’linishi va modullashtirilishi
qiyin bo’lgan inshootlarda, masalan, ba’zi gidrotexnika inshootlarida, og’ir
poydevorlarda, suzish havzalarida, ko’chma yoki o’zgaruvchan qoliplar yordamida
ko’tariladigan inshootlarda (qobiqlarning qoplamalari, siloslar va boshqalar)
tiklanadi.
Yig’ma-quyma temirbeton yig’ma elementlar va qurilish joyida bajariladigan
quyma betondan tashkil topadi.
Odatda, yig’ma elementlar yaxlit beton uchun qolip hosil qiladi, bu esa
yog’ochni tejashga imkon beradi. Yig’ma-quyma konstruktsiyalar yig’ma
konstruktsiyalarga yaxlitligi bir butunligi yuqoriligi va biriktirish joylarining
soddaligi bilan farq qiladi.
Yig’ma-quyma temirbeton konstruktsiyalar bino yopmalari va orayopmalari
konstruktsiyalarida, gidrotexnika va transport qurilishida qo’llaniladi.
Konstruktsiyalar tayyorlashda armatura va betonda oldindan sun’iy
kuchlanishlar hosil qilinadi. Bunday konstruktsiyalar oldindan kuchlantirilgan
temirbeton
konstruktsiyalar
deyiladi.
Oldindan
zo’riqtirish
tufayli
konstruktsiyalarning yoriq paydo bo’lishiga va seysmik ta’sirlarga chidamliligi
ortadi, deformatsiyalanishi kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |