1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish


Energiyaga bo’lgan me'yoriy talablar



Download 491 Kb.
bet67/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Energiyaga bo’lgan me'yoriy talablar
Biz yuqorida organizmda sodir bo’ladigan energiya alma­shinuvining nazariy jihatdan fiziologik, biokimyoviy xu­susiyatlarini ko’rib chiqdik. Har bir organizmda barcha hayotiy jarayonlarning ma'lum bir me'yorda davom etib tu­rishi uchun uning energiyaga nisbatan belgilangan talabi mavjud bo’lib, u doimiy ravishda qondirilib turishi kerak. Bu ko’rsatgichning me'yoriy jihatdan aniqlanishi muhim il­miy va amaliy ahamityatga ega bo’lgan masala, u orqali aholining oziq - ovqat mahsulotlariga bo’lgan umumiy talabi va uni qondirish uchun qancha mahsulot tayyorlash, zahira qilishga nazariy asos yaratiladi. Shu yo’l bilan yana aholi turli guruhlari orasida aniq ovqatlanish va oqilona ovqatlanish muammolari ko’rib chiqiladi va ilmiy jihatdan hal qilinadi. Odamlardagi energiyaga nisbatan me'yoriy ta­lablar kishilarning yoshi, jinsi, qiladigan mehnati, orga­nizmning funksional holati, ob havo hamda mehnat qilish sharoitlarining o’zgarishi va boshqa omillarga qarab bir-bi­ridan farq qiladigan ko’rsatgichlardir. Hozirgi paytda, yuqorida ko’rib o’tganimizdek, energiya sarfiga qarab turli kasb egalari erkaklar uchun 5 guruh, xotin-qizlar uchun esa 4 guruhga ajratilgan. Ularning har qaysisiga mansub kasblar, sarf qilinadigan o’rtacha energiya miqdorlari aniqlangan. Lekin olib borilgan ko’pgina tadqiqotlar shu narsani ko’rsatadiki, alohida olingan oziq ovqat turlarining hayotiy jarayonlar uchun ahamiyati haqidagi tushunchalarning mukam­mallashuvi, texnologik jarayonlarning o’zgarib borishi, avto­matlashtirish, turli xil hissiy holatlar ta'sirida mehnat jarayoni uchun talab qilinadigan energiyaning o’zgarishi ener­giya sarfiga bo’lgan me'yoriy talab ko’rsatgichlarini vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqish lozimligini taqazo qiladi. Shuning uchun ham 1982 yilda qabul qilingan moddalar va energiyaga nisbatan bo’lgan me'yoriy talablar 1992 yilda (so­biq SSSR xududi bo’yicha) yuqorida qayd qilingan o’zgarishlar kiritildi (Qarang «Voprosы pitaniya» 1992 y, №2, 6-19 bet­lar).
Bu yerda asosiy e'tibor moddalar va energiya almashinu­viga nisbatan organizmning fiziologik talab me'yori bilan oziq-ovqatlar iste'mol qilinishi orasida disproporsiya bo’lmasligiga qaratilishi lozim. Bunday nomutanosiblik ko’pincha mehnat jarayoni uchun zarur energiya miqdorining yuqorida aytilgan sabablarga ko’ra kamayishi tufayli ro’y beradi. Energiya kerakligicha sarflanmaganidan keyin semi­rish va u bilan bog’liq kasalliklar kelib chiqishiga olib ke­ladi. Ehtiyojga nisbatan iste'mol ko’p bo’lsa oila, qolaversa butun bir davlat miqyosida juda katta iqtisodiy zarar ham ko’riladi, oziq-ovqat zahiralari keskin kamayib ketadi va buning oqibatida bir qator umumbiologik, ekologik, iqtisodiy, sotsial muammolar vujudga kelishi mumkin. Agar o’z vaqtida tegishli tadbirlar amalga oshirilmasa eslatilgan muammolar bir davlat chegarasidan chiqib umumbashariy tus olishi ham mumkin.
Qayd qilingan guruhlarga mo’ljallanib hisoblangan energiya miqdori amalda turli kasb egalari uchun ko’pincha shartli ko’rsatgich bo’lib xizmat qiladi. Chunki har bir kasb egasining ish bajarishi, dam olishi, tanaffus qilishi amalda turlicha intensivlik va davomiylikka ega. Shuning uchun alohida olingan guruhga mansub kishilarning energiya sarfini aniq hisoblash uchun ma'lum fiziologik mezon talab qilinadi. Bu mezon har bir holat uchun (masalan, uyqu, ovqatlanish, biron ish bajarish va boshqalar) xos bo’lgan jismoniy faollik ko’rsatgichidir. Jismoniy faollik ko’rsatgichi ma'lum holatning asosiy almashinuvga nisbatan necha baravar ko’p energiya talab qilinishi demakdir. Bu ko’rsatgich turli xil kasb egalarining yoshi, jinsi va tana massa­siga ko’ra hisoblab chiqilgan bo’lib, I-guruhda 1,4; II-guruhda 1,6; III-guruhda 1,9; IV-guruhda 2,2 va V-guruhda 2,5 ni tashkil qiladi. Har xil kasb egalarida sutkalik energiya sarflanishini topish uchun uning yoshiga va tana massasiga to’g’ri keladigan asosiy almashinuvni jismoniy faollik ko’rsatgichiga ko’paytirish kerak. Masalan, 40 yoshdagi 70 kg tana massasiga ega avtobus xaydovchisining sutkalik energiya sarfi teng 1550 kkal·1,9=2950 kkal (1550-asosiy almashinuv; 1,9-jismoniy faollik ko’rsatgichi).



Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish